Bozor iqtisodiyoti amalda bo’lgan rivojlangan mamlakatlar tovar ishlab chiqarishni o’zgartirish zarurati bo’lganda uning unumdorligini oshirishga, talabga qarab munosib o’zgartishga tayyor turadilar. - Bozor iqtisodiyoti amalda bo’lgan rivojlangan mamlakatlar tovar ishlab chiqarishni o’zgartirish zarurati bo’lganda uning unumdorligini oshirishga, talabga qarab munosib o’zgartishga tayyor turadilar.
- Bu mamlakatlar moddiy ishlab chiqarishini qonuniyatlari tsiklik xarakterga, ya’ni ishlab chiqarishni davrli o’zgarishlariga, ish bilan ta’minlanganlik bahodagi o’zgarishlarga egadir. XX asrni so’nggi choragining o’zida rivojlangan mamlakatlarda uch marta davrli iqtisodiy rivojlanishning pasayishlari: 1974-1977, 1980-1982 va 1990-1993 yillarda yuz berdi. SHuningdek asr oxirida 1997 yilda janubiy — sharqiy Osiyoda boshlangan moliyaviy inqirozlar yangi asrga o’tdi va AQSH, YAponiya kabi yetakchi mamlakatlar iqtisodiyotiga o’z ta’sirini ko’rsatdi va ko’rsatmoqda. Lekin rivojlangan mamlakatlar bunday inqirozlardan o’zlari uchun munosib xulosalar chiqaradilar va yangi iqtisodiy barkamollikka erishishni o’z yangi yo’llarini yaratib boradilar. 2007 yilda AQSHda boshlangan moliyaviy inqiroz jaxonda yangi davrni Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrini boshlab berdi. Hali-hanuz davom etayotgan JMII hamma mamlakatlarga o’z ta’sirini o’tkazmay qolmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |