Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
XV BOB. TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN QISHLOQ X O„JALIK SUBYEKTLARINI KREDITLASH 1- §. Qishloq xo„jaligi subyektlarini kreditlashni tashkil qilish asoslari Mamlakatimizda iqtisodiyotning real sektorini, jumladan, qishloq x o‗jaligini rivojlantirishga katta e‘tibor berib kelinmoqda. Bu borada qishloq x o‗jaligi korxonalari va subyektlarining moliyaviy barqaror faoliyatini ta‘minlashda tijorat banklari kreditlaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. O‗z navbatida, tijorat banklari qishloq xo‗jaligi sohasi vakillarini moliyaviy q o‗llab-quvvatlash va ularning ishonchli hamkoriga aylanishga alohida e‘tibor bermoqda. Tijorat banklari tomonidan mijozlarga qishloq x o‗jaligini rivojlantirish maqsadida quyidagi kredit turlari taklif etilmoqda: - uzum, meva-sabzavotchilikka hamda poliz ekinlari yetishtirishni k o‗paytirish maqsadida shaxsiy-yordamchi, dehqon va fermer x o‗jaliklariga urug‗lik, ko‗chat, mineral o‗g‗it va o‗simliklarni himoya qilish b o‗yicha turli vositalarni sotib olish uchun mikrokreditlar; - sabzavot, kartoshka, poliz, meva va uzum mahsulotlarini xarid qilish, saqlash, ulgurji sotish va qayta ishlashga ixtisoslashgan tayyorlov tashkilotlari, shu jumladan, agrofirmalarga shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer x o‗jaliklari bilan tuzilgan shartnoma qiymatining 30 foizi miqdorida b o‗nak mablag‗lar ajratish uchun kredit; - hududlarda tovuqxonalar va muqobil yoqilg‗ilar asosida ishlaydigan issiqxonalar tashkil etishga, baliqchilik va asalarichilikni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun kreditlar; - chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‗paytirish maqsadida chorva mollari sonini hamda ularning mahsuldorligini oshirishga y o‗naltirilgan loyiha va tashabbuslarni moliyalashtirish uchun kreditlar; - qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‗yicha investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun kreditlar; - joylarda suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida tomchilab su g‗orish texnologiyalarini joriy etishni moliyalashtirishga ajratiladigan kreditlar; 482 - Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan parametrlarga binoan fermer va dehqon x o‗jaliklari tomonidan xo‗jalik uchun qishloq x o‗jaligi texnikalarini sotib olish kreditlar va qishloq xo‗jaligi korxonalarining ehtiyojidan kelib chiqib boshqa turdagi kreditlar berilitshi mumkin. Undan tashqari, tijorat banklari tomonidan qishloq x o‗jaligi korxonalariga meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash b o‗yicha mini-texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalar sotib olish uchun fermer x o‗jaliklariga imtiyozli kreditlar ajratiladi va lizing xizmatlari k o‗rsatiladi. Tijorat banklari tomonidan fermer x o‗jaliklarini kreditlashda fermer x o‗jaliklariga, shuningdek, yuridik shaxsni tashkil etgan dehqon x o‗jaliklariga qishloq xo‗jalik ishlab chiqarishini tashkil etishga oborot mabla g‗larini to‗ldirish uchun kreditlar kamida 2 yil muddatga beriladi, kichik biznesning barcha subyektlariga, shu jumladan, yuridik shaxsni tashkil etgan fermer va dehqon x o‗jaliklariga investitsiya loyihalarini moliyalash uchun kreditlar t o‗lash muddatini uzaytirish huquqisiz 5 yilgacha muddatga berilishi mumkin. Qishloq x o‗jalik faoliyati bilan bog‗lanmagan fermer va dehqon x o‗jaliklarining oborot mablag‗larini to‗ldirishga berilgan boshqa kreditlar b o‗yicha bu muddatni uzaytirish hisobga olingan holda ulardan foydalanishning eng k o‗p muddati 12 oy qilib belgilanadi. Qishloq x o‗jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishga mo‗ljallangan aylanma mabla g‗larni to‗ldirish uchun dehqon va fermer xo‗jaliklariga berilgan kreditlarni qaytarishning eng uzoq muddati, qaytarish muddatini uzaytirishni hisobga olgan holda, 30 oydan oshishi mumkin emas, fors-major holatlari bundan mustasno. Fermer va dehqon x o‗jaliklarining qishloq xo‗jaligi faoliyati bilan bog‗liq bo‗lmagan aylanma mabla g‗lari uchun berilgan boshqa kreditlar bo‗yicha ulardan foydalanish muddati, qaytarish muddatini uzaytirishni hisobga olgan holda, 12 oy etib belgilanadi. Imtiyozli kreditlar berish jam g‗armasi mabla g‗lari hisobidan kreditlar qarz oluvchilarga mahsulot yetishtirish (tamakichilik va alkogolli mahsulot ishlab chiqarishdan tashqari) bilan bo g‗liq bo‗lgan, amaldagi qonunchilik bilan taqiqlanmagan va quyidagilarni nazarda tutuvchi tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, rivojlantirish va kengaytirish uchun beriladi: a) ishlab chiqarish binolarini qurish, texnika bilan jihozlash va rekonstruktsiya qilish; b) mashinalar, asbob-uskunalar, jihozlar, inventarlar, uru g‗lik, mol va parrandalar sotib olish; 495 bo‗yicha foiz stavkalari moliya bozorlaridagi foiz stavkalardan juda past miqdorda bo‗ladi. Bunday kreditlar olish uchun: - fermer moliyaviy holati to‗g‗risida to‗liq va ishonchli ma‘lumot taqdim etishi; - olinadigan kredit va u bo‗yicha foizlarni shartnomada kelishilgan muddatda va summada qaytarib to‗lashi mumkinligini asoslashi lozim. 61-jadval Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling