Jahon xo’jaligining rivojlanish bosqichlari va tendensiyalari Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning predmeti


Download 14 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi14 Kb.
#1063052
Bog'liq
Pul va bank(O.Shaxzod) (1)


Mavzu:Xalqaro iqtisodiy aloqalar
Reja:
1
.Jahon xo’jaligining rivojlanish bosqichlari va tendensiyalari
2.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning predmeti

Xalqaro iqtisodiy aloqalar nafaqat davlatlarning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishiga, balki xalqaro tinchlikning mustahkamlanishiga ham har taraflama yordam beradi.
 Shu sababli G'arbning rivojlangan mamlakatlari xalqaro iqtisodiy aloqalarni rivojlanishida yetakchi mavqelarga ega. Aksincha, ko'plab rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiy qoloqligi sababli bu borada pastki pogonalarda turadi.
BMT 70-yillardayoq yangi xalqaro iqtisodiy tartiblar dasturini qabul oqilgan edi. Dastur asosida xalqaro iqtisodiy aloqalarni adolatli va teng huquqlilik asosida tashkil qilish, o'zaro hurmat va manfaatlar daxlsizligiga qat`iy amal qilish tamoyillari ishlab chiqilgan.
 Xalqaro iqtisodiy aloqalarning tayanch yo`nalishlaridan biri xalqaro savdodir. Qadimdan ijtimoiy hayotda muhim rol o'ynab kelayotgan xalqaro savdo FTI davrida yangi yuksalish bosqichiga kirdi. Xalqaro savdoning muhim xususiyatlaridan biri unda tovarlar tarkibi, salmog'i va yo'nalishlarining doimo o'zgarib borishidir. 
Quyidagi jadvaldan ko'rinib turibdiki, jahon bozorida, hatto ozig-ovqat mahsulotlarini hisoblamaganda ham, aholi va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun tayyor zaruriy mahsulotlar hissasi tez o‘sib borgan.
Xalqaro savdoning muhim talablaridan biri ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatiga e’tibormng kattaligidir. Jahon andozalariga mos holda ishlab chiqarilgan tovarlargina ayovsiz raqobatlarga bardosh bera olishi mumkin. Boshqacha aytganda, jahonga mashhur «Soniy», «Xitachi», «Samsung», «Panasonik», «Adidas», «Mersedes-Benz», «Boing» kabi firma va kompaniyalar ishlab chiqarayotgan mahsulotlarining sifati va turlari shu kun talabiga mosligi tufayli doimo о`sishga etishmoqdalar. 
Jahon savdosi ham geografik xilma-xillikka ega. Bunda ikki yo'nalish ajralib turadi. Jahon bozorida qatnashadigan mintaqalar, davlatlar, ya’ni G‘arbiy Yevropa, Shimoliy Amerika, ayrim Sharqiy Osiyo mamlakatlari va boshqalar xalqaro savdoga, asosan, yuqori texnologiya asosida ishlab chiqarilgan turli ishlab chiqarish vositalari va aholi iste’mol buyumlari yetkazib bersa, Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasi mamlakatlari turli yoqilg'i, ma’dan kabi mineral boyliklari, xilma-xil qishloq xo'jalik mahsulotlaridan iborat xomashyo mahsulotlari chiqaradi. Ayniqsa, Fors qo'ltig'i mamlakatlari neft, Markaziy va Janubiy Afrika hamda Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari rangdor metall rudalari, Markaziy va Janubiy Amerika davlatlari tropik dehqonchilik mahsulotlari bilan jahon savdosida keng ishlirok etadilar.
Jahonning tashqi savdosida Xitoy, germaniya, AQSH kabi mamlakatlar yetakchilik qiladi. Jumladan, Xitoy 50 mingdan ortiq nomenklaturadagi tovarlarni eksport qiladi. U dunyoda avtomobillarni eksport qilish bo`yicha 1-o`rinni egallaydi (2012-y. 17 mln. mashina eksport qildi). AQSH avtomobillar (14 mln. dona), aerokosmik telekommunikatsion mahsulot, Germaniya kimyo mahsuloti, avtomobillar eksportida yetakchilik qiladi. Xuddi shunday fikrni boshqa rivojlangan davlatlar to`g`risida ham bildirish mumkin.
 O`zbekiston ham jahon savdo aloqalarida o`ziga munosib o`rinni egallashga harakat qilmoqda. Eng muhimi, mamlakatda keyingi yillarda xomashyo eksportidan tayyor mahsulot eksportiga harakat qilinmoqda va buy o`nalishda katta ijobiy o`zgarishlar yaqqol ko`zga tashlanadi. Mamlakatda eksport hajmi 2011-yilda 2010-yilga nisbatan 13023,4 mlrd. AQSH dollardan 15021,3 mlrd. AQSH dollariga ko`paydi yoki 115,3 foizga oshdi. Shu yil ichida paxta tolasini eksport qilish hissasi 12,1 foizdan 9,0 foizgacha qisqardi, mashina va uskunalarning eksporti esa 5,5 foizdan 6,6 foizgacha o`sdi. Umuman olganda davlat mustaqilligining keyingi 10 yili O`zbekistonning savdo aloqalarida ijobiy o`zgarishlarga boy bo`ldi. 
 Va, nihoyat, xalqaro iqtisodiy aloqalarning eng ommaviy yirik sohasi - xalqaro turizm. Bu soha rivojlanishi xalqaro doirada, ayniqsa, so'nggi o‘n yilliklar davrida o'zining eng yuqori ko'rsatkichlaijga erishdi. Xalqaro turizmda ishtirok etganlar soni 1950-yilda 25 mln. kishi bo'lgan bo`lsa, hozirgi vaqtga kelib bu ko'rsatkich 900 mln. kishidan oshib ketdi. Turizm mo'may daromad keltiradigan sohadir. Undan tushadigan yillik daromad miqdori jahon bo'yicha o'rtacha 850 mlrd. dollardan ortiqdir. Yildan-yilga jahonda turistlar soni va undan tushadigan daromad hajmi tez sur’atlar bilan o'sib bormoqda.
 Xalqaro turizm Yevropa mamlakatlarida har jihatdan taraqqiy etgan. Jahon turizmining 57 foizi ana shu qit’a hissasiga to'g'ri keladi. Bu ko'rsatkich Osiyoda 16%, Shimoliy Amerikada 8% va boshqa mamlakatlarda 19% ni tashkil qiladi. Xalqaro turizm rivojlanayotgan mamlakatlarda o`sib bormoqda. Ular hissasiga jahon turistlarining 17% i to'g'ri keladi. Tabiiy va tarixiy-madaniy rekreatsiya resurslari uyg'unlashib ketgan Ispaniya, Fransiya, Italiya, Gretsiya, AQSH kabi davlatlar xalqaro turizmdan eng katta daromad ko'rmoqdalar. Undan Kipr, Bar­bados, Bagam, Bermud, Seyshel orollari kabi «kurort orollari» ham asosiy daromadga ega bo'lmoqdalar. Ispaniya, Fransiya, Italiya, AQSHga yiliga o`rtacha 30-50 mln. nafar turistlar kelib-ketmoqda.
Jahon xо‘jaligini XX asr ikkinchi yarmidagi faoliyatining о‘ziga xos tomonlaridan biri xalqaro iqtisodiy munosabatlarning intensiv ravishda rivojlanishidir. Davlatlar, davlatlar guruhlari, iqtisodiy guruhlar, alohida firma va tashkilotlar о‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar kengaymoqda va chuqurlashmoqda. Bu jarayonlar xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashishida, xо‘jalik hayotining baynalmilallashuvida, ularning bir-biriga bog‘liqligida va yaqinlashuvida, mintaqaviy xalqaro tizimlarning rivojlanishi va mustahkamlanishida namoyon bо‘lmoqda.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar mexanizmi о‘z ichiga huquqiy normalarni va ularni amalga oshirish vositalarini (xalqaro iqtisodiy shartnomalar, kelishuvlar, «kodekslar», xartiyalar va h.k.), xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish maqsadlarini amalga oshirishga yо‘naltirilgan xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning faoliyatini oladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimiga quyidagilar kiradi:
1.Xalqaro mehnat taqsimoti.
2. Xalqaro tovar va xizmatlar savdosi.
3. Xalqaro kapital va xorijiy investitsiyalar harakati.
4. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi
5. Xalqaro valyuta-moliya va kredit munosabatlari.
Download 14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling