«jahon tarixi va manbashunoslik»
Download 0.7 Mb.
|
Тарихий улкашунослик 2-курс 2011
Mahmud tepa — Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi qishloq. Qishloqning oldingi nomi «Qoratelpak» bo`lgan. Qishloq axlining aksariyati qoratelpak kiyib yurganidan shunday nom olgan, deyishadi. Keyinchalik odamlar chakalakzor va tepalarni o`zlashtirib, yangi qishloq barpo qilganlar. Ishboshi Mahmud ismli oqsoqol bo`lgan ekan. O`sha vaqtdan boshlab Mahmud ota o`zlashtirgan tepa, keyinchalik Mahmud tepa deb atala boshlagan, qishloq nomi esa o`z holicha qolavergan.
Kitob — Qashqadaryo viloyatidagi shahar. SHaxdrni uch tomondan tog`lar, ya`ni Ziyovuddin tog`ining davomi, Qo`rg`on tog`, orqa tarafidan esa Taxta qoracha tog`i va shu tog`ning davomi o`rab olgan. Kitob nomining kelib chiqishi o`qiydigan «kitob» so`zidan emas, balki tojik tilidan olingan «kift» — elka, «ob» — suv, ya`ni «elkadagi suv» degan ma`noni bildiruVchi «kiftob» so`zidan kelib chiqqan bo`lishi mumkin. Haqiqatan ham bu nom to`g`ri qo`yilgan, chunki Kitob tumanining ikki tomonidan ikkita daryo — Qashqadaryo va Oqdaryo oqib o`tadi. Kitob tumani janubdan SHahrisabz tumani, shimol va g`arbdan Samarqand viloyatiga qarashli Jom deb atalgan qishloq bilan, sharqdan esa Tojikiston tog`lari bilan chegaralangan. Kitob tumani kundan-kunga rivojlanib bormoqda. Kitob posyolkasida qurilgan to`rt qavatli ma`muriy binolar va qishloq xo`jalik idorasi, zamonaviy oziq-ovqat, kiyim-kechak, poyabzal, bosh kiyimlar, atir-upa, uy-anjomlar, attorlik, «Bolalar dunyosi» do`konlari binolari shahar ko`rkiga ko`rk qo`shib turibdi. SHuningdek, 500 o`rinli «O`zbekiston 50 yilligi» kinoteatri, mehmonxona binolari, «Paxtakor» sport jamiyati va shu kabilar kitobliklar xizmatida. Kitob tumanida sakkizta kolxoz, to`rtta sovxoz bor. Bularning xammasi don etishtirish, chorvachilik bilan shug`ullanadi. Ikki sovxoz, ya`ni «Qishlik» hamda «Palandara» sovxozlari uzumchilik, chorvachilik, sabzavot va poliz ekinlari, tamaki xom ashyosi etishtiradi. «
Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling