Jahon tillari fakulteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi


"Boychechak" va "Yo ramazon" qo`shiqlarining janri to`g`ri qayd etilgan javobni aniqlang?


Download 347.46 Kb.
bet30/62
Sana05.05.2023
Hajmi347.46 Kb.
#1429742
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   62
Bog'liq
4.O\'zbek bolalar adabiyoti

13. "Boychechak" va "Yo ramazon" qo`shiqlarining janri to`g`ri qayd etilgan javobni aniqlang?
a) qiziqmachoqlar;
b) qaytarmachoqlar;
d) sanamalar;
v) taqvim qo`shiqlari.
14. "Oftob chiqdi olamga,
Yugurib bordim xolamga." Bunday badihalar bolalar folklorining qaysi janriga mansub va ularning paydo bo`lishida qanaqa e'tiqod asos bo`lgan?
a) janri noma'lum, hech qanday e'tiqod asari yo`q, bolalarning o`zlari shunchaki ijro etishgan;
b) yalinchoqlar janriga daxldor, ajdodlarimizning quyoshga sig`inishidan iborat qadimiy animistik e'tiqodi izlari bor;
d) qiziqmachoq janri, quyoshga sig`inish, totemistik e'tiqod;
v) hukmlagichlarga oid, xursandlik e'tiqodi.
15. Xol, xol, xol,
Otang o`ldi,
Onang o`ldi,
Borib xabar
Olmaysanmi?
Bu poetik murojaat nimaga qarata aytilgani va janri to`g`ri ko`rsatilgan javobni aniqlang?
a) qarg`aga, hukmlagich;
b) xonqiziga, hukmlagich;
d) musichaga, yalinchoq;
v) to`rg`ayga, masxaralama.
16.Bolalar o`yin folklorining o`z xususiyatlariga ko`ra guruhlanishi qaysi variantda to`g`ri aks etgan?
a) harakatli o`yinlar, ma'naviy (so`z) o`yinlar;
b) qo`shiqli o`yinlar va ijroli o`yinlar;
d) harakatli o`yinlar va predmetli o`yinlar;
v) tez aytish va topishmoqdan iborat o`yinlar.
17.Oq terakmi,ko`k terak,
Bizdan sizga kim kerak?
-o`yin qo`shig`i harakatli o`yinlarning qaysi turiga mansub?
a) sof harakatli o`yinlar;
b) harakatni predmet boshqaradigan o`yinlar;
d) harakatni so`z boshqaradigan o`yinlar;
v) barcha javob to`g`ri.
18.Qaysi variantda harakatni narsa boshqaradigan o`yinlar turkumi to`g`ri ta'kidlangan?
a) "Oq terakmi, ko`k terak", tez aytish, topishmoqlar, "Yumalandim, yumoq topdim", "Sutmi, qaymoq?";
b) "Besh tosh", "To`p tosh", "Chillak", "Quloq cho`zma", "Podsho-vazir", "Ro`molcha";
d) maqollar, ertaklar, sanamalar, chandishlar, hukmlagichlar;
v) "Sandiqcha-qutticha", "Ko`z bog`log`ich", "Almoyi,aljoyi; men qochdim, men tutdim", "Bayroqcha".

Download 347.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling