«jahon tarixi va manbashunoslik»


Download 0.7 Mb.
bet33/122
Sana09.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#264337
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   122
Bog'liq
Тарихий улкашунослик 2-курс 2011

Paxta mahallasi — Toshkent shahridagi mahallaning nomi. Paxta mahallasi deyilishiga sabab, hozirgi mahalla o`rnida paxta zavodi bo`lgan. Bu joylar allaqachon Toshkent shahriga qo`shilib ketgan va yangi imoratlar qurilib, katta bir mahalla tashkil topgan. Mahalla hozir ham Paxta mahallasi deb yuritiladi.

Qashqar — Toshkent shahar mahallalaridan biri. Bu joyni o`tgan asrning 40- yillarida SHarqiy Turkistondan qochib kelgan qashqarliklar obod qilgan. Manjurlardan engilib qaytgan Qo`qon xoni Madalixon bilan birga kelishgan. Ular Qo`qon xonligining Toshkentdagi tayanchi hisoblangan. Keyinchalik Oqqo`rg`on darvozasi ham Qashqar darvozasi nomini olgan. Qashqar mahallasi 1966 yilgi Toshkent zilzilasidan eng ko`p zarar ko`rgan joylardan biri bo`ldi. Hozir bu erda ko`p qavatli zamonaviy binolar qad ko`targan.

Qurama — Toshkent viloyatidagi tog` va qishloqning nomi. Qurama so`zi va quramalarning kelib chiqishi masalasini professor V. V. Reshetov ancha batafsil yoritib bergan. Qurama haqiqatan ham «aralash — quralash» degan so`zdir. V. V. Reshetov bir qancha lingvistik, tarixiy dalillardan, vaqf hujjatlaridan foydalanadi. Xo`ja Ahrorning vaqf hujjatlarida (hijriy 860 y.) qurama degan joy nomlari tilga olinadi. Demak, qurama degan so`z va qurama xalqi XV asrdayoq mavjud bo`lgan. V. V. Reshetov quramalar Ohangaroi vohasiga kelib o`rnashgan davrda tarkib topgan, ular turkiy, Mo`g`ul va boshqa elatlarning` chatishib ketishidan vujudga kelgan, XV — XVI asrlarda esa quramalarga so`nggi marta ko`chmanchi o`zbeklar, undan keyin esa qozoqlar kelib qo`shilgan, degan xulosa chiqaradi. Ohangaron vohasidan boshqa erlarda ham quramalar bo`lgan. V. V. Reshetovning yozishicha, Toshkent bilan Xo`jand orasidagi xalqlar qurama deb atalgan. Karki shahri xalqi ham qurama deyilgan. Arkin urug`ining ma`nosi ham aslida qurama degan so`zni anglatadi. Samarqand viloyatining Xatirchi tumanida, Andijon viloyatining Jalolquduq tumanida Qurama degan qishloqlar bor.

Qurbaqaobod - Toshkentning shimoli-g`arbidagi guzar-mahalla. N. G. Mallitskiyning ma`lumotlariga ko`ra, bu joy zah sizot bo`lganligidan qurbaqalar ko`p bo`lib, Qurbaqaobod degan kulgili nom olgan. Hozir bu joyga eng zamonaviy binolar qurilib, Birlik dahasi deb nom berilgan.




Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling