«jahon tarixi va manbashunoslik»


Download 0.7 Mb.
bet55/122
Sana09.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#264337
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   122
Bog'liq
Тарихий улкашунослик 2-курс 2011

SHahrisabz — Qashqadaryo viloyatiga qarashli shahar. Bu nom XVI asrda tilga olinadi. SHaharning qadimgi nomi Kesh. XV — XVI asrlardagi tarixiy manbalarda, chunonchi, xoja Axrorning vaqf hujjatlarida va «Boburnoma» da Kesh va SHahrisabz nomlari parallel’ ishlatiladi. SHahrisabz — «Ko`kalamzor shaxdr», ya`ni «YAshil shahar» demakdir. XIV — XV asrlarda Amir Temur va Ulug`bek davrlarida SHahrisabzda qator monumental binolar — sarof, masjidlar, maqbara va boshqalar qurildi. Bu inshootlarning xarobalari hozirgi vaqtda noyob me`morchilik yodgorligi sifatida saqlanib qolgan.

YAkkabog` — Qashqadaryo viloyati YAkkabog` tumanidagi shu nomdagi aholi yashaydigan joy nomi. Aytishlaricha, dastlabki vaqtlarda hozirgi YAkkabog` tumani o`rnida axoli kam bo`lgan. Bularning ham ko`pchiligi ko`chmanchi xalq bo`lib, chorvachilik bilan shug`ullangan. YAkkabog` hududi ekin ekishga qulay bo`lgan. U Hisor tog`iga yaqin bo`lib, chashma va mayda soy suvlari YAkkabog`dan o`tadi. Suvning bu jixdtdan qulayligi bog`-rog` barpo etishga olib kelgan. Bu joyda oldyn yakka bog` barpo qilingan. YAkkabog` tumani hududida bir necha qishloq mavjud.

Bulardan biri No`g`aylidir. No`g`aylar haqida aytilgan ayrim gaplar hozir ham xalq o`rtasida mavjud. Ikkinchi qishloq — Qatag`on (quvilganlar), uchinchi qishloq — Uchtepa.



Surxondaryo — tojik tilidan olingan bo`lib, «surx» — qizil, ya`ni Qizil daryo demakdir. Surxondaryo bosh oladigan tog` tizmalari, daralar, tog` jinslarida qizil ranglar mavjud. Suv bu jinslarni o`zi bilan oqizib kelganligi sababli qizil tusli tuyuladi. SHuning uchun erli xalq — qizil daryoni tojik tilida «Surxondaryo» deb atashgan.

Termiz — Grek — Baqtriya davlati davrida Termiz «Tarimita» nomi bilan, Makedonskiyning istilochilik davrida «Aleksandriya» deb atalgan. Somoniylar davrida «SHaxri somoniy» deb ham atalgan. X asrning oxirida shaxar yana Termiz deb ataladi. Termiz nomi «Avesto» yozuvlarida tilga olinadi. Termiz shahri tarixi xaqida ayrim afsonalar mavjud. Aytishlariga qaraganda, grek askarlari shaharni bir necha kun qamal qilib turgan. SHaxar mustaxkam baland devor bilan o`ralganligi tufayli shaharni ololmay, oxiri hiyla ishlatganlar — shahar boshliqlarini qo`lga olib, qarshilik ko`rsatganlarni esa katta bir masjidga qamab, o`t qo`yib yuborganlar. SHaxar dushmanlar qo`liga o`tgach, aholi masjiddagilarga achinishib, biror kishi yoki tirik jon qoldimi? — deb chaqirganlar. SHunda masjid ichidan «biz tirikmiz», degan sado chiqqan. «Biz tirikmiz» degan so`z bora-bora «termiz» bo`lib ketgan deyishadi. Albatta, bu afsona haqiqatdan uzoq. SHahar dastlab Tarmita, Tarmeta deb talaffuz etilgan.

SHunday qilib, Termiz Balx shahrining yarmi, daryoning narigi tomonidagi qismi, deb hisoblangan. Termiz tumanidagi Namuna kolxozi hududida milodimizning VI — VII asrlarida g`ishtdan qurilgan juda katta Qariqiz binosining xarobalari bor. SHahar Mo`g`ullar tomonidan vayron qilingan bir qancha vaqt o`tgandan keyin qaytadan qurilgan.




Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling