Jahon xo’jaligida rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti reja


Download 0.62 Mb.
Sana27.12.2019
Hajmi0.62 Mb.

JAHON XO’JALIGIDA RIVOJLANGAN MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI

Reja:

1.Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishining umumiy qonuniyatlari.

2.Rivojlangan mamlakatlarning xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi ishtirokining umumiy xususiyatlari.

3.Ayrim rivojlangan mamlakatlarning tashqi iqtisodiy faoliyati va ularning eksport va import tovar tuzilmasi.

Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishining umumiy qonuniyatlari.

  • XXI asr boshlarida rivojlangan mamlakatlar 40 tadan ozroqni tashkil etgan. Ular G’arbiy yevropada, SHimoliy Amerikada, Osiyoda, Avstraliya va Okeaniyada joylashgan, 29 tasi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT)ga a’zodir. 7 davlat AQSH, YAponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Kanada va Italiya “katta yettilik” deb yuritiladi. Aynan shu mamlakatlar umumjahon xo’jaligining asosiy rivojlanish yo’nalishlarini va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini belgilaydilar. Ayrim bir mamlakat va guruhlarning rivojlanish darajasi ko’rsatkichlarini YAIM kishi boshiga taqsimotidagi darajasi belgilaydi.

YAponiya modelining xarakterli tomoni ham eng ilg’or g’oyalarni amalga oshirish orqali ishlab chiqarishni, mehnatni milliy an’analar asosida qo’llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgandir. SHuning uchun ham YAponiya iqtisodiy rivojlanish modelini ierarxiya korporativizimi deb ataladi va shved modelini to’ldiradi.

  • YAponiya modelining xarakterli tomoni ham eng ilg’or g’oyalarni amalga oshirish orqali ishlab chiqarishni, mehnatni milliy an’analar asosida qo’llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgandir. SHuning uchun ham YAponiya iqtisodiy rivojlanish modelini ierarxiya korporativizimi deb ataladi va shved modelini to’ldiradi.
  • Rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlari keyingi 100 yillarda o’zining imkoniyatlarini boshqa tizimlarga nisbatan mutlaq ustun ekanligini namoyon etdi. Uning moslashuvchanligi va ishlab chiqarish kuchlarining salohiyatini o’zgartishga qodirligi, shuningdek ITT yutuqlaridan keng foydalana olishligi, iste’molchilarning talablari o’zgarishini tezda anglab olishi, hamda uning talablarini qondira olishga qobiliyatli ekanligi bilan xarakterlanmoqda.

Bozor iqtisodiyoti amalda bo’lgan rivojlangan mamlakatlar tovar ishlab chiqarishni o’zgartirish zarurati bo’lganda uning unumdorligini oshirishga, talabga qarab munosib o’zgartishga tayyor turadilar.

  • Bozor iqtisodiyoti amalda bo’lgan rivojlangan mamlakatlar tovar ishlab chiqarishni o’zgartirish zarurati bo’lganda uning unumdorligini oshirishga, talabga qarab munosib o’zgartishga tayyor turadilar.
  • Bu mamlakatlar moddiy ishlab chiqarishini qonuniyatlari tsiklik xarakterga, ya’ni ishlab chiqarishni davrli o’zgarishlariga, ish bilan ta’minlanganlik bahodagi o’zgarishlarga egadir. XX asrni so’nggi choragining o’zida rivojlangan mamlakatlarda uch marta davrli iqtisodiy rivojlanishning pasayishlari: 1974-1977, 1980-1982 va 1990-1993 yillarda yuz berdi. SHuningdek asr oxirida 1997 yilda janubiy — sharqiy Osiyoda boshlangan moliyaviy inqirozlar yangi asrga o’tdi va AQSH, YAponiya kabi yetakchi mamlakatlar iqtisodiyotiga o’z ta’sirini ko’rsatdi va ko’rsatmoqda. Lekin rivojlangan mamlakatlar bunday inqirozlardan o’zlari uchun munosib xulosalar chiqaradilar va yangi iqtisodiy barkamollikka erishishni o’z yangi yo’llarini yaratib boradilar. 2007 yilda AQSHda boshlangan moliyaviy inqiroz jaxonda yangi davrni Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrini boshlab berdi. Hali-hanuz davom etayotgan JMII hamma mamlakatlarga o’z ta’sirini o’tkazmay qolmadi.

Germaniya qishloq xo’jaligi dasturi

  • Germaniya fermerlar uyushmasi tashabbusi bilan faoliyat yuritayotgan LOGO o’quv amaliyoti dasturi ko’plab Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari qatorida O’zbekiston talabalari ham qishloq xo’jaligi sohasida o’z bilimlarini oshirishlariga xizmat qilmoqda.Mana 15 yildirki, bu dastur mutaxassislari O’zbekiston Oliy O’quv yurtlari ,jumladan,Andijon qishloq xo’jalik instituti, Buxoro Davlat Universiteti, Qarshi Muhandislik-Iqtisodiyot Instituti, Toshkent Davlat Agrar Universiteti Nukus filiali,Samarqand Qishloq xo’jalik Instituti,Toshkent Irrigatsiya Instituti, Toshkent Davlat Agrar Universiteti, Urganch Davlat Universitetlari bilan samarali hamkorlik qilib kelmoqdalar.Institutlardan har yili qat’iy belgilangan imtihon orqali saralangan iqtidorli talaba yoshlar Germaniya dehqonchilik xo’jaliklari va agrar sektor firmalarida o’quv amaliyotini o’tash imkoniyatiga ega bo’lishadi
  • LOGO dasturining bosh maqsadlari g’arbiy Osiyo va sharqiy Yevropa davlatlaridan Armaniston,Ozarbayjon,Gruziya,Rossiya Federatsiyasi, Ukraina,Moldaviya va Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog’iston,Qirg’iziston,Tojikiston va O’zbekistonlik mutaxassislar va yosh kadrlar almashinuvi orqali qishloq xo’jaligi sohasini rivojlantirish va amaldagi bozor iqtisodiyoti munosabatlarini yaxshilashdan iborat. Amaliyot muddati 3 oydan 1 yilgacha davom etishi mumkin.Talabalar uchun bu davr mobaynida Germaniyada joriy etilgan fermerlik tizimi,qishloq xo’jaligining menedjerlik tamoyillari, biznes tashkil qilish va uni muvaffaqqiyatli yuritish bo’yicha bilim beruvchi seminarlar tashkil etiladi. Malakaviy amaliyotlardan tashqari , dastur mutasaddilari muntazam ravishda hamkor davlatlarda o’quv seminarlari va trening mashg’ulotlari tashkil qilishmoqda. Umid qilamizki, bu dastur ishtirokchilarining amaliyotlari davomida egallagan bilimlari O’zbekiston qishloq xo’jaligi sohasi rivojiga o’z hissasini qo’shadi va ijobiy natijalar keltiradi.
  •  

16.2. Rivojlangan mamlakatlarning XIMdagi ishtirokining umumiy xususiyatlari

16.2. Rivojlangan mamlakatlarning XIMdagi ishtirokining umumiy xususiyatlari

  • 90-yillarning boshlaridagi iqtisodiy inqirozlardan so’ng, 1994 yildan iqtisodiy yuksalishning yangi bosqichi boshlandi. Bu jarayon AQSHda 1992 yildan boshlandi, 2001 yilning mart oydan esa fond birjalarida yirik kompaniyalarning aktsiyalarining narxi vaqtli tushib bordi. Buning asosiy sabablari AQSH iqtisodiyoti rivojlanishini turg’unlik holati bo’ldi. Bu holat 2001 yil 11 sentyabr voqealaridan keyin yana takrorlandi.
  • YAponiya iqtisodiyoti 1997 yildan moliyaviy inqiroz iskanjasiga tushib qoldi. 1998 yildan yangi pasayish davri boshlandi. 2000 yilda rivojlanish va vaqtli pasayishlar yuz bermoqda. 2007 yilning 2-yarmida yana iqtisodiy o’sishning pasayishi yuz berdi.

19 ta SRMda eng kam ish haqini qayta ko’rib chiqish bo’yicha umummilliy tartibga solish qonuni ishlab chiqilgan va amal qilmoqda, ishchi kuchini tayyorlash va qayta tayyorlash dasturi takomillashtirilmoqda.

  • 19 ta SRMda eng kam ish haqini qayta ko’rib chiqish bo’yicha umummilliy tartibga solish qonuni ishlab chiqilgan va amal qilmoqda, ishchi kuchini tayyorlash va qayta tayyorlash dasturi takomillashtirilmoqda.
  • Hozirda ko’plab SRM eng kam maosh stavkasini bekor qilish g’oyasi ilgari surilmoqda. Buning sababi ko’plab ishchilarni, ayniqsa yoshlarni mutaxassisligining pastligi bo’lmoqda. SHu bilan birga kam ish xaqi oluvchi ishchilarni ijtimoiy ximoya qilish ulardan olingan soliqlarni kamaytirish taklif etilmoqda. Umuman ishsizlikni tugatish masalasini umummilliy va ayrim kompaniyalar darajasida ishchilarni mustahkamligini oshirish yanada takomillashtirib borish katta ahamiyatga ega bo’lmoqda.

ITALYA IQTISODIYOTI

ITALYA IQTISODIYOTI

  • Xalqaro Valyuta Fondining ma'lumotlariga ko'ra 2006 yil Italiyaning yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmi 1.852.585 AQSh dollarni tashkil qilgan va bu ko'rsatkich jahon mamlakatlari orasida 7-o'rinni egallaydi. Iqtisodiyotni strukturaviy jihatdan sanoat mahsulotlari 29%, xizmatlar 69% va qishloq xo'jaligi 3% ni tashkil qiladi. Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkilotining ma'lumotiga ko'ra Italiya 2004 yilda sanoat mahsulotlari eksporti bo'yicha 6-o'rinni egallagan. Shimolda kapitalistik iqtisodiyot sanoatga ixtisoslashgan xususiy kompaniyalardan tashkil topgan bo'lsa, janubiy qismlarda qishloq xo'jaligi rivojlangan.

Italiyada Mafiya mamlakat iqtisodiyotida katta ulushga ega, va bu 127 milliard AQSh dollarini tashkil etadi; uyushgan jinoyatchilik Italiya YaIMning 7% ni tashkil qiladi. Xom ashyoning katta qismi va energiya tashuvchilarining qariyb 75% import qilinadi. So'nggi o'n yillikda Iqtisodiyot va Valyuta Ittifoqi talablariga binoan Italiya qattiq fiskal siyosat olib bordi va kichik inflyatsiya ko'rsatkichiga ega bo'ldi. 1999 yil Evro tadbiq etilishi bilanoq Italiya uni qabul qildi.

  • Italiyada Mafiya mamlakat iqtisodiyotida katta ulushga ega, va bu 127 milliard AQSh dollarini tashkil etadi; uyushgan jinoyatchilik Italiya YaIMning 7% ni tashkil qiladi. Xom ashyoning katta qismi va energiya tashuvchilarining qariyb 75% import qilinadi. So'nggi o'n yillikda Iqtisodiyot va Valyuta Ittifoqi talablariga binoan Italiya qattiq fiskal siyosat olib bordi va kichik inflyatsiya ko'rsatkichiga ega bo'ldi. 1999 yil Evro tadbiq etilishi bilanoq Italiya uni qabul qildi.

16.3. Ayrim rivojlangan mamlakatlarning tashqi iqtisodiy faoliyati va ularning eksport va import tuzilmasi.

16.3. Ayrim rivojlangan mamlakatlarning tashqi iqtisodiy faoliyati va ularning eksport va import tuzilmasi.

  • Rivojlangan mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi ko’proq tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish orqali ochiq iqtisodiyotga o’tish bilan bog’liqdir. Barcha rivojlangan davlatlar boshqa davlatlar bilan keng iqtisodiy aloqalar olib boradi, birinchi navbatda bir-birlari bilan.
  • Jahon eksportida iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) mamlakatlari ulushi 72-73 foizni, 1998 yili 72,4 % tashkil etadi. 90-yillarda yillik tovar va xizmatlar eksporti notekis rivojlanib bordi. 1998 yilning o’zida IHTTga a’zo davlatlar tovar va xizmatlar eksporti 4016 mlrd. dollarni tashkil etdi.

Sanoati rivojlangan mamlakatlarning eksportining tuzilishida fan yutuqlari asosida yaratilgan eng zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan maxsulotlar katta ahamiyatga egadir. SHuningdek, sanoat maxsulotlari ichida katta ahamiyatga ega bo’lganlari elektronika va axborot texnologiyalar, axborotni avtomatik qayta ishlovchi, elektroaloqa asbob-uskunalari, yarim o’tkazgichli asboblar, elektron mikrosxemalar va boshqalar alohida ahamiyatga egadir.

  • Sanoati rivojlangan mamlakatlarning eksportining tuzilishida fan yutuqlari asosida yaratilgan eng zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan maxsulotlar katta ahamiyatga egadir. SHuningdek, sanoat maxsulotlari ichida katta ahamiyatga ega bo’lganlari elektronika va axborot texnologiyalar, axborotni avtomatik qayta ishlovchi, elektroaloqa asbob-uskunalari, yarim o’tkazgichli asboblar, elektron mikrosxemalar va boshqalar alohida ahamiyatga egadir.
  • Bu jarayonga 90-yillardan rivojlanishiga internet va boshqa axborotlar uzatish tarmoqlar tizimi katta turtki berdi. Bu sohaning ahamiyati beqiyos o’sdi va yanada o’sib bormoqda. Tez suratlar bilan ayniqsa, ishbilarmonlik bilan bog’liq xizmatlar tez o’sib bormoqda. Bu xizmatlar 1980 yildan 1994 yilga qadar 28%dan 49%ga o’sdi. Turizm umumiy xizmatlar eksportini 1/3 ni tashkil etmoqda. YAngi texnologiyalar sog’liqni saqlash, ta’lim, fan, madaniyat, san’at sohasida xizmatlar eksportini kengayishiga katta imkoniyatlar yaratmoqda. SHu bilan birga bu mamlakatlar katta miqdorda maxsulotlarni ham import qiladi. 2010 yili turli xil oziq-ovqatlarni 69,2 %ini, oziq-ovqat xom-ashyosi 61,6%ni, yoqilg’ini 61,4%ni, ruda va metallar 63,7%ni, ximikatlar 63,5% ni, mashina va transtortlar 65%ni, va 67,5 foizi boshqa maxsulotlarni SRM import qiladi. 80-yillarga nisbatan hozirda bu mamlakatlar import tuzilmasini tarkibi ham o’zgaradi. Importning katta qismini hozirda oziq-ovqatlar, transport vositalari va boshqa uzoq foydalanish mumkin bo’lgan maxsulotlar tashkil qilayotganini kuzatish mumkin.

Qimmatli qog’ozlar bozori.

Qimmatli qog’ozlar bozori.

  • Amerika xo’jalik yuritadigan hududlarining qulayligi u yerda ko’p sonli fond birjalari paydo bo’lishiga olib keldi. Brokerlik biznesidagi qattiq raqobatchilik jarayonida Nyu York Amerikaning birja markaziga aylandi. Nyu York shuningdek butun dunyoning yirik fond birjasi (ASE) hamdir. SHu tariqa dunyoda moliya operatsiyalari markaziga aylandi. Bulardan tashqari hozirgi vaqtda AQSHda sakkizta mintaqaviy fond birjalari CHikago, Filadelfiya, Tinch okeani, Boston, TSintsinati, Sinakanda va Solt Leyk–Sitidagi, barcha birjalar ishlab turibdi.

AQSH ishchi kuchining asosiy bozorlaridan biri hisoblanadi. U 1960 yili G’arbiy yevropadan 140 ming ishchi kuchi import qilgan bo’lsa, hozirda o’rtacha yiliga 63 ming ishchi kuchini import qilmoqda. Bunday o’zgarishning asosiy sababi SRMning iqtisodiy rivojlanishidagi farqni kamaytirishga va nisbatan rivojlanish darajasini yaqinlashishidir.

  • AQSH ishchi kuchining asosiy bozorlaridan biri hisoblanadi. U 1960 yili G’arbiy yevropadan 140 ming ishchi kuchi import qilgan bo’lsa, hozirda o’rtacha yiliga 63 ming ishchi kuchini import qilmoqda. Bunday o’zgarishning asosiy sababi SRMning iqtisodiy rivojlanishidagi farqni kamaytirishga va nisbatan rivojlanish darajasini yaqinlashishidir.
  • AQSH hozirda ham o’z ishchilarining safini yuqori malakali ishchi emigrantlar hisobiga to’ldirib bormoqda. AQSH uchun hozirda sharqiy yevropa ham yangi ishchi kuchi importi uchun manba hisoblanadi. SHunga qaramasdan AQSHning 80% imigrant ishchilarini Lotin Amerikasi va Osiyoliklar tashkil etadi. Lekin ularning malakasi AQSH ishchilari malakasiga nisbatan 4 marta pastdir. G’arbiy yevropadagi holatga to’xtalsak 90 yillarni o’rtasida tashqaridan 10 mln. aholi yoki 11% ni kelgan ishchilar tashkil etadi. Ularning oylik maoshlari o’rtacha yevropalik ishchilarga nisbatan 1,5 - 2 marta pastdir.

6 ноябрь 2011 йили “Кимё саноати Chemie-Uzbekistan 2011” 5чи Ўрта Осиё Ҳалқаро кўргазмаси ўз ишини бошлади ва бу кўргазмада “ASIAN DIAMOND CLASSIC” компанияси иштирок этди. Кўргазма Миллий кўргазмалар комплекси “Ўзэкспоцентр”да бўлиб ўтди.

  • 6 ноябрь 2011 йили “Кимё саноати Chemie-Uzbekistan 2011” 5чи Ўрта Осиё Ҳалқаро кўргазмаси ўз ишини бошлади ва бу кўргазмада “ASIAN DIAMOND CLASSIC” компанияси иштирок этди. Кўргазма Миллий кўргазмалар комплекси “Ўзэкспоцентр”да бўлиб ўтди.
  •  "Chemie-Uzbekistan 2011” кўргазмасида “ADC” компанияси дебютант бўлди ва кенг оммагаишлаб чиқарилаётган маҳсулот ассортиментини (синтетик ювиш воситани) тақдим этди ва бундай ишлаб чиқарувчилар орасида 35 та хорижий мамлакатлардан келган ишлаб чиқарувчилар булар: Индия, Австрия, Германия, Италия, Китай, Польша, Россия ва бошқалар қатнашишди. 
  •    Иштирокчиларнинг стендлари кимё ва полимер саноатига ўз хиссаларини қўшаётганликларини кўрсатди.  "ADC" компаниясининг стенди кўргазмада энг улкан расталардан бирига айланди. Ўзига бой ассортимент ва олий сифат маиший кимё воситаларини намойш қилди. Шунинг учун ҳам муносиб унвон "Энг яхши стенд дизайн"ни мукофоти билан тақдирланди. 
  •  ООО “ADC” компанияси “Энг яхши ишлаб чиқарувчи 2011” номинацияси ютуғини қўлга киритди. Бу компаниямиз янада ривожланиши учун кучли стимул бўлди.

Sanoat tarmoqlari geografiyasi

Sanoat tarmoqlari geografiyasi

 

  • Metallurgiya sanoati jahon xo’jaligini, asosan, konstruksiyabop materiallar — qora va rangdor metallar bilan ta’minlaydi. Garchi mamlakatlar xo’jaligida boshqa xil konstaiksiyabop materiallar, jumladan, plastmassalarning ahamiyati ortib borayotgan bo’lsa-da, ular po’latning o’rnini bosa olmaydi. Shu sababli bu tarmoq hozirgi jahon xo’jaligining ahamiyatli negiz tarmoqlaridan hisoblanadi.
  • Metallurgiya sanoati o’z navbatida mustaqil qora va rangdor metallurgiya sanoatlariga bo’linadi.

Rangdor metallurgiya sanoati murakkab tarmoqlar tarkibiga ega bo’lib, o’nlarcha xildagi metallar (mis, aluminiy, rux, qo’rg’oshin, volfram, oltin, kumush, uran va boshqalar)ni ishlab chiqarishni o’z ichiga oladi.

  • Rangdor metallurgiya sanoati murakkab tarmoqlar tarkibiga ega bo’lib, o’nlarcha xildagi metallar (mis, aluminiy, rux, qo’rg’oshin, volfram, oltin, kumush, uran va boshqalar)ni ishlab chiqarishni o’z ichiga oladi.
  • Rivojlanayotgan mamlakatlar rangdor metallurgiyada xomashyo resurslarini yetkazib berishga va rivojlangan mamlakatlar esa iste’molga tayyor rangdor metallar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Masalan, mis rudalarini qazib chiqarish va jahon bozoriga chiqarishda Markaziy Afrikadagi Zambiya va KDR davlatlari yetakchilik qiladi. Ularning hududi bo’ylab Mis mietaqasi deb ataladigan misga boy havza yotadi. Bunday resurslarga bundan tashqari Chili, AQSh, Kanada ham ancha boy. Toza (rafinad) misni ishlab chiqarishda esa AQSh, Yaponiya, Germaniya, Fransiya kabi asosan, rivojlangan mamlakatlar yetakchilik qilmoqda.
  • Shunga o’xshash holatni nisbatan yengilligi uchun qanotli metall deb nom olgan aluminiy sanoatida ham ko’rish mumkin. Tarkibida aluminiy metali bo’lgan boksit rudasiga eng boy davlatlar Avstraliya, Gvineya, Yamayka, Braziliyadir. Lekin tozalangan aluminiyni ishlab chiqarish va iste’mol qilishda yana AQSh, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya kabi rivojlangan mamlakatlar ajralib turadi,

MASHINASOZLIK

MASHINASOZLIK

  • Ishlab chiqarayotgan mahsulotlari umumiy qiymatiga ko’ra bu sanoat tarmoqlar orasida eng yirigi va ahamiyatlisidir. U turli mashina va texnologik uskunalar, murakkab o’lchov apparatlari va asboblar, kompyuter texnikasi va raketa-kosmik texnikasi, bir so’z bilan aytganda, «ignadan saraolyotga»cha turli xildagi mahsulotlar ishlab chiqaradi.
  • Mashinasozlik yetakchi sanoat tarmog’i sifatida ichdan yonar dvigatellarning hayotga tatbiq etila boshlagan XVIII asrning oxirlaridan boshlab rivojlanib kelayotganligini yaxshi bilasiz. Hozirgi vaqtda bu tarmoqning hududiy joylashishiga va rivojlanishiga oldingidek xomashyo (metall, plastmassa, oyna va boshqalar) emas, ko’proq malakali ilmiy xodimlar va ishchi-xizmatchilarning yetarli bo’lishligi, transport va iste’mol omillari ta’sir ko’rsatmoqda.
  • Jahon mamlakatlari mashinasozlikning rivojlanish darajasiga ko’ra turlicha ko’rsatkichlarga ega. U rivojlangan mamlakatlarda, asosan, yuqori darajada rivojlanishga erishgan, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa uning ko’rsatkichlari ancha past.

Mashinasozlikning rivojlanish darajasiga ko’ra jahonning to’rt mintaqasi alohida ajralib turadi. Ularning eng yirigi Shimoliy Amerika mintaqasidir. Undagi AQSh, Kanada va Meksika davlatlari hissasiga jahon mashinasozlik mahsulotlarining 30 foizi to’g’ri keladi va deyarli barcha xildagi mashina va uskunalar ishlab chiqariladi.

  • Mashinasozlikning rivojlanish darajasiga ko’ra jahonning to’rt mintaqasi alohida ajralib turadi. Ularning eng yirigi Shimoliy Amerika mintaqasidir. Undagi AQSh, Kanada va Meksika davlatlari hissasiga jahon mashinasozlik mahsulotlarining 30 foizi to’g’ri keladi va deyarli barcha xildagi mashina va uskunalar ishlab chiqariladi.
  • Ikkinchi mintaqa Yevropa mamlakatlari bo’lib, ishlab chiqaradigan mahsulotlari hajmi va sifati jihatidan birinchi mintaqadan hech ham qolishmaydi. U asosan, ommaviy mashinasozlik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
  • Mashinasozlikning uchinchi mintaqasi Sharqiy va Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlaridir. U an’anaviy mashinasozlik mahsulotlari bilan birga yuqori texnologiyaga asoslangan fantalab hisoblash texnikasi (radio-telemexanika, maishiy xizmat texnikasi) mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Unda Yaponiyaning o’rni eng yuqori.
  • Sobiq Ittifoq mamlakatlari jahonning to’rtinchi mashinasozlik mintaqasini tashkil qiladi. Garchi mintaqa mashinasozlikning eng muhim mahsulotlarini ishlab chiqarish imkoniyatlariga ega bo’lsa-da, sifat ko’rsatkichlariga ko’ra boshqa mintaqalardan orqada.
  • Ayniqsa, fantalab mashinasozlik tarmoqlari nisbatan sust rivojlangan. Shu sababli uning mavqeyi tobora pasayib bormoqda.
  • Barcha rivojlanayotgan mamlakatlar hissasiga dunyo mashinasozlik mahsulotlarining 1/10 qismiga yaqini to’g’ri keladi. Ammo hozirgi vaqtda ularda mashinasozlik sanoatining o’sish sur’atlari ancha yuqori. Ayniqsa, Braziliya, Hindiston, Argentina, Meksika, Osiyoning yangi industrial davlatlarida bu borada sezilarli yutuqlar kuzatilmoqda. Bu holat yaqin kelgusida ular hissasining oshishiga olib keladi.
  • Ba’zi mashinasozlik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi eng yirik davlatlar qatorida rivojlangan mamlakatlar bilan birga rivojlanayotgan mamlakatlar ham tobora ko’p ko’zga tashlanmoqda.

KIMYO SANOATT

KIMYO SANOATT

  • Kimyo sanoati FTI davrida sanoatning rivojlangan tarmoqlaridan biridir. U XX asr davomida alohida tarmoq sifatida shakllandi va eng yuqori sur’atlarda rivojlanishga erishdi. Ko’p sifatlariga ko’ra mazkur tarmoq mashinasozlik sanoatiga o’xshab ketadi. U ham to’rt mintaqada har taraflama rivojlanishga erishgan. Bular Yevropa, Shimoliy Amerika, Sharqiy va Janubi-sharqiy Osiyo va Sobiq Ittifoq davlatlaridir.
  • Hozirgi vaqtda jahon kimyo mahsulotlarining 2/5 qismi Yevropada ishlab chiqarilmoqda. Unda va ikkinchi mintaqa hisoblanadigan Shimoliy Amerika (ayniqsa, AQSh)da kimyo sanoatining deyarli barcha tarmoqlari, birinchi navbatda, neftni qayta ishlash va neft kimyosi har taraflama rivojlangan. Uchinchi mintaqaning o’zagi Yaponiya, qisman Xitoy hisoblanadi. Ularda ham organik sintez kimyosining sintetik tola, sintetik kauchuk, polimerlar kimyosi tarmoqlari yuqori mavqega ega. Sobiq Ittifoq davlatlaridan iborat to’rtinchi mintaqada, ayniqsa, tog’ kimyosi va asosiy kimyo tarmoqlarining ahamiyati katta.

O’RMON, YOG’OCHNI QAYTA ISHLASH VA SELLYULOZA-QOG’OZ SANOATI

O’RMON, YOG’OCHNI QAYTA ISHLASH VA SELLYULOZA-QOG’OZ SANOATI

  • O’rmon va yog’ochni qayta ishlash sanoatining hududiy joylashuvi ko’p hollarda jahon o’rmon resurslari geografiyasiga monand shakllangan. XXI asr boshlarida jahon bo’yicha jami 4500 mln. m2 yaqin yog’och tayyorlandi. Shuning 2/3 qismiga yaqini Shimoliy o’rmon mintaqasi hissasiga to’g’ri keladi. Ma’lumki, Shimoliy o’rmon mintaqasida, asosan, ignabargli daraxtlar o’sib, ulardan yog’och taxta, selluloza-qog’oz va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Ushbu mintaqada joylashgan Kanada, AQSh, Rossiya, Finlyandiya, Shvetsiya davlatlari o’rmon va yog’ochsozlik mahsulotlari ishlab chiqarishda xalqaro ixtisosiashuvga ega. Bu davlatlar yog’och va selluloza-qog’oz mahsulotlarini tayyorlash va eksport qilishda ham eng yuqori ko’rsatkichga ega. Bu borada Kanada alohida ajralib turadi. U jonboshiga yog’och tayyorlashda birinchi o’rinda turadi. Unda 1500 dan ortiq taxta tilish zavodlari bor. U dunyodagi eng katta selluloza-qog’oz kombinatiga ega. G’arbda ishlab chiqarilayotgan gazeta qog’ozining 40 % i va gazeta qog’ozi eksportining 60 % i ham shu davlat hissasiga to’g’ri keladi. Shu bilan birga jon boshiga qog’oz ishlab chiqarishda Finlyandiya, Shvetsiya va Kanada davlatlari oldinda turadi. Jahon bo’yicha bu ko’rsatkich o’rtacha 70 kg ni tashkil qiladi.

YENGIL SANOAT

YENGIL SANOAT

  • Yengil sanoat aholining kundalik iste’mol mahsulotlari ishlab chiqaradigan eng yirik tarmog’idir. Shu sababli u barcha, shu jumladan, rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotining muhim tarmog’i sanaladi. Yengil sanoatda eng yetakchi tarmoq to’qimachilikdir.
  • To’qimachilik sanoati, bir tomondan, sanoatning eng «eski», ikkinchi tomondan esa doimo yangilanayotgan va o’sayotgan tarmoqlaridan hisoblanadi.
  • Hozirgi vaqtda jahon to’qimachilik sanoatining beshta yirik mintaqasi mavjud. Bular Sharqiy Osiyo, Janubiy Osiyo, Sobiq Ittifoq mamlakatlari, Yevropa va AQShdir. Ularda to’qimachilik mahsulotlarining asosiy qismini ip-gazlamava kimyoviy tolalardan to’qilayotgan gazlamalar tashkil qiladi. Muhimi shundaki, bunday gazlamalarning umumiy hajmi doimo ortib bormoqda. Shoyi, jun va zig’ir gazlamalar hissasi esa aksincha, sekin-asta kamayib bormoqda.
  • Umuman, hozirgi vaqtda jahon yengil sanoatining ko’pchilik tarmoqlari  rivojlanayotgan mamlakatlarda tezroq sur’atlarda o’smoqda. Buning natijasida Xitoy, Hindiston, Pokiston, Misr kabi mamlakatlarda ishlab chiqarilgan gazlamalar, kiyim-kechak, trikotaj mahsulotlari Shimoliy Amerika, Yevropa, Yaponiya kabi rivojlangan davlatlarning ichki bozorida o’z o’rnini topmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlardagi bunday natijalarni ularda: 1) ishchi kuchining ancha areonligi; 2) to’qimachilik sanoati xomashyolari (tola)ning nisbatan serobligi bilan tushuntirish mumkin.


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling