globalllashuv milliy va jahon iqtisodiy rivojlanishining beqarorligi va notekisligini kuchaytiradi. Ushbu holat milliy xo‘jalik majmualarining global bozor sharoitlarida samarali faoliyat yurita olmaydigan eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish bo‘g‘inlariga bo‘linishi bilan bog‘liq; globalllashuv milliy va jahon iqtisodiy rivojlanishining beqarorligi va notekisligini kuchaytiradi. Ushbu holat milliy xo‘jalik majmualarining global bozor sharoitlarida samarali faoliyat yurita olmaydigan eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish bo‘g‘inlariga bo‘linishi bilan bog‘liq; • globallashuv davlatning makroiqtisodiy darajada tartibga solish rolini sezilarli darajada cheklaydi va davlatning ichki, tashqi iqtisodiy aloqalarga ta’sir ko‘rsatishning an’anaviy dastaklarini o‘zgartirib yuboradi; • globalashuv ishlab chiqarish va iste’molda salbiy tashqi omillarning ommaviy tarqalishiga olib keladi. TMKlarning global jahon bozorlariga chiqishi va globallashuv jarayonidan foyda olishga intilishi borasidagi kuchli raqobat ularning atrof-muhitni ifloslantiruvchi ishlab chiqarish yoki sog‘liq uchun zararli transgen mahsulotlarni yaratish kabi jamiyat uchun zararli faoliyat bilan shug‘ullanishlariga olib keladi. Demak, globallashuv — bu obyektiv, murakkab va ziddiyatli jarayon bo‘lib, uning asosini jahon iqtisodiyotining integratsiyalashuv, transmilliylashuv va baynanmilallashuv jarayonlari tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |