Jahon xo`jaligida globalizatsiyaning asosiy yo`nalishlari
Download 44.14 Kb.
|
5 mavzu Jahon xo’jaligida rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti
Mavzu: Jahon xo`jaligida globalizatsiyaning asosiy yo`nalishlari MundarijaKirishJahon xo’jaligida rivojlangan mamlakatlarning tutgan o’rni Rivojlangan mamlakatlarning integratsion birlashmalari Jahon mashinasozlik sanoati va uning rivojlanish xususiyatlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda sanoat tarmoqlarining rivojlanishi qanchalik yuqori bo‘lmasin narx-navoning ko‘tarilishi ushbu davlatlarda yuqoriligicha qolmoqda. Bu holat albatta xizmat ko‘rsatish sohalari va shuningdek ilmiy-texnikaviy inqilobga asoslangan yangi tarmoqli sanoat korxonalarining vujudga kelishi bilan bog‘liqdir. Jahon xo‘jaligining rivojlanishida rivojlangan mamlakatlarning qay darajada sanoat energetikasi bilan ta’minlanganligi ham muhim rol o‘ynaydi. Hozirgi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlar o‘zlari ishlab chiqarayotgan sanoat energetikasi mahsulotlaridan tejamkorlik bilan samarali foydalanib kelmoqdalar. Masalan, 1970-1990 yillar davomida AQSH sanoat energetikasi iste’molini 40% ga, Yaponiya va Fransiya davlatlari esa, 30% ga qisqartirish imkoniyatiga ega bo‘lishgan edi. Jahonning rivojlangan mamlakatlarining barchasida qayta ishlash sohalari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular asosan tejamkorlik bilan samarali foydalanishning ijtimoiy dasturlari asosida amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarning ishlab chiqarishida qimmatbaho nodir metallar o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni kengroq ishlatilishi muhim rol o‘ynamoqda. Jahon xo‘jaligi rivojlanishida yetakchi sanoati rivojlangan mamlakatlar (AQSH, GFR, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada, Italiya) iqtisodiyoti muhim rol o‘ynamoqda. Ushbu mamlakatlar ulushiga rivojlangan davlatlarda ishlab chiqarilayotgan jami sanoat mahsulotlarining 79-80%i va dunyo mamlakatlarida ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining 59-60%i, tovarlar eksportining 60-61%i va xizmat ko‘rsatish sohalarining 49- 50%i to‘g‘ri kelmoqda. Rivojlangan mamlakatlar guruhi hozirgi kunda o‘z tarkibida jahonning 30 dan ortiq davlatini birlashtirgan bo‘lib, bu davlatlar dunyo mamlakatlari xo‘jaligida tutgan o‘rniga ko‘ra bir necha klassifikatsiya bo‘lib o‘rganiladi. Ular quyidagilardan iborat: Yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi bo‘yicha rivojlangan katta “Yettilik” davlatlar guruhi (ushbu davlatlar guruhiga Rossiya Federatsiyasini qo‘shilishi bilan “katta sakkizlik” davlatlar guruhi degan so‘zlar ham ishlatilmoqda). Ushbu guruhga AQSH, Yaponiya, GFR, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Kanada kabi davlatlarni kiritish mumkin. Yevropa Ittifoqi kiruvchi davlatlar guruhi. Ushbu guruhga GFR, Belgiya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Portugaliya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Shvesiya, Finlandiya, Avstriya kabi davlatlarni kiritish mumkin. Yevropa Erkin Savdo assotsiatsiyaga (EAST) kiruvchi davlatlar guruhi. Ushbu guruhga Islandiya, Lixtenshteyn, Norvegiya, Shvesariya kabi davlatlarni kiritish mumkin. Benilyuks guruhiga kiruvchi davlatlar guruhi. Ushbu guruhga Belgiya, Niderlandlar va Lyuksemburg kabi davlatlar kiradi. Shimoliy Amerika Erkin savdo shartnomasiga (NAFTA) kiruvchi davlatlar guruhi. Ushbu guruhga AQSH, Kanada, Meksika kiradi. Rivojlangan mamlakatlarning jahon iqtisodiyotida utgan o‘rni miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha ifodalanadi: Download 44.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling