Jahon urbanizatsiyasining zamonaviy tendensiyalari


Download 27.98 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi27.98 Kb.
#1251976
Bog'liq
Jahon urbanizatsiyasining zamonaviy tendensiyalari




JAHON URBANIZATSIYASINING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI


R E J A:

1. Urbanizatsiya haqida tushuncha.


2. Urbanizatsiyaning xususiyatlari va tiplari.
3. Urbanizatsiya jarayonining global va regional jihatlari
4. Dunyo va yirik regionlarning urbanizatsiya darajasi (2016-yil)
5. Davlatlarning urbanizatsiya darajasi
Urbanizatsiya (frans. urbanisation, ing . urbanization, lot. urbanus — shaharga mansub, urbs — shahar) — jamiyat hayotida shaharlar rolining ortib borishi; ishlab chiqaruvchi kuchlarning joylashuvi, aholining ijtimoiy, demografik tarkibi, turmush tarzi va madaniyatidagi oʻzgarishlar bilan bogʻliq. U. — tarixiy rivojlanish asosida shakllangan jamiyat bosqichlari va hududiy mehnat taqsimoti natijasida sodir boʻlgan koʻp qirrali geografik, ijtimoiy-iqtisodiy va demografik jarayondir. U.ning torroq doiradagi demografikstatistik tushunchasi dunyoda, alohida hududlarda, mamlakatlarda shaharlarning (ayniqsa, katta shaharlarning) va shahar aholisi salmogʻining koʻpayib borishini anglatadi.
Dastlabki shaharlar mil. av. 3—1ming yilliklarda Misrda, Mesopotamiya, Suriya, Hindiston, Kichik Osiyo, Xitoy, Hindixitoy, shuningdek, Yevropa va Afrikaning Oʻrta dengiz sohillarida vujudga kelgan. Yunonrim dunyosida esa Rim va Karfagen sh.larining mavqei yuqori boʻlgan. Oʻrta asrlar va Uygʻonish davrida kapitalistik i.ch. unsurlari shakllana boshladi. Bu jarayon shaharlarda aholi sonining oʻsib borishiga, konsentratsiyalashuviga olib keldi. Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda yirik shaharlar paydo boʻla boshladi.
U.jarayonining rivojlanishi shaharlarning oʻsishi va shahar axrlisining shakllanishi, shahar aholisining tabiiy oʻsishi, shahar atrofi hududlarining maʼmuriy jihatdan shaharga qoʻshilib borishi, qishloq aholi manzilgohlarining shahar maqomini olishi bilan bogʻliqdir. Shaharlarning oʻsishida shahar atrofi zonalarida shahar turmush tarzining shakllanib borishi, yaʼni U. jarayonining kuchayishi ham ahamiyatlidir. Katta shahar atrofida kichik shaharlar paydo boʻlib, katta shaharlarga qoʻshilib boradi va shaharlar aglomeratsiyassh hosil boʻladi. Rivojlangan mamlakatlarda aglomeratsiya jarayoni avj olgan, alohida aglomeratsiyalarning qoʻshilib ketishi natijasida megapolislar vujudga kelmoqda.
U.ning asosiy koʻrsatkichi shaharliklar sonining oʻsishi va jami aholi tarkibida shahar aholisi salmogʻining ortib borishidir. 20-asrning oxiri va 21-asr boshlarida dunyoda shahar turmush tarzining qishloq joylariga tarqalishi, yaʼin U. jarayoni kuzatilmoqda. Bu esa shahar aholisi salmogʻining ortib borishiga olib kelmokda. 1950 y. dunyo aholisining 28,9% shaharlarda yashagan. 1960 y. bu koʻrsatkich 33,9% ni, 1970 y. 37,4%, 1980 y. 41,1%, 1990 y. 45,8% va 2000 y. 51,2% ni tashkil etdi. Shahar aholisining salmogʻi rivojlangan mamlakatlarda ancha yuqori (2000 yilda AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Shvetsiyada 75% va Germaniyada 94%, Rossiyada 73% boʻlgan). Osiyo va Afrikadagi rivojlanayotgan mamlakatlarda U. jarayoni dunyoning oʻrtacha koʻrsatkichidan ancha past. 2000 yilda shahar aholisining salmogʻi Afgʻoniston va Efiopiyada 11 — 14% ni, Miyer va Turkiyada 45% ni tashkil etdi.
U.ning hozirgi bosqichida katta shaharlarda aholi konsentratsiyalashuvining oʻsishi kuzatilmoqda. Bu jarayonda millioner (1 mln. va undan ortiq aholi yashaydigan) shaharlar alohida oʻrin egallaydi. 1900 yilda dunyo boʻyicha millioner shaharlar soni oʻnta boʻlgan boʻlsa, 21-asrga kelib bu koʻrsatkich 200 dan oshdi. Dunyoda aholisi 10 mln.dan ortiq yirik shaharlar [Mexiko (25 mln.), Tokio (20 mln.), Seul (13 mln.), Pekin (11 mln.), Parij, Qohira, BuenosAyres va London (10 mln.)] mavjud.
Oʻzbekistonda U. jarayoni oʻz tarixiy rivojlanish bosqichlariga ega. Uning rivojlanishi oʻlkaning ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishi va demografik xususiyatlari bilan bogʻliq. Oʻzbekistonda eng qad. shaharlar bilan birga 20-asrning 2yarmida vujudga kelgan shaharlar xam mavjud. 1913—80 yillarda Oʻzbekiston shaharlari soni va shahar aholisi salmogʻi oʻsdi. Oʻzbekistonda 120 ta shahar boʻlib, ularda 8249,3 ming kishi yashaydi (2003). Ularning 38 tasida aholi soni 20 minggacha boʻlgan kichikroq shaharlar, 65 tasi 20 mingdan 100 minggacha boʻlgan oʻrta shaharlar, 16 tasi aholisi 100 mingdan 500 minggacha boʻlgan yirik shaharlar va Toshkent millioner shahardir. 19-asrning oxiridan boshlab Oʻzbekistonda U. jarayoni rivojlanib kelmokda.
Oʻzbekistonda keyingi yillarda U. koʻlamiga, asosan, shahar aholisining tabiiy oʻsish jarayoni kamayib borishi taʼsir etmokda. 1991 y. Oʻzbekistonda har 1000 aholiga nisbatan tabiiy oʻsish 19,9 kishini tashkil etgan boʻlsa, 2002 yilda bu koʻrsatkich 10,8 kishini tashkil etdi

Shaharlar juda qadimgi zamonda ma’muriy hokimiyat, savdo va hunarmandchilik markazi, harbiy qo’rg’onlar sifatida Nil, Dajla, Furaot daryolari deltalarida paydo bo’lgan. Kapitalizmni rivojlanishi va yirik mashinasozlik sanoati, transport va jahon bozorining o’sishi bilan shaharlarda sanoat to’plandi. Ko’p shaharlar transport tugunlariga, savdo taqsimot tugunlariga aylanib bordi. Shaharlarning ma’muriy va madaniy markazlar sifatidagi mavqelari kuchaydi. 20-asr o’rtalarida nomoddiy sohalarning o’sishi bilan shaharlarning vazifalari yanada kuchaydi. Hozirgi zamon shahari bir qancha vazifani bajaradi. Lekin bir xil vazifani bajaruvchi shaharlar ham mavjud. Masalan, tog’-kon sanoti shahari ilmiy shahar, kurort shahari va xatto poytaxt shaharlari ham qurilgan. Ba’zi shaharlar poytaxt qilish uchun maxsus qurilgan.


Demak, jahon mamlakatlarida urbanizatsiya jarayoni turli bosqichlarida rivojlanib bormoqda va bu, birinchi navbatda, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Yevropa, Shimoliy Amerika, Lotin Amerikasi, Avstraliya va Okeaniya kabi yirik mintaqalardagi davlatlarda urbanizatsiya ko‘rsatkichi o‘rtacha hisobda 70 foizdan oshgan. Bu borada, ayniqsa, Islandiya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Daniya, Niderlandiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Argentina, Venesuela kabi shaharlashuv darajasi 90 foizdan yuqori bo‘lgan davlatlar ko‘zga tashlanadi.

Jahon aholisining 60 foizi va dunyodagi shaharliklarning yarmi yashaydigan Osiyo qit’asida urbanizatsiyaning umumiy darajasi birmuncha pastroq, 50 foiz atrofida bo‘lib, o‘sishi davom etmoqda. Afrikada esa urbanizatsiya ko‘rsatkichi 40 foizdan sal ko‘proq. Lekin har ikkala qit’ada ham yuqori urbanizatsiyalashgan mamlakatlar bor. Jumladan, Osiyoda bu borada Yaponiya, Janubiy Koreya, Isroil, Fors qo‘ltig‘i arab mamlakatlari, Tailand, Afrikada esa Liviya, Jazoir, Misr, Marokash, JAR kabi davlatlar ajralib turibdi. Shu bilan birga, Butan, Burundi, Malavi, Uganda, Chad, Afg‘oniston va boshqa mamlakatlarda urbanizatsiya darajasi 25 foizga ham yetmaydi. Ammo oxirgi yillarda shahar aholisining umumiy soni va jahon aholisidagi ulushi aynan Osiyo va Afrika davlatlarida kechayotgan urbanizatsiya jarayonlari hisobiga ko‘paymoqda. Bunda eng salmoqli hissa shaharlari ancha yuqori sur’atlar bilan o‘sib borayotgan Xitoy va Hindiston davlatlariga tegishli.


URBANIZATSIYA SHAHARLASHISH.

Urbanizatsiya hozirgi zamondagi eng muhim ijtimoiy iqtisodiy jarayonlardan biri hisoblanadi. Urbanizatsiya deb mamlakatda, hudud va jahonda shaharlarning o’sishi va shahar aholisini salmog’i ortishi, murakkab shaharchalar shaxobchalari, tizimlarinin paydo bo’lishi va rivojlanishiga aytiladi. Binobarin, urbanizatsiya. Jamiyat hayotida shaharlar ahamiyatining tarixiy o’sish jarayongidan, jamiyatning aholi mehnati, turmush tarzi va madaniyatining ko’proq shaharlarga xos bo’lib o’zgarib borishidan iboratdir.


Hozirgi zamon urbanizatsiyasi butun jahonga tegishli jarayon bo’lib ko’pchilik mamlakatlarga xos bo’lgan uchta umumiy xususiyatga ega.


Birinchi xususiyat - shahar aholisi sonining xususan rivojlanayotgan mamlakatlarda tez sur’atlar bilan o’sib borishi. Masalan, 1900 yilda jahon axosilining 14 % ga yaqini shaharlarda yashagan bo’lsa 1950 yilda 29 % ga, 1990 yilda 45 % ga hisobda olganda shaharlar aholisi har yili 50 mln. kishiga ko’payib bormoqda.


Aholishunoslarning fikriga ko’ra, 2000 yilga kelib, shahar aholisi jahon aholisining yarmidan oshib ketdi.


Ikkinchi xususiyat - aholi va xo’jalikning asosan yirik shaharlarda to’planishi. Bunga ishlab chiqarish xususiyati, uning ilm-fan, ta’lim bilan aloqasining murakkablashib borayotgani sabab bo’lmoqda. Bundan tashqari katta shaharlar kishilarning ma’naviy ehtiyojlarining odatda to’liqroq qondiradi.


Hozir jahonning eng yirik shaharlari Mexiko, Tokio, Nhyu-York. Pekin, Shanxay kabilardir. Bu shaharlardan Mexikoda 20 mln. kishidan ortiq kishi, qolganlarida 10-20 mln. kishi yashaydi.


1950-2000 yillarda shahar aholisi sonining o’sishi.


Uchinchi xususiyat - shaharlar maydonini kengayib ketishi. Hozirgi zamon shaharlashishi uchun shaharlarning oddiy bir o’zakli shaklidan shaharlar va qishloqlar tutashib ketib, shaharlar guruhi, shaharlar «uyumi» shakliga, ya’ni shaharlar agromeratsiyasi shakliga o’tish xosdir.


Urbanizatsiya butun jahon jarayoni sifatida umumiy xususiyatlarga ega bo’lish bilan birg turli mamlakatlar va hududlarda o’ziga xos xususiyatga ega. Bu xususiyatlar urbanizatsiyaning har xil darajada ekanligida va sur’atida aks etadi.


Urbanizatsiya darajasi ancha past bo’lgan rivojlanayotgan mamlakatlarda shaharlashish eniga o’smoqda, shahar aholisi tez ko’payib bormoqda. Shaharlar aholisining yillik o’sishi 4/5 qismi rivojlanayotgan mamlakatlarga to’g’ri keladi. Shaharliklarning mutloq soni esa iqtisodiy rivojlangan mamlakatlardagidan anchagina oshib ketdi. Ilm fanda shahar portlashi deb nom olgan bu hodisa rivojlanayotgan mamlakatlarning butun sotsial - iqtisodiy taraqqiyotida muhim omillaridan biri bo’ldi.


Shaharlarning tez o’sayotganligiga qaramay jahon aholisining yarmidan ortig’i qishloqlarda yashaydi. Qishloqlarning umumiy soni esa 15-20 mln. ga yetadi. Qishloq aholisini joylanishida asosan ikki usul mavjud: g’uj va tarqoq joylashish.


Qishloqlarning mavjudligi tarixiy, iqtisodiy rivojlanishga tabiiy sharoitning xususiyatlariga bog’liq. Hozirgi vaqtda urbanizatsiya atrof muhitning o’zgarishiga katta ta’sir ko’rsatib kelmoqda. Katta shaharlar va aglomeratsiyalar ifloslikning deyarli asosiy manbai bo’lib, atrof-muhitga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Birinchi o’rinda atmosfera havosini ifloslanishi kuzatiladi.


Urbanizatsiyalashgan hudud quriklikni 1% egallaydi jaxon aholisini 47 % yashaydi. Yalpi ichki maxsulotni 80% zararli chiqindilar va gazlar 80 % urbanizatsiyaga to’g’ri keladi.


Urbanizatsiya 1800 yilda 2,4 % , 1900 yilda 14 %, 1950 yilda 29 %, 1990 yilda 45 % 2001 yilda 47 % tashkil etdi.


DAVLATLARNING URBANIZATSIYA DARAJASI

Singapur 100 %


Belgiya, Quvayt 97 %
Venesuella 93 %

Isroil 92 %


Buyuk Britaniya, Urigvay 90 %


Germaniya 87 %


Braziliya 80 %


AQSh 75 %


Yaponiya 76 %


Hindiston 26 %


Xitoy 24 %


Oman, Efiopiya, Malavi 13 %


Uganda 12 %


Butan 10 %


Ruanda, Brundi 8 %


SHAHAR TUSHUNCHASI

Daniya, Shvetsiya, Finlandiyada 200 kishidan ortiq


Kanada Avstraliya 1000 kishi


Germaniya, Frantsiya, Kuba 2000 kishi


AQSh, Meksika 2500 kishi


Avstriya, Hindiston, Eron, Madagaskar 5000 kishi


Shvetsariya, Malayziya 10000 kishi


Nigeriya 20000 kishi


Yaponiya 30000 kishi


Janubiy Koreya 40000 kishi


O’zbekiston 7000 kishi


URBANIZATSIYA


Konurbanizatsiya – shahar aglomiratsiyalari


Suburbanizatsiya – shahar atrof urbanizatsiyasi


Rurbanizatsiya – “qishloq” urbanizatsiyasi


“Shahar portlashi”


“Soxta” urbanizatsiya


AQSH

“Bosvash”: tarkibidagi aglomeratsiyalar: Boston, Nhyu-York, Filadelfiya, Baltimor, Vashington, Xartford, Brijport, Pravideks.


Uzunligi – 1000 km, eni – 200 km, aholisi – 50 mln.ga yaqin.


Oltita shtatni o’z xududi ichiga oladi: Massachuseti, Rod Aylend, Konnektikut, Nhyu-Jersi, Delaver, Merilend va Kolumbiya federal okrugi.


Bosvash – “aglomeratsiyalar aglomeratsiyasi” ya’ni bu “Shahar-rayon” deyiladi.


“Chipite” – Chikago, Detroit, Pittsburg


“San-San” – San-Frano’isko, San Diego


BUYUK BRITANIYA

Birmengem, Manchester, Liverpul, Glazgo


GYERMANIYA


Rur rayoni


GOLLANDIYA


“Randshtat Xolland” aglomeratsiyasi: Amsterdam, Rotterdam, Gaag, Garlem, Utrext, Leyden va boshqalar.


YAPONIYA

Tokaydo aglomeratsiyasi: Tokio, Nagaya, Osaka – 600 km.

Tokio – Kavasaki, Iokagama


Osaka – Kobe, Kioto aglomeratsiyalari qo’shilib ketgan


Urbanizatsiyaning 4 tipi:


1.Industrial tip.


2.Kompleks tip.
3.“Soxta” urbanizatsiya tipi.
4. Urbanizatsiya “servis” tipi.

Shaharlarning mikro, mezo, makro o’rni.


Shaharlarning funksional tiplari:


1.Ko’p funktsiyali shaharlar.


2.Iqtisodiy funktsiya asosiy bo’lgan shaharlar.
3.Madaniy-ma’muriy markaz vazifasini bajaruvchi shaharlar.
4. Fan shaharlari.
5. Kurort shaharlar.

Urbanizatsiya jarayonining global va regional jihatlari


Ma’lumki, urbanizatsiya (lotincha urb – "shahar”) – bu shaharlar va shahar aholisining o‘sish, shahar turmush tarzining keng tarqalish jarayonidir. Shaharlar eng qadimgi davrlarda vujudga kelib, qishloqlar bilan birgalikda aholi manzilgohlarining ikkita asosiy turidan birini tashkil qiladi. Shaharlar tarixan ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida paydo bo‘lgan va rivojlangan. Qadimgi davrlarda shaharlar hunarmandchilik, savdo-sotiq, ma’muriy boshqaruv, mudofaa ishlari, diniy ibodatxona va ziyoratgohlar
negizida vujudga kelgan. Tarixdan ma’lumki, bir necha ming yillar avval Yer yuzida Fiva, Bobil (Vavilon), Ur, Afina, Rim, Iskandariya, Karfagen, Moxenjo-Daro, Samarqand (Marokand) kabi yirik shaharlar mavjud bo‘lgan. Ammo haqiqiy shaharlashuv jarayoni qizg‘in sur’atlar bilan faqat XIX asrda, dastlab Yevropada, keyinchalik esa Shimoliy Amerikada boshlandi. Bu hodisa G‘arb davlatlarida o‘sha paytda ro‘y bergan sanoat inqilobining natijasi bo‘ldi. Dunyoning rivojlanayotgan mamlakatlarida esa urbanizatsiya jarayonlari XX asrning o‘rtalarida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalardagi ijobiy o‘zgarishlar tufayli boshlandi va hozirgi kungacha yuqori sur’atlar bilan davom etmoqda.
Oxirgi 200 yil davomida dunyo aholisida shahar aholisining ulushi muntazam ravishda o‘sib borgan. 1800-yilda insoniyatning taxminan 3 % i shahar joylarida istiqomat qilgan edi. 1900-yilga kelib bu raqam 14 % gacha ko‘tarildi. Yarim asrdan so‘ng, 1950-yilda jahon urbanizatsiya darajasi 29 % ni tashkil etdi, 1990-yilda bu ko‘rsatkich 45 %, 2001-yilda – 47 % ga yetadi. 2010-yilga kelib Shaharliklarning jahon aholisi tarkibidagi ulushi 50 % dan ortdi va hozirgi kunda u 54 % ga teng.
Urbanizatsiya jarayoni 3 ta asosiy bosqichdan o‘tib rivojlanadi.
I. Shakllanayotgan urbanizatsiya bosqichida shahar aholisining ulushi 50 % dan past bo‘lib, yangi shaharlar vujudga keladi, ayrim qishloq joylar shahar manzilgohlari toifasiga o‘tib ketadi. Ayniqsa, yirik shaharlar tez o‘sishni boshlaydi. Bunda eng yirik shahar boshqalarga nisbatan ancha ilgarilab ketadi. Eng yirik shaharlarning o‘sishi ayrim hollarda "soxta” urbanizatsiya tarzida, ya’ni shahar chekkalarida qishloqdan ko‘chib kelgan past daromadli aholi uy-joylarining zichlashib borishi ko‘rinishida kechadi. Hozirda Osiyo va Afrikadagi qator rivojlanayotgan mamlakatlar urbanizatsiyaning ana shu bosqichini kechirmoqdalar.
II. Rivojlangan urbanizatsiya bosqichi "millioner” shaharlarning yuqori sur’atlar bilan o‘sishi hamda yirik shaharlar atrofida aglomeratsiyalarning vujudga kelishi bilan tavsifl anadi. Shaharliklarning jami aholidagi ulushi 50 % dan ortib ketadi, yangi shaharlar deyarli vujudga kelmaydi, mavjud shaharlar esa, ayniqsa, yiriklari tez rivojlanadi, shahar manzilgohlarining tizimlari shakllanib boradi. Urbanizatsiyaning bu bosqichi Sharqiy Yevropa, MDH davlatlari, Lotin Amerikasi, Shimoliy Afrika, Janubi-g‘arbiy Osiyo, Okeaniyadagi ko‘p mamlakatlarga xos.
III. Yetuk urbanizatsiya bosqichi Yevropaning eng rivojlangan davlatlari, AQSH, Kanada, Avstraliya, Yaponiya, Isroilda kuzatilmoqda. Bunda aholi yirik shaharlarning markazlaridan asta-sekin shahar atrofiga ko‘chib boradi, lekin shaharda ishlash, o‘qish, turli faoliyat yuritishni davom ettiradi. Natijada shaharlar markazlari, asosan, tadbirkorlik, bank-moliya sektori, boshqaruv sohalarining rivojlanish maskanlariga aylanib, aholi yashash massivlari esa tobora markazdan uzoqla shib boraveradi. Bunday ijtimoiy-geografik jarayon suburbanizatsiya deb ataladi. Transport va aloqaning zamonaviy texnologiyalari rivojlangan sari urbanizatsiyaning bu bosqichida shahar iqtisodiyoti tarmoqlari va shahar turmush tarzi qishloq joylarda ham keng tarqalib boradi, natijada shahar va qishloqlardagi yashash sharoiti tobora yaqinlashadi, ya’ni, qishloq joylar rasman o‘zining qishloq maqomini saqlab tursada, aslida, tub ma’noda shaharlashib ketadi. Shahar bilan qishloq joylar orasidagi ijtimoiy-iqtisodiy farq va chegaralarning yo‘qolib borish jarayoni rurbanizatsiya atamasi bilan yuritiladi.
Dunyo va yirik regionlarning urbanizatsiya darajasi (2016-yil)

№ Hududlar Urbanizatsiya


1 Dunyo 54
2 Rivojlangan davlatlar 78
3 Rivojlanayotgan davlatlar 49
4 Yevropa 74
5 Osiyo 48
6 Afrika 41
7 Shimoliy Amerika (AQSH va Kanada) 81
8 Lotin Amerikasi 80
9 Avstraliya va Okeaniya 70

Demak, jahon mamlakatlarida urbanizatsiya jarayoni turli bosqichlarida rivojlanib bormoqda va bu, birinchi navbatda, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Yevropa, Shimoliy Amerika, Lotin Amerikasi, Avstraliya va Okeaniya kabi yirik mintaqalardagi davlatlarda urbanizatsiya ko‘rsatkichi o‘rtacha hisobda 70 foizdan oshgan. Bu borada, ayniqsa, Islandiya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Daniya, Niderlandiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Argentina, Venesuela kabi shaharlashuv darajasi 90 foizdan yuqori bo‘lgan davlatlar ko‘zga tashlanadi.


Jahon aholisining 60 foizi va dunyodagi shaharliklarning yarmi yashaydigan Osiyo qit’asida urbanizatsiyaning umumiy darajasi birmuncha pastroq, 50 foiz atrofida bo‘lib, o‘sishi davom etmoqda. Afrikada esa urbanizatsiya ko‘rsatkichi 40 foizdan sal ko‘proq. Lekin har ikkala qit’ada ham yuqori urbanizatsiyalashgan mamlakatlar bor. Jumladan, Osiyoda bu borada Yaponiya, Janubiy Koreya, Isroil, Fors qo‘ltig‘i arab mamlakatlari, Tailand, Afrikada esa Liviya, Jazoir, Misr, Marokash, JAR kabi davlatlar ajralib turibdi. Shu bilan birga, Butan, Burundi, Malavi, Uganda, Chad, Afg‘oniston va boshqa mamlakatlarda urbanizatsiya darajasi 25 foizga ham yetmaydi. Ammo oxirgi yillarda shahar aholisining umumiy soni va jahon aholisidagi ulushi aynan Osiyo va Afrika davlatlarida kechayotgan urbanizatsiya jarayonlari hisobiga ko‘paymoqda. Bunda eng salmoqli hissa shaharlari ancha yuqori sur’atlar bilan o‘sib borayotgan Xitoy va Hindiston davlatlariga tegishli.
Jahon urbanizatsiyasining hozirgi bosqichida xalqaro savdo-iqtisodiy va bank-moliya munosabatlari rivojlanishi, transmilliy korporatsiyalar faoliyati doirasining kengayishi, zamonaviy transport va aloqa tarmoq lari vujudga kelganligi hisobiga ayrim juda yirik shaharlarning ta’sir doirasi joylashgan davlati bilan chegaralanib qolmasdan, boshqa mamlakat va mintaqalar, ba’zan esa jahonni qamrab olmoqda. Bunday shaharlarning aholisi soni bir necha million kishiga teng bo‘lib, yirik transmilliy korporatsiyalar va xalqaro tashkilotlar qarorgohlari, dunyodagi eng yirik port, sanoat korxonalari, bank, moliyaviy jamg‘arma va birjalar joylashganligi bilan boshqa shaharlardan ajralib turadilar. Shu toifadagi shaharlarga nisbatan global (yoki jahon) shaharlari atamasi qo‘llaniladi. Global shaharlar qatoriga, eng avvalo, Nyu-York, London, Tokio, Shanxay, Gonkong, Parij, Dubay, Singapur kabi savdo-moliyaviy va transport salohiyati o‘ta katta shaharlar kiritiladi. Global shaharlar safi borgan sari kengaymoqda, ularning ta’sir doirasi esa barcha qit’a va ularning yirik qismlarini qamrab olishga intilmoqda.
Urbanizatsiya jarayonlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ajralmas qismi va ularning bevosita hosilasi bo‘lib, qator muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Bu muammolarning qamrovi keng bo‘lib, ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy, tibbiy, madaniy, ma’naviy-axloqiy jihatlar bilan tavsiflanadi. Bunda ishlab chiqarish atrof-muhitga o‘tkazadigan bosimining kuchayishi, suv ta’minotidagi kamchiliklar, transport tarmoqlariga me’yoridan ortiq yuk tushayotgani, shahar turmush tarzi bilan bog‘liq


kasalliklarning tarqalishi, jinoyatchilikning ortishi va boshqa muammolar eng dolzarb hisoblanadi. Demak, jahon urbanizatsiyasining zamonaviy bosqichi miqdor va sifat xususiyatlari, shuningdek, turli ko‘rinishdagi muammoli jihatlari bilan tavsiflanadi.
Download 27.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling