Jahon xoʻjaligi geografiyasi


Qishloq xoʻjaligi geografiyasi


Download 0.75 Mb.
bet2/3
Sana25.02.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1228425
1   2   3
Bog'liq
Jahon xo

Qishloq xoʻjaligi geografiyasi — qishloq xoʻjaligini hududiy tashkil etish va rivojlanish qonuniyatlarini oʻrganadigan fan sohasi, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya tarmogʻi. turli mamlakat va rayonlar qishloq xoʻjaligini majmuali oʻrganish va bashorat qilish, tabiiy sharoit va resurslarni qishloq xoʻjaligi nuqtai nazaridan baholashga doir tadqiqotlar olib boradi. Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyotning tarmogʻi sifatida aholining qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga, sanoatning xom ashyoga boʻlgan ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridan farq qilib, qishloq xoʻjaligi joyning agroiqlimiy resurslari bilan chambarchas bogʻliq, shuningdek, yer qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida mehnat vositasi hamda predmeti hamdir. Qishloq xoʻjaligi tarmoqlarining joylashuvi va rivojlanishiga joyning tabiiy sharoiti (asosan, relyefi va iqlimi), resurslari (yer, suv, hayvon va oʻsimliklari), ijtimoiy-iqtisodiy, transport, ekologik va boshqa omillar bevosita taʼsir koʻrsatadi.
Qishloq xoʻjaligig. olib boradigan tadqiqotlar yer fondi va undan foydalanish hamda xaritalashtirish, qishloq xoʻjaligi ekinlarining tarqalishi, agroiqtisodiy tarmoqlari va ularning korxonalarini hududiy tashkil etish, rivojlantirish, qishloq xoʻjaligini rayonlashtirish masalalarini oʻz ichiga oladi.
Oʻzbekistonda chorvachilik (qarangA. Abirqulov), agrar-sanoat majmuini (A.R.Roʻziyev va A.M.Sodiqov) oʻrganish boʻyicha tadqiqotlar amalga oshirilgan. Qishloq xoʻjaligini turli regionlar va tarmoqlar boʻyicha tashkil etish muammolari bilan Z.M.Akramov, R.A.Hodiyev, T.E.Egamberdiyev, T.Tojimov, S.S.Saidkarimov, T.Jumayev, K.K.Qurbonov, Sh. Azi-mov, R.U.Usmonov va boshqa shugʻullanganlar.
Qishloq xo‘jaligi moddiy ishlab chiqarishning asosiy va tarmoqlaridan bo‘lib, oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismini va sanoat uchun xom-ashyoni yetkazib beradi. Qishloq xo‘jaligi asosan ikkita yirik tarmoqdan-dehqonchilik va chorvachilikdan iborat. Bu ikki soha dunyo aholisi uchun dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlariga yetkazib beradi.Qishloq xo‘jaligi o‘zining tarmoqlarida yetkazilgan mahsulotlarini birlamchi ya'ni dastlabki qayta ishlovchi bir qancha tarmoqlarni ham o‘z ichiga oladi. Dunyo mamlakatlarida oziq-ovqat ta'minoti barqarorligini yaxshilash uchun keng dasturlar majmui amalga oshirib kelinmoqda, maqsad aholini sifatli oziq-ovqat va xalq iste'moli tovarlari bilan talab darajasida ta'minlashdir. Bu muammo ulkan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lib, uning talab darajasida hal etilishi aholining turmush darajasini yuksaltiradi, farovon yashashini ta'minlaydi. Oziq-ovqat xavfsizligi mamlakatni mavjud salohiyatlar, resurslar bilan ta'minlash va aholini ichki va tashqi sharoitlarga bog‘liq bo‘lmagan holda, ilmiy jihatdan asoslangan tibbiy me'yorlar darajasida oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashni kafolatlashdir. Oziq-ovqat bilan o‘zini-o‘zi ta'minlash – bu davlatning ichki extiyojini oziq-ovqatning barcha turlari hamda alohida maxsulot turlari bilan ta'minlash, qoplash qobiliyatidir. Oziq-ovqat xavfidan keladigan iqtisodiy zarar bevosita va bilvosita yo‘qotishlardan iborat bo‘lib, u quyidagilar bilan bog‘liq: qishloq xo‘jaligi va u bilan bog‘liq tarmoqlar faoliyatlarining buzilishi; oziq-ovqat maxsulotlari baholarining oshishi bo‘yicha import to‘lovlari; mehnatga yaroqli aholining kamayishi hisobiga mehnatning iqtisodiy samaradorligining pasayishi; oziq-ovqat qaramliligi va oziq-ovqat mustaqilligi. Qishloq xo‘jaligining moddiy-texnika bazasining mustahkamlanishi, fantexnika yangiliklari hamda ilg‘or, samarali texnologiyalarni ishlab chiqarishga izchil joriy etilishini o‘zaro bog‘liq holda ta'minlanishi aholining oziq-ovqat va xalq iste'moli tovarlari bilan ta'minlanishini yuksaltiradi va shu bilan birga xozirgi kunda qayta ishlash tarmoqlari ko‘lamini kengaytirib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar assortimentini ko‘paytirib, ularning raqobatbardoshligini ta'minlab, sifatli saqlab, aholiga o‘z vaqtida yetkazib berishga erishishishiga asos bo‘ladi. Rivojlangan mamlakatlar qishloq xo‘jaligining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ularda fan-texnika yutuqlaridan foydalanish, xo‘jaliklarni yiriklashtirish talab etadigan sanoatlashish, konsentratsiyalash jarayoni kuchayishi natijasida mayda va o‘rtahol fermer xo‘jaliklari ommaviy ravishda tugashiga, intensivlashtirish hisobiga fermer xo‘jaliklari yirik xo‘jaliklarga aylanmoqda. Rivojlangan mamlakatlar jahon bo‘yicha olinayotgan yalpi mahsulotning 20-25%ini yetishitirish qurbiga ega. AQSh, Yaponiya, Fransiya, Germaniya kabilarda rivojlangan mamlakatlar qishloq xo‘jalik tarmog‘i o‘z aholisini qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan to‘liq ta'minlabgina qolmay, bu turdagi mahsulotlarning ko‘p qismini tashqi bozorga ham chiqazadilar.

Dunyo mamlakatlari tarkibiga ko‘ra rivojlangan mamlakatlarda YaIMda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini salmog‘i va qishloq xo‘jaligida bandlik davlatning rivojlanish darajasiga qarab pasayib borgan. Rivojlangan davlatlardan AQShda YaIMda qishloq xo‘jaligining ulushi 1,2 foiz, qishloq xo‘jaligida bandlik 2 foizga teng bo‘lgan, Kanadada YaIMda qishloq xo‘jaligining ulushi 2,2 foiz, qishloq xo‘jaligida bandlik 3 foizga teng bo‘lgan, Yaponiyada YaIMda qishloq xo‘jaligining ulushi 1,3 foiz, qishloq xo‘jaligida bandlik 5 foizga teng bo‘lgan, Fransiyada YaIMda qishloq xo‘jaligining ulushi 2,5 foiz, qishloq xo‘jaligida bandlik 2 foizga teng bo‘lgan, Italiyada YaIMda qishloq xo‘jaligining ulushi 2,2 foiz, qishloq xo‘jaligida bandlik 5 foizga teng bo‘lgan, Avstraliyada YaIMda qishloq xo‘jaligining ulushi 8,3 foiz, qishloq xo‘jaligida bandlik 4 foizga teng bo‘lgan, Rossiyada YaIMda qishloq xo‘jaligining ulushi 5 foiz, qishloq xo‘jaligida bandlik 10 foizga teng bo‘lgan, Polshada YaIMda qishloq xo‘jaligining ulushi 3 foiz, qishloq xo‘jaligida bandlik 18 foizga teng bo‘lgan. AQSh qishloq xo‘jaligi yuksak tovarliligi, texnika bilan a'lo darajada qurollanganligi, tor ixtisoslashganligi, yollanma mehnatdan keng foydalanishi bilan ajralib turadi. AQSh dehqonchiligida sug‘orish tizimi katta maydonda joriy etilgan. Sug‘oriladigan erlarda yetishitirilayotgan mahsulot mamlakatda yetishtirilayotgan mahsulotning uchdan bir qismini tashkil etadi. Sug‘orish ishlarida mexanizatsiyadan keng foydalaniladi. AQShda fermer xo‘jaliklarining tashkil etilishi uzoq davom etgan murakkab jarayondir. Oilaviy fermer xo‘jaliklari asosan oila a'zolaridan tashkil topadi. Ular ayrim hollardagina yollanma mehnat resurslarini jalb etadilar. Qishloq xo‘jaligida fermerlar xajmi ular tomonidan bir yilda yetishtirilgan mahsulotni realizatsiya etish xajmi bilan belgilanadi.
AQSh qishloq xo‘jaligida asosan oilaviy fermerlar faoliyat yuritadi. Ular qishloq xo‘jalik korxonalarining 99 foizini tashkil etadilar va mamlakatda yetishitirilgan qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotini 93foizini yetishitiradilar. Mamlakatda 2,1 million oilaviy fermer mavjud edi. Bitta oilaviy fermer har yili o‘rtacha 80-100 ming dollarlik mahsulot sotadi, 187 gektar erga ega (har gektar er qiymati 250 ming dollar) 2 ishchiga qiymati 140 ming dollar bo‘lgan ishlab chiqarish fondlari to‘g‘ri keladi. Yaponiya dunyoda eng rivojlangan davlatdir. Ular ishlab chiqargan mahsulot qiymati bo‘yicha jahonda yetakchi o‘rinni egallaydi. Yaponiya 4 mingta har xil orollarda joylashgan. Ulardan eng kattasi Xakaydo, Xonsyu, Kyusyu, Sikaku. Qishloq xo‘jaligi mamlakat milliy daromadining 7,5%ini beradi. Aholisi 122 mln. nafar, hududi 370 ming km2 , qishloq aholisi 41 mln., qishloq xo‘jaligida mamlakat hududining 6 mln. gektaridan yoki 16%idan foydalaniladi. Shundan 2,9 mln. gektari sug‘oriladi. Mamlakat qishloq xo‘jaligida asosan mayda va o‘rta fermer xo‘jaliklari faoliyat yuritadi.

Rivojlangan davlatlar AQSh, Yaponiya, Fransiya, Germaniya kabi davlatlarda fermer xo‘jaliklari o‘z aholisini qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan to‘liq ta'minlabgina qolmay, bu turdagi mahsulotlarning ko‘p qismini tashqi bozorga ham eksport qilmoqdalar. Rivojlangan davlatlar tajribalarini o‘rganish natijasida respublikamiz fermer xo‘jaliklari faoliyatida yuqori samaradorlikka erishishiladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda agrar masalaning hal qilinishi qishloqlarda ishlab chiqarish munosabatlarining barcha eskirgan shakllarini tugatishga imkon beradi.

Qishloq xo'jaligi moddiy ishlab chiqarishning ikkinchi yirik tarmog'idir. U kishilik jamiyatining eng qadimgi xo'jalik sohasi hisoblanadi. Shu bilan birga, bu ishlab chiqarish tarmog'i barcha davrlarda insonning kundalik iste’mol mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojini qondiruvchi asosiy manba bo'lib xizmat qilgan. Shu sababli, jahonda bironta mamlakat yo'qki, unda qishloq xo'jaligi va u bilan bog'liq bo'lgan o'rmon, ovchilik, baliqchilik xo'jaliklari tashkil topmagan bo'lsin. Hozirgi vaqtda bunday xo'jalik tarmoqlarida hammasi bo'lib 1,2 mlrd. dan ortiq kishi yoki jami iqtisodiy faol aholining 70 foizidan ko'prog`i ish bilan band.
Qishloq xo'jaligining asosiy xususiyatlaridan biri uning joylardagi tabiiy iqlim sharoiti bilan chambarchas bog'liq ekanligidir. Boshqacha aytganda, tabiiy iqlim sharoiti imkon bersagina muayyan hududlarda bug'doy, sholi, paxta, meva, choy kabi mahsulotlarni yetishtirish mumkin bo'ladi. Shu sababli, qishloq xo'jalik tarkibi va tarmoqlarining hududiy joylashish holati turlicha bo'ladi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling