«jahon tarixi va manbashunoslik»


Download 0.7 Mb.
bet35/122
Sana09.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#264337
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   122
Bog'liq
Тарихий улкашунослик 2-курс 2011

Qoraqalpoq arig`i — YOllanma qishlog`i va CHinoz xududlarini suv bilan ta`minlovchi ariqning nomi. Bu nomning kelib chiqishi haqida qiziq rivoyatlar bor. Biz ulardan eng e`tiborlisini keltiramiz. SHu qishloqda o`sib ulg`aygan 1880 yilda tug`ilgan Muhammad ota Xidirov shunday hikoya qiladi: «Utmishda deyarli CHinoz, YOllanma qishloq hududida Bo`zsuvning o`ng va chap sohillariga suv chiqarish juda qiyin bo`lgan. SHu sababdan qishloq ahli ariq qazib suv chiqarishni orzu qilib yurgan. Bo`zsuv arig`i er sathidan ancha pastda bo`lganligi sababli erli xalq qancha urinsa ham Bo`zsuvdan yuqoriga suv chiqara olmaganlar. YUrt kattalari endi qanday qilib suv chiqaramiz, deb o`ylanib turganlarida oralarida paydo bo`lib qolgan bir cho`qqi qora telpak kiygan qoraqalpoq yigit ot minib olib, qalin yoqqan qor tepasidan iz solib beribdi. Ariq qazishga kelgan dehqonlar uning oti izidan ariq qaziy boshlabdilar. Nihoyat, suv ariq bo`ylab oqibdi va ariqqa iz solib bergan yigit qoraqalpoq bo`lganligi uchun shu yigitning millatini ulug`lab, ariqqa Qoraqalpoq deb nom qo`yishgan deyishadi.


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling