Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
faktoring (international factoring)
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
faktoring
(international factoring) hisoblanadi. Faktoringning bu 504 turida eksportyor bank yoki faktoring kompaniya bilan global tsessiya shartnomasini tuzadi va eksportyorning barcha yoki ba‘zi importyorlaridan uning t o‗lovlarini undirish huquqini faktorga o‗tkazadi. Faktoringning u yoki bu turini q o‗llash mol sotib oluvchining pul mabla g‗lariga bo‗lgan ehtiyoji va banklarda bank resurslarining yetarliligiga, faktoring operatsiyaning risk darajasiga bo g‗liq. Shu va boshqa sabablardan kelib chiqib faktoringning qiymati, u b o‗yicha komission va foiz t o‗lovlarining miqdori past yoki yuqori bo‗lishi mumkin. 3- §. Faktoring xizmati bo„yicha shartnoma va uning tarkibi Dunyo amaliyotida faktoring xizmatlarining narxi 2 elementga bo g‗liq: 1) Xizmat k o‗rsatish uchun haq – komission to‗lov. U o‗rtacha schyot-faktura narxining 0,5 –3,0 %ini tashkil qiladi, ammo ba‘zi hollarda bu t o‗lov 5 %gacha ham boradi. 2) Berilgan kredit mabla g‗lari uchun haq – bankning kredit b o‗yicha foiz stavkasi. Uning miqdori mijoz tovar hujjatlarini bankka taqdim qilib, pul mabla g‗larini bankdan olgan kundan boshlab to mol sotib oluvchidan pul kelib tushishigacha b o‗lgan vaqt ichidagi mijozning kundalik debet saldosi miqdoriga qarab belgilanadi. Ushbu davr mijozning bank kreditidan foydalangan davri – kreditning muddati hisoblanadi. Faktoring xizmati mijoziga shartnoma asosida k o‗rsatiladi. Shartnomada, albatta, bankning mol yetkazib beruvchiga regress huquqi borligi yoki y o‗qligi ko‗rsatiladi. Regress huquqiga ega b o‗lgan shartnomada bank mol yetkazib beruvchiga bergan uning hujjatlarini t o‗lab berish bo‗yicha majburiyati va t o‗langan mablag‗larini qaytib olish huquqiga ega va, aksincha, regress huquqiga ega b o‗lmagan shartnomada bank to‗lanmaslik riskini o‗z zimmasiga oladi. Jahon amaliyotida faktoring operatsiyalari b o‗yicha chegaraviy summalarni belgilashning uch xil usuli mavjud: 1) Kreditlash limitini ajratish. Faktoring xizmati shartnomasida xizmatlarni k o‗rsatishning limit chegarasi belgilanadi. Agar MYB tomonidan t o‗lanadigan summa belgilangan limitdan oshib ketsa, bank mol yetkazib beruvchiga barcha q o‗shimcha mablag‗larni qaytarib berish huquqiga ega. Mol yetkazib beruvchi t o‗lovga qobiliyatsiz bo‗lsa, 505 u holda mol yetkazib beruvchining hisob vara g‗iga kelib tushadigan mabla g‗lar uning qarzdorlik summasi undirilgunga qadar bank hisobiga o‗tkaziladi. 2) Har oylik yuk j o‗natish limitini jo‗natish. Mol yetkazib beruvchi mijoz qarzining miqdoridan qat‘i nazar, shubhali qarzlardan su g‗urtalanadi. Limit hafta, oy, choraklarda belgilanishi mumkin. 3) Alohida shartnomalar b o‗yicha sug‗urta. Bu usul alohida holatlarda, katta summalarda shartnomalar imzolanganda q o‗llaniladi. Ba‘zi hollarda tomonlar aralashgan usullarni ham qo‗llashlari mumkin. Faktoring xizmati t o‗g‗risida bank mol yetkazib beruvchi bilan shartnoma imzolashdan oldin mol yetkazib beruvchi o‗z bankiga mol sotib oluvchining rekvizitlarini – to‗lovchining nomi va manzili, u bilan tuzilgan shartnoma shartlari, barcha qarzdorlik t o‗lovlari summasi va boshqa tur ma‘lumotlarni taqdim etadi. Barcha ma‘lumotlarni o‗rganib chiqib bank kelishuv shartlari t o‗g‗risida qaror qabul qiladi. Faktoring xizmatlari t o‗g‗risidagi shartnoma yoki kelishuv, odatda, 1–4 yilga tuziladi. Ochiq faktoringda shartnoma yoki kelishuv t o‗liq xizmat amalga oshirilishiga, yopiq faktoringda esa faqat hisob-kitob hujjatlari hisobini (diskontlashga) yuritishga tuziladi. T o‗liq xizmat ko‗rsatish to‗g‗risidagi shartnoma yoki kelishuv regress huquqi bilan tuziladi ( ma‘lum vaqtga, asosan, to‗lov muddatidan s o‗ng 90 kun), alohida holatlarda esa mol yetkazib beruvchi bankning ishonchini qozongan b o‗lsa, regress huquqi bo‗lmasligi ham mumkin. Davlatlararo savdo-sotiq qiladigan korxonalarga xizmat k o‗rsatishda eksport va import faktoringidan ham foydalaniladi. Faktoring kelishuvida faktoring turidan tashqari, shuningdek, quyidagilar k o‗rsatiladi: • sotib oluvchilar, taqdim etiladigan majburiyatlar; • taqdim etiladigan majburiyatlarning limit (nazorat) summasi; • avans miqdori; • ushlab qolishlar; • majburiyatlarni to‗lash muddatlari; • faktoring operatsiyalarini bajargani uchun to‗lov miqdori; • yetkazib beruvchi tomonidan olinadigan qo‗shimcha xizmatlar; • faktoring operatsiyalari bo‗yicha chegaraviy summa; • regress huquqi; • mol sotib oluvchi tomonidan to‗lovni amalga oshirishning oxirgi muddati; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling