«jahon tarixi va manbashunoslik»


Sitorai mohi xosa saroylari


Download 0.7 Mb.
bet47/122
Sana09.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#264337
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   122
Bog'liq
Тарихий улкашунослик 2-курс 2011

Sitorai mohi xosa saroylari — shahardan 4 kilometr narida, shaharning shimol tomonida ikki saroy bor. Ulardan biri Buxoroning eng oxirgi amiri Said Olimxonning saroyidir. Bu saroy bir qavatli bo`lib «G» harfi shaklida qurilgan. Bunda garchi xalq ustalari o`yma ganchkorlikda va devorlarga surat solishda ajoyib mahorat namunalarini ko`rsatgan bo`lsalarda, amirlarning meshchanlik did-farosatlari, ularning bir-biriga zid dabdabali, hashamatli suratlarga o`chligi o`z aksini topgan. Amir saroyni bezattirishda Evropa me`morchiligiga taqlid qilgan. Butun shu dabdaba-yu hashamatlarga taqlid qilib ishlangan surat va naqshlar orasida Sitorai mohi xosadagi «Oq saroy» («Oq zal») ga berilgan pardozlar xalq san`atkorlari hunarini ko`z-ko`z qilib turadi. Bu zalni iste`dodli san`atkor usta SHirin Murodov bir guruh Buxoro ustalari bilan qurgan. Hozirgi vaqtda Sitorai mohi xosaga Buxoro viloyati o`lkashunoslik muzeyi bo`limining ekspozitsiyalari joylashtirilgan. Saroy hududida sanatoriy ochilgan.

Askarcha — Buxoro viloyatidagi qishloq. Askarcha — «qo`shin — lashkar qishlog`i» ma`nosini bildiradi. SHu tumandagi Dovud qishlog`ida qurol-aslaha tayyorlangan.


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling