«jahon tarixi va manbashunoslik»


SHayx Xovand Tahur maqbarasi


Download 0.7 Mb.
bet38/122
Sana09.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#264337
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   122
Bog'liq
Тарихий улкашунослик 2-курс 2011

SHayx Xovand Tahur maqbarasi

Bu nodir maqbara Navoiy shoh ko`chasida joylashgan me`moriy yodgorliklardan biri. Maqbara shayx Umar Bog`istoniyning o`g`li — SHayx Xovand Taxurga atab solingan. XV asrda yashagan nufuzli ruhoniy Xo`ja Axror SHayx Xovond Tahurning avlodi bo`lgan. Mavjud yodgorlik XV asrga oid ko`hna maqbara poydevori ustiga XVIII XIX asrlarda qurilgan; bunda Movarounnahrda XIV asr oxiridan rivojlangan ikki xonali bo`ylama maqbara — kompleks tarxlari saqlab qolingan. G`arbdan sharqqa yo`nalgan o`q bo`ylab bino yuzasidan sal chiqib turuvchi kichik peshtoq, ziyoratxona, so`ng go`rxona joylashgan. Xonalar gumbazlar bilan yopilgan; go`rxona gumbazi qo`shqavat bo`lib, 12 qirrali asosga o`rnatilgan; ziyoratxona me`morchiligi o`ziga xos xonakoh bo`lib, sakkiz ravoqdan iborat. Darchalardagi koshinkor panjaralar saqlanib qolgan. Maqbara yupqa chorsi pishiq g`ishtdan terilgan.




Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling