Jahon xo’jaligida rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti


Download 0.76 Mb.
bet6/10
Sana27.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1657033
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-mavzu. Jahon xo’jaligida rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti

Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: yuqori darajada rivojlanayotgan, o’rtacha darajada rivojlanayotgan, past rivojlangan mamlakatlar, “YaID”, YaIM o’sish sur’atlari, tashqi savdo aylanmasining o’sishi, eksportga yo’naltirilgan va importni qoplash siyosatlari.
Mavzuda ko’rib chiqiladigan muammolar:

  1. Rivojlanayotgan mamlakatlar rivojlanishinig ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari mavjud. Shunga siz qanday fikr bildirasiz?

  2. Rivojlanayotgan mamlakatlarning xalqaro tovar almashinuvida tutgan o’rni va roli izohlang? 3.Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida xorijiy sarmoyalar muhim rol o’ynaydi. Uni qanday izohlaysiz?

  1. “Yangi industrial mamlakatlar” ning jahon xo’jaligida tutgan o’rniga, siz qanday fikr bildirasiz?



        1. Rivojlanayotgan mamlakatlarning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari


XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimini rivojlanishining ahamiyatli tomonlaridan biri, sobiq mustamlaka va qaram territoriyalarning roli va ahamiyatini iqtisodiy jihatdan kuchayib borayotganligidir. Ushbu mamlakatlar avval jahon iqtisodiyotida rivojlanayotgan mamlakatlar yoki ozod etilgan mamlakatlar, “uchinchi dunyo mamlakatlari”, “janub” mamlakatlari yoki “periferiya” mamlakatlari sifatida tilga olingan bo‘lsa, hozirgi kunda umumiy tarzda rivojlanayotgan mamlakatlar deya ataladi..
Bu mamlakatlar iqtisodiyoti turli-tumandir, ularning hududida 3,2 mlrd atrofida aholi yashaydi. Ushbu mamlakatlarda hozirgi kunda juda murrakab ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy jarayonlar kechmoqda.
Jahon xo‘jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlarda ozodlikka erishgan mamlakatlar iqtisodiyotining rivojlanishi XX asrning 60-yillaridan boshlab tobora o‘sib boruvchi xarakter kasb etmoqda. Ularning eng ilgorlari 1950 yilga kelib, rivojlanayotgan mamlakatlarning “o‘rtachalaridan” (54 mamlakat) 2,4 marta, yuksaklikka erishdi. 50 – yillarning o’rtalaridan boshlab, yuqorida zikr etilgan mamlakatlar o’rtasidagi rivojlanish darajasidagi farq sezilarli darajada ortib bordi. 90 – yillarga kelib rivojlanayotgan mamlakatlarning birinchi guruhiga kiruvchi (19 ta) mamlakatlardagi aholi jon boshiga “to‘g‘ri keluvchi o‘rtacha foyda” o‘rtachalariga nisbatan 2,9 barobar, quyi guruhlarinikiga nisbatan esa 12,2 barobar yuqori bo‘ldi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning aynan shu guruhlarining tarkibida ham, rivojlanish darajalari o‘rtasidagi bog‘liqda ham o‘zgarishlar vujudga keldi. Jahon iqtisodiyotida ushbu jarayonlar natijasida tabaqalashuv ham ikkita asosiy mintaqada ro‘y bergan edi. Mintaqaning bir tomonida ozodlikka erishgan mamlakatlarning ko‘proq rivojlanganlari, jumladan, fors ko‘rfazidagi bir qator mamlaktlar - Qatar, Quvayt, BAA, shuningdek Osiyo - Tinch okeani mintaqasi va Lotin Amerikasidagi yangi industrial mamlakatlar joylashgan bo‘lsa, mintaqaning ikkinchi tomonida esa mutlaqo turg‘unlik holatidagi iqtisodiy kambag‘al mamlakatlar joylashgandir. Bu kategoriyaga 48 ta mamlakat taalluklidir. Bularga bir qator Afrika mamlakatlarini, jumladan Mozambik (YAIM yiliga kishi boshiga 80 dollar), Efiopiya (100 dollar), S’era Leone (140 dollar), Burundi (180 dollar), Uganda (190 dollar), Chad va Ruanda (200 dollar) kabi davlatlarni kiritish mumkin. Bu guruhga taallukli mamlakatlardan tashqari, guruh ruyxatining yanada quyi qismida joylashgan bir qator Osiyo mamlakatlarini – Nepal (160 dollar), Butan va Vetnam (170 dollar), Mayanma va boshqa davlatlarni ham ko‘rsatish mumkin.
Ushbu mintaqalar orasida rivojlanayotgan mamlakatlarning qolgan qismlari joylashgandir. Bu ham o‘z navbatida, bir xil tipda bo‘lmagan guruhdir. Uning tarkibiga kiruvchi mamlakatlar ko‘plab ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha farqlanadi. Bu mamlakatlardan eng rivojlanganlari hozirgi kunda iqtisodiy jihatdan “Yangi industrial davlatlar” iqtisodiyotiga yaqinlashib bormoqda. Jumladan, Lotin Amerikasi va Shimoliy Amerika o‘rtasidagi farq sezilarli ravishda qisqarmoqda. Shimoliy Amerikaning yalpi milliy mahsuloti Lotin Amerikasining yalpi milliy maxsulotidan 4 marta ko‘proqni tashkil etadi (50 yil oldin bu nisbat 10:1 ni tashkil etgan).
Ushbu iqtisodiy rivojlanishdagi farqlarga qaramasdan rivojlanayotgan mamlakatlarning barchasiga xos bo‘lgan umumiy xususiyatlarni ham alohida ajratib ko‘rsatish mumkin bo‘lib, bular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

    • Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotining ko‘p ukladli xarakterga egaligi;

    • Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi past darajada ekanligi, sanoat, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy infrostrukturaning qoloq ekanligi (birinchi guruh, “yuqori kutb” mamlakatlarini hisobga olmaganda);

    • Ularning iqtisodiy rivojlanishi jahon xo‘jaligi tizimiga qaram holatda ekanligi, kapitalizmni periferik xarakter kasb etishi va boshqalar;

Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti ko‘p ukladli ijtimoiy-iqtisodiy tarkibga asoslanadi. Bir qator mamlakatlarda kapitalistik uklad bilan bir qatorda hamon urug-aymoqchilik va patriarxal munosabatlar ham mavjuddir. Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida davlat va davlat xo‘jalik ukladi muhim rol o‘ynaydi. Davlat sektorini rivojlantirish bosqichi kapitalistik ishbilarmonlikni kengaytirish siyosati bilan hamohang olib boriladi. Buning natijasida esa davlat kapitalizmi paydo bo‘ladi va rivojlanadi.
Milliy xususiy kapitalistik xo‘jalik ukladning rivojlanishi va shakllanishi jamgarish muammolari (ya’ni, pul resurslarining etishmovchiligi) va jamg’arilgan mablag’larning sarflanishi xususiyatlariga bog‘liqdir. Bu mablag’lar asosan savdoga (ichki va tashki), ko’chmas mulklarni sotib olishga, mashinalarni ta’mirlashga, sugurtaga, benzin qo‘yish shaxobchalariga, taksiga, ya’ni sarmoyalarni aylanishi tez bo‘lgan sohalarga yunaltiriladi.
Jahon iqtisodiyotida ozodlikka erishgan rivojlanayotgan mamlakatlarning ko‘pchiligida paydo bo‘lgan va rivojlanib borayotgan kapitalizm periferik xarakterga ega. Bu shuni anglatadiki, u sanoati rivojlangan mamlakatlar kapitalizmidan nafaqat rivojlanish darajasi bo‘yicha, balki eng muhimi, ishlab chiqarish usullarning modeli va moddiy ne’matlar taqsimoti bo‘yicha ham tubdan farq qiladi. Kapitalizm markazlari, jamg‘arishning organik va o‘zaro aloqador doimiy o‘sish jarayonida bo‘lgan milliy zaminda paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Moslashuvchanlik (imitatsiya) aholining boy qatlamlarining o‘zlari uchun zaruriy bo‘lgan barcha narsalarni qo‘lga kirita oladigan maxsus bozorlarning tashkil topishidan boshlandi. Bunday vaziyatda aholining asosiy qismi kambag‘allikka mahkum etilib, ularni bozorlarda erkin muomalada bo‘lish imkoniyatidan maxrum etadi.
Transmilliy korporatsiyalar tomonidan joriy kilingan yangi texnik-texnologiyalar odatda hozirgi kunga mos keladi, ammo ularning bozor narxlari juda yuqori bo‘lib, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun qator muammolarni keltirib chiqaradi.
Jahon iqtisodiyotida ko‘pchilik rivojlanayotgan mamlakatlarning o’xshashlik tomonlari, ya’ni ularning qashshoqligi, axolisining qoloqligi, ishsizlik darajasining yuqoriligi, sanoati rivojlangan mamlakatlardan katta miqdorda qarzdorligi bo‘lib hisoblanadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning ko‘pchiligi o‘zining to’laqonli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va axolisining yashash turmush tarzi darajasi bo‘yicha G‘arbiy Yevropani sanoatlashgan ilg’or mamlakatlaridan qariiyb 20-50 marotaba orqada qolmoqda.

        1. Download 0.76 Mb.

          Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling