Jahon valyuta tizimi va uning rivojlanish bosqichlari


Brettonvud jahon valyuta tizimi (1944-1972


Download 114 Kb.
bet7/10
Sana01.03.2023
Hajmi114 Kb.
#1239932
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Jahon valyuta tizimini shakllanishi

Brettonvud jahon valyuta tizimi (1944-1972 yy.). 1943 yilga kelib, AQSH hamda Buyuk Britaniya erkin va barqaror valyuta tizimini barpo qilish uchun dastlabki qadamlarni qo`ydi. 1944 yilning iyul oyida Bretton-Vuds shaxrida bo`lib o`tgan konferentsiyada, AQSH oltin andozasiga asoslangan kontseptsiyaga o`tish tashabbusi bilan chiqdi. Shu vaqtning o`zida, yangi xalqaro valyutani tartibga solish tizimi faoliyatini nazorat qilish uchun, Xalqaro valyuta fondi (XVF)ni tashkil etish to`g`risida qaror qabul qilindi.
Yangi tartibning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat edi:

  • qattiq valyuta nazorati bekor qilinishi va barcha valyutalarning konvertirlanishiga erishish.

Brettonvud tizimining asosiy tomonlari quyidagi tamoyillarni o`z ichiga oladi:

  • mamlakatlar o`rtasidagi hisob-kitoblarda oltin o`zining oxirgi pul funktsiyasini saqlab qoldi;

  • Amerika dollari zahira valyuta sifatida qabul qilindi. U oltinga tenglashtirilib, boshqa mamlakatlarning valyuta qiymatini o`lchash hamda xalqaro kredit to`lovi vositasi sifatida qabul qilindi;

  • boshqa mamlakatlarning Markaziy banklari va hukumatlari dollarni, AQSH xazinachiligidan 1 troya untsiyasi (31,1 g.) uchun 35 doll, kurs bo`yicha almashishi mumkin edi. Bundan tashqari, hukumat organlari va xususiy shaxslar oltinni xususiy bozorlardan xarid qilishlari mumkin edi. Oltinning valyuta bahosi rasmiy kurs asosida belgilanib, u 1968 yilgacha sezilarli darajada tebranmagan;

  • valyutalarning bir-biriga tenglashtirilishi va ularni o`zaro almashtirish, oltin va dollarda ifodalanadigan rasmiy valyuta paritetlarida amalga oshirilgan;

  • barcha mamlakatlar har qanday olingan boshqa mamlakat valyutasiga nisbatan, o`z valyuta kursi barqarorligini saqlashi shart edi. Valyutaning bozor kursi, oltin yoki
    dollarda belgilangan paritetdan 1 foizdan ortiq u yoki bu tomonga og`ishi mumkin emas
    edi. Paritetlarning o`zgarishi, to`lov balansidagi buzilishlar barqaror tus olsagina,
    mumkin hisoblanardi. Dollardan foydalanish ko`lamining ommaviy tus olishi bilan,
    oltindan foydalanish hajmi keskin pasaydi;

  • valyuta munosabatlarini davlatlararo tartibga solish, asosan, XVF tomonidan amalga oshiriladigan bo`ldi.


Download 114 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling