Jahon tillari fakulteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi


Kichik yoshdagi o’quvchilargamo’ljallangan asarlargaoid xususiyatlar


Download 347.46 Kb.
bet11/62
Sana05.05.2023
Hajmi347.46 Kb.
#1429742
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   62
Bog'liq
4.O\'zbek bolalar adabiyoti

Kichik yoshdagi o’quvchilargamo’ljallangan asarlargaoid xususiyatlar. Bu yoshdagi bolalarning ichki olamiancha murakkab. Ular hali ko’p narsalarni bilmaydi, lekin bilishdan iborat ichki jarayonni kechishga kirishadi; bilish-ular uchun o’ziga xos ma’naviy ehtiyojga aylana boradi. Yanush Korchak ular tabiatiga xos ana shu xususiyatini ta’riflab yozgan edi: «Bolalarga o’zlari sezgan va oylaganlarini gapirib berish g’oyat qiyin, chunki ularni so’zda ifodalashga to’g’ri keladi. Bundan ham og’irrog’i esa-yozish. Lekin bolalar shoir va faylasufdirlar.» Chindan ham shunday. Bolalar tabiatidagi «shoirlik»-ularning hamma narsadan hayratlanishlari, har bir hodisadan hayajonlanishlari bo’lsa, «faylasuflik» - hayratni va hayajonni qo’zg’agan shu narsalar va hodisalarning asl mohiyatiga qiziqishlaridir. «Bu nima?», «Bu nega bunaqa?», «U nima deydi?», «U nega katta yoki nega kichik?», «U qanday o’sadi?», «Nega qattiq?», «Nega yumshoq?», «Suv nega qotadi?», «Quyosh qanday qizitadi?», xullas, shu xildagi sanoqsiz savollar bu yoshdagi bolalarning qiziqishlari hosilasi bo’lib, ana shu savollarga topgan va topolgan javoblari-olamni o’zlashtirish yo’llaridir. Olam ular uchun jumboqqa aylanarkan, ularning o’zlari ham «nimavoy»ga aylanishlari tabiiydir. Shu ma’noda N. Nosov yaratgan Pochemuchka (Nimavoy-o’zbek tilida Bilmasvoy tarzida tarjima qilingan)-bu yoshdagi bolalarning umumlashma obrazi darajasiga ko’tarilgan. Bunday umulashma obrazni Q.Muhammadiyning «Tabiat alifbesi» turkumiga kiruvchi lirik qahramon timsolida ham ko’rish mumkin. U ham butun vujudi bilan «Yong’oqni nega yong’oq deymiz?» yoki «Yong’oqning qobig’i nega qattiq?» «Olcha nega qip-qizil?», «O’rik nega sarg’ayib pishadi?», «Jiydaning shoxi nega egig?», «Shaftolining bargi nega achchiq?», «Sada nega meva qilmas?», « Dada, bog’bon nega tokni qirqib turadi?» yoki «Tok daraxti bir xilu uzumlari nega har xil?», «Mol nega kavsh qaytaradi?», «Chittak nega chittak?», singari son-sanoqsiz savollarga aylangan. Kimgadir bular g’ayritabiiy tuyulishi mumkin, shu boisdan ularning g’ashlari qo’zg’ab «katta bo’lganingda bilasan»,-deya bolani hatto jerkishgacha borishlari mumkin. Bunday qilish bola qiziqishlariga to’g’on solishga teng bo’lib, unda hamma narsaga befarq qarash maylini kuchaytiradi. Befarqlik esa bora-bora bolani ijtimoiy lanjlikka giriftor qiladi.
Bola ma’naviy ehtiyoji hosilasi sifatida tug’ilgan mazkur savollariga ilmiy javobni ham u idrok qila olmaydi, aksincha, yana savoldan savol chiqaradi. Buning ijobiy tomoni shundaki, bolalardagi qiziqish so’nmaydi, bilaks yana rivojlanadi. Q.Muhammadiy bu savollarga poetik javob berish maqsadida «nima to’g’risida asar yaratmasin, nima haqda gapirmasin, doim o’sha narsadan inson hayotini ko’zda tutib, ma’no izlaydi. Shoir shu ma’noni topadi ham. Bu ma’no doim bolalarning hayotdan oladigan birinchi taassurotlarini izohlaydi, uning dunyoqarashi shakllanishiga xizmat qiladi.» Eng muhimi, bolada insonni sevish, kasbu koriga rag’bat bilan qarash, shu asosda hayotni anglash va sevish tuyg’usini ardoqlab o’stiradi. Buning yorqin dalili sifatida «Tok daraxti bir xilu uzumlari nega har xil?» savoliga javob tarzida bitilgan she’rni ko’zdan kechirish kifoY.
Bolam, tok ham bog’boni biladi.
Xizmatiga yarasha uni hurmat qiladi.
Lekin rahmat aytmoqqa tokning tili yo’q,
Tili tugul, hatto og’iz, dili yo’q.
Yaproqlari shildirar, gaplari duduq.
Shildirar-shildirar so’zlolmas aniq.
Shuning uchun hosiliga zo’r berar,
Mayiz, shinni, sharbatiga zeb berar.
Tok oshiga kovatok yaproq tizimi,
Rango-rang ajoyib ming xil uzumi...
Xuddi bizning «rahmat» so’zimiz kabi.
«Yasha», «tashakkur», «ofarin», «balli»,
«Qoyil», «tasanno» deganday bari
Husayni, hasayni, sohibi degan,
Qirmizka, echkiemar, toifi degan,
Charosu, buvaki, shakarang guli,
Kishmish, shivirg’oni, yakdona xili,
Daroyi, chillaki, naychasi ham bor;
Bir-biriga o’xshamas, raxmati-ming bol.
Shunday, o’g’lim, toklarning uzumi har xil,
Bu-tokning bog’bonga rahmatlari, bil!

Shoir tokka insonga xos fazilatlarni ko’chirarkan, bog’bon mehnatini sharaflashi, pirovard – natijada esa bolalarda shu kasbga muhabbat uyg’otishni ko’zlaydi. Bu-masalaning axloqiy tomoni. Uning ma’rifiy tomonida esa, jonlantirilgan tok yaproqlari-yu uzum turlari va ulardan tayyorlanadigan mayiz, shinni, sharbatlar, qolaversa, «tok oshiga kovatok yaproq tizimi» haqidagi ma’lumotlar turadi. Shularning bari birgalikda bolakay ma’naviy dunyosiga aylana boradi. Ko’rinadiki, maktab yoshidagi kichkintoylar tabiatiga xos «shoirlik va faylasuflik» ular uchun yoziladigan asarlar mavzu doirasining keng, g’oyaviy-badiiy jihatdan sodda va tabiiy bo’lishini taqozo etadi, bu jarayon bola ulg’ayishi bilan oddiylikdan murakkablik tomon yo’g’rilib bormog’i darkor. Negaki, ruhshunoslarning ma’lumotlarga ko’ra, bu yoshdagi bolalar dastlabki bosqichda 3600 tacha so’zdan foydalanishadi. Etti-to’qqiz yasharliklarida hayvonlar, qushlar, hasharotlar, nobotot va boshqa narsalarga oid ertaklarga qancha qiziqishsa, insonlar va ularning o’zaro munosabatlarini ifodalovchi asarlarga qiziqishlari ham shuncha orta boradi. Bolalar yozuvchilarning vazifasi shu ishtiyoqni alangalatishdan iborat.Bunda shu yoshdagi o’quvchilarning hayot tajribalarini umumlashtirish negizida ijtimoiy voqelik mohiyatini ochib berish ular dunyoqarashining shakllanishiga ta’sir qo’rsatuvchi vosita sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.


Bu yoshdagi bolalar folklordan kengroq bahramand bo’la boshlaydilar: tez aytishlar mashqi bilan nutq tovushlari talaffuzini ravonlashtirsalar, chandish oynab so’zlar ohangdoshligini idrok qiladilar; guldur-guplar vositasida so’z va harakat uyg’unligini his etsalar, topishmoqlarni echish jarayonida zehnlarini charxlay boradilar. Hayvonlarga oid ertaklarga qiziqishlari sehrli-fantastik va hayotiy-maishiy ertaklarga omuxtalashib, ular hisobiga to’lisha boradi va xayollariga parvoz bag’ishlay boshlaydi. Hayotiy-maishiy ertaklarni o’qish jarayonida real hayot hodisalariga qiziqishlari uyg’ona boradi. Ertakka bu xildagi ma’naviy chanqoqlik turli xalqlar ertaklarini ham, shuningdek, yozma adabiy ertaklarni ham sevib o’qishga chog’laydi: Sharl Perro, aka-uka Grimmlar, Hans Kristian Andersen, Petr Ershov asarlarini, ayniqsa, bolalarga moslashtirib tabdil qilingan «Ellada qahramonlari», E. Rapsening «Baron Myunxauzenning sarguzashtlari», shuningdek, A. Tolstoyning «Oltin kalit yoki Buratinoning boshidan kechirganlari», Leonid Solovevning «Nasriddin afandi sarguzashtlari», Sh.Sa’dullaning «Yog’och qo’g’irchoq yoki Kachal polvon sarguzashtlari» ertak-qissalarini, Turg’unboy /oyibovning adabiy-nasriy ertaklarini zavqu shavq bilan o’qiydilar. Multfilmlarga va qo’g’irchoq teatrlari spektakllariga o’chliklari zamirida ham aslida ertakka extirosli qiziqishlari yotadi. Shu zaylda ular /./ulom, H.Olimjon, S.Jo’ra, Z.Diyor, Q.Muhammadiy, Sh.Sa’dulla, I.Muslim, A.Rahmat, Q. Hikmat, P.Mo’min, T.Adashboev, M.A’zam, A.Obidjon va boshqalarning quvnoq she’r va qo’shiqlarini, dostonlari va she’riy ertaklarini; H. Nazir, X.To’xtaboev, N.Fozilov, M.Osim, T.Malik, H.Shayxov, S.Barnoev, F.Musajon, O.Husanov va boshqalarning hikoya, qissa va ramanlarini o’qib, hayot hodisalari mohiyatini anglashga intiladilar, maktab turmushi, o’qish va mehnatning bola shaxsini shakllantirishi va toblashi, bolalar va kattalar munosabatlari asoslaridan badiiy zavq oladilar.
Bu yoshdagi kichkintoylarga, ayniqsa, harbiy vatanparvarlik va Vatan tarixi haqidagi badiiy asarlar behad zarurdir. Ularga xorijdagi tengqurlari hayoti haqidagi asarlar ham alohida qiziqish uyg’otadi. Bu jihatdan ham milliy adabiyotda yaratilgan «Qonli barmoqlar», «Zafar va Zahro» (Oybek), «Dunyo bolalari» (A.Muxtor), «Mo’g’tilal» (Mirmuhsin), «Afg’on hikoyalari» (S.Barnoev) qatorida mashhur italyan bolalar adibi Janni Rodarining «Chipollinoning boshidan kechirganlari» , «Jelsomino yolg’onchilar mamlakatida», «Muzqaymoqdan qurilgan shahar», shved bolalar adibasi Astrid Lindgrenning «Mittivoy va tomda yashovchi Karlson haqila ikki qissa», polyak Yanush Korchakning «Qirol Matiush birinchi», shuningdek, qardosh xalqlar bolalar adabiyotlarining eng sara namunalari alohida qimmat kasb etadi. Bu xildagi asarlar bolalarda baynalmilal hamkorlik va hamdardlik tuyg’ularini tarbiyalaydi, ularning olam va odamlar haqidagi bilimlarini boyitadi, lug’at boyliklarini oshiradi, dunyoqarashlarining shakllanishiga, insoniy fazilatlarining tarkib topishiga, xarakterlarining toblanishiga ta’sir ko’rsatadi, qisqasi, badiiy adabiyot ular uchun chinakamiga «hayot darsligi»ga aylana boradi.

Download 347.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling