«jahon tarixi va manbashunoslik»


Download 0.7 Mb.
bet34/122
Sana09.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#264337
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   122
Bog'liq
Тарихий улкашунослик 2-курс 2011

Baytqo`rg`on — Qibray tumanidagi qishloq. CHirchiq daryosining o`ng qirg`og`iga joylashgan. Keksalarning so`zlariga qaraganda, qishloq atrofi qamishzor va to`qayzorlardan iborat bo`lib, faqat bu erda Baytiboy degan bir qozoq boyning qo`rg`oni bo`lgan. Keyinchalik Qibray va Toshkentdan dehqonlar ko`chib kelishib, uylar solishib, u erni obod qilishgan va Baytiboy nomi bilan Baytiqo`rg`on bo`lib qolgan deyishadi. Ayrimlari Baytiqo`rg`onga shahardan olimlar kelib, g`azalxonlik, ya`ni baytxonlik qilishgan, shuning uchun shunday nom berishgan deyishadi.

YUnusobod — Toshkent shahrining yangi dahalaridan biri. Bu joy 1917 yildan keyin tashkil topgan. Usha qishloqni barpo qilishda ishtirok etgan keksa kosib Abdulla ota Nu`monov va o`tkir ota Hoshimovlar 1919 yilda taxtapullik kosib YUnus ismli kishi o`sha joyda chayla qurib, atrofidagi bo`sh yotgan erlarni o`zlashtirib olgan. Keyinchalik ko`pgina taxtapullik kishilar qatori biz ham ko`chib kelganmiz va yangi er ochib dehqonchilik qilganmiz, deydilar. O`shalarning aytishlaricha, birinchi bo`lib qo`riq er ochgan YUnus akaning nomi bilan YUnusobod bo`lib qolgan. B. A. Ahmedovning fikricha 1784 yili Toshkent hokimi YUnusxo`ja bu joylarni obod qilganligi sababli, uning nomi bilan YUnus obod deb atalgan.

YAlang`och — Toshkent shahridagi qishloqlardan biri. Hozir bu erlar Toshkent agrar dorilfununi va bir qator zamonaviy binolar qurilgan obod joylardan biri. Bu nomning kelib chiqishi haqida keksalar shunday deydilar: «Ilgarilari bu erda na daraxt, na bir odam yashagan, shuning uchun bu erni yalang`och, ya`ni hech narsa yo`q» ma`nosida ishlatganlar, ba`zilari bu erda bir odam yashagan, u kiyimsiz, yalang`och yurgan, hatto yoz oylarida ham o`t (olov) yoqib isinib o`tirgan, uni odamlar yalang`och devona yoki yalang`och eshon ham deyishar edilar, asta-sekin devona so`zi tushirib qoldirilib, yalang`och bo`lib qolgan deyishadi.

Qonqus — Toshkent shaxrini oralab o`tuvchi Anhor o`z suvini hozirgi kunda ham ikkiga, ya`ni «Qonqus» va «CHala» ariqlariga bo`lib beradi. Qonqus arig`ining nomi bilan ataluvchi qishloq hozirgi Zangiota tumanidagi kolxozning idorasi joylashgan hududni o`z ichiga oladi. Qishloq tarixi shunday hikoya bilan boshlanadi: «Qadim zamonlarda shu qishloqda yalang oyoq, yozin-qishin bir xil qiyinchilikda yashaydigan bir kambag`al bi-rovlarning erida ketmon chopib, tirikchilik qilgan. Kunlardan bir kuni qishloq oqsoqollari kel, shu bechora kambag`al h.am bir parcha eriga ega bo`lsin, umid bilan oramizda katta bo`ldi-ku deydilarda, qishloqning bir chetidan qo`riq er beradilar. Bundan yigitning boshi osmonga etadi. Biroq erni ishlashga hech narsasi yo`q, hamyoni quruq bu yigit shaharga tushib ikki yil mardikorlik qiladi, choyxonada choy tashiydi, Nihoyat, 5 — 10 tanga pul topib beliga tugib, ikki qop qattiq nonni elkasiga ortib, qishlog`iga keladi va erga mehr bilan qaraydi, qish va yoz demay ishlaydi, ariq qaziydi, lekin yigitning eriga suv bermaydilar, har kim kambag`alning suvini yo`ldan to`sib, o`z erlarini sug`oraveradi.— so`zi esa qishloq degan ma`noni bildiradi.

CHalaariq — bu ariq ham Anhordan suv oladi. CHalaariq tarixi ham Qonqus tarixiga o`xshaydi. Bu ariqdan suv ichuvchi dehqonlar to 1917 yilgacha o`z ekinlarini to`liq sug`organlarini bilmaydilar. CHunki ariq boshi shaxarga yaqin edi. Ariq boshida boylar va amaldorlarning eri bor edi. Ular o`zlari turgan joyning atrofidagi qo`riq erlarni ham o`zlashtirib olganlarida ariqdagi barcha suvni o`zlariniki qilib olganlar va ariq oxiridagilar bilan hisoblashmaganlar. Natijada bu ariqdan suv ichuvchi boshqa dehqonlarga suv etmas edi. Suv boshida Do`simboy hoji degan boyning eri bo`lib, hamma suvni o`z eriga ochib oladi. Natijada bu ariqdan suv ichuvchilarning eri chala sug`orilar edi. SHuning uchun bu ariqqa CHalaariq deb nom berilgan.


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling