Sulton Saodat ansambli — o`rta asr me`moriy yodgorliklaridan biri, Surxon daryosiga yaqin erda qad ko`tarib turibdi. X asrdan boshlab bu ansambl’ sayidlar qabristoniga aylanib qolgan. Tarixiy ma`lumotlarga qaraganda, Termiz sayidlarining boshlig`i amir Husayn shu erda dafn etilgan. Ma`lumki, sayidlar o`zlarini Muhammad payg`ambarning bevosita avlodlari deb hisoblab, SHarq mamlakatlarining ijtimoiy-siyosiy hayotida katta rol’ o`ynaganlar. Temur ham sayidlarni o`ziga yaqin tutgan. XVI asrda Abdullaxon Pularni o`zi tarafiga og`dirib olish maqsadida sayidlar avlodlarining maqbaralarini ziyorat qilgan va ayrimlarini qayta tiklatgan.
Sayidlarni dastlabki vaqtlarda ochiq erlarga dafn etganlar. X asr oxirlaridan boshlab mozor tepasida maqbara qura boshlaganlar. Maqbaralar har xil katta-kichiklikdagi pishiq g`ishtdan ishlangan bo`lib, ularni ishlagan ustalarning xdr biri o`ziga xos yangi elementlar bilan boyitishga harakat qilganlar. Maqbaralarning old tomoni sharqqa qaratilgan bo`lib, turli shakldagi g`ishtlar bilan chiroyli qilib ishlangan. Amir Husayn maqbarasi bu jihatdan boshqalardan ajralib turadi. Umuman, Sulton Saodat ansambli SHarq me`morchiligi taraqqiyotining 700 yillik davrini o`z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |