Jahon valyuta tizimi Reja


Download 86.69 Kb.
bet1/10
Sana26.01.2023
Hajmi86.69 Kb.
#1128212
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
KURS ISHI Jahon valyuta tizimi


Jahon valyuta tizimi


Reja:
1.Kirish.
2.Valyuta tizimi tushunchasi va uning turlari.
3.Jahon valyuta tizimi va uning elementlari.
4.Jahon valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari.
5.O‘zbekiston va “Xalqaro Valyuta Fondi” hamkorligining istiqbolli jihatlari.
6.Xulosa.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.


1.Kirish .


Kurs ishining dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini zamonaviy modernizatsiyalash bosqichida mamlakatning xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil qilish va tartibga solish borasida katta yutuqlarga erishildi. Xususan, tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi taʼminlandi, xalqaro moliya institutlari bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Eng muhimi - davlat tashqi qarzining meʼyoriy darajadan oshib ketishiga yo‘l qo‘yilmadi .
Bozor iqtisodiyotini asoslarini yaratish va rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar tobora rivojlanish va byudjet munosabatlariga ta’sir etishining muhim omili bo‘lgan byudjet va moliya tizimi ham shu tarzda isloh etishni, uning barqarorligi va samaradorligini oshirishni talab qiladi .
So‘nggi yillarda xalqaro valyuta munosabatlarida sezilarli o‘zgarishlar kuzatildi: jumladan, tashqi bozorlardagi valyutalar va ularning tovar taʼminoti o‘rtasidagi aloqadorlik yo‘qoldi; bozor ishtirokchilari uchun valyutalarning likvidliligi, ularning tovarga ayirboshlash qobiliyatidan ko‘ra muhimroq ahamiyat kasb eta boshladi; mamlakatlarning to‘lov balansidagi kapitallar va kreditlar harakati joriy operatsiyalar harakatidan hajm bo‘yicha ko‘payib, o‘rnini almashtirdi; rezerv valyuta maqomi uchun rivojlangan mamlakatlar o‘rtasida raqobat kuchaygani kuzatildi. Har bir davlat o‘z valyuta kursi rejimini barqarorligini taʼminlash uchun yuqori likvidlilikka ega bo‘lgan xorijiy valyutalarni zaxira sifatida yig‘ishlariga, zarurat tug‘ilganda esa, ular hisobidan kurs shakllannishi jarayoniga aralashishlariga to‘g‘ri keldi .
Shu kabi holatlar xalqaro valyuta tizimida keskin islohotlarni taqozo etadi. Hozirgi kunda, jahon moliya tizimiga kriptovalyutalarni taʼsirini, ularni tebranuvchanligini prognoz qilish va kelajakdagi istiqbolini o‘rganish maqsadida o‘nlab, yuzlab tadqiqotlar amalga oshirilmoqda .
Mustaqillik yillari davrida respublikamiz iqtisodiyotida katta tuzilmaviy o‘zgarishlar ro‘y berib, mamlakatimiz iqtisodiy jihatdan rivojlangan, sanoati va qishloq xo‘jaligi eksportga yo‘naltirilgan davlatga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida jahonga tanilgan birinchi kunidanoq tashqi iqtisodiy aloqalarga katta e'tibor berib kelindi. Hech bir davlat tashqi iqtisodiy aloqalarsiz mukammal rivojlana olmaydi. Shu sababli xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, qo‘shma korxonalarni barpo etish va iqtisodiyotga chet el sarmoyalarini jalb etish uchun O‘zbekiston Respublikasida keng imkoniyat hamda sharoitlar yaratib qo‘yildi .
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona va tashkilotlar mustaqil sub’ektlar sifatida tashqi iqtisodiy aloqalarga kira oladigan bo‘ldi. Bunday sharoitda tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etish masalalari, ayniqsa Xalqaro valyuta-kredit, milliy va xorijiy valyutalar ayirboshlanishi bilan bog‘liq masalalar muhim ahamiyat kasb eta boshladi .
Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari - bozor iqtisodiyotining tarkibiy qismi va eng murakkab jarayonlaridan biridir. Ko‘pchilik omillar ta'sirida xalqaro valyuta-kredit munosabatlari murakkablashib bordi va zamonaviy sharoitda o‘zining o‘ta barqarorsizligi bilan xususiyatlidir .
Bugungi kunda davlat va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning tashqi iqtisodiy aloqalarini pul bozori yoki valyuta bozori, undagi valyuta operatsiyalarining rivojisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shu sababli xorijiy valyutalar bilan bog‘liq jahon tajribasini o‘rganish O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida shakllanib borayotgan bozor iqtisodiyoti uchun katta ahamiyat kasb etadi.

Download 86.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling