Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
3- §. Tijorat banklari faoliyatida risklarni boshqarish. Banklar faoliyatida risklarni boshqarish risklarni minimallashtirish va oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bank risklarini boshqarishdan asosiy maqsad bankning aktiv va passivlarini boshqarishda bankning foydasi va uning likvidlilik hamda xavfsizligi o‗rtasidagi eng muqobil nisbatni ta‘minlash, ya‘ni risklar ta‘sirida yuzaga kelishi mumkin b o‗lgan yo‗qotishlarni minimallashtirishdan iborat. Risklarni samarali boshqarish bank faoliyatida yuzaga kelishi mumkin b o‗lgan ko‗p muammolarni hal qilishga yordam beradi. Risk darajasi turli sabab va omillarga qarab o‗zgarib turadi. Shu sabab banklar ham bozor munosabatlari, mijozlarning sifati, talabi va boshqalardan kelib chiqib o‗z aktivlari va passivlarining holati, bank xizmatlariga b o‗lgan talab va taklifdan kelib chiqib risklarni ham hisob- kitob qilib faoliyatini olib borishi kerak. Risklarni boshqarish jarayoni quyidagilarni o‗z ichiga oladi: risklarni oldindan k o‗ra bilish, ularning taxminiy hajmi va ta‘sirini aniqlash, risklarning oldini olish yoki ularni minimallashtirish b o‗yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish, ular ta‘sirida yuzaga kelishi mumkin b o‗lgan yo‗qotishlarning oldini olish v.b. Bu borada har bir bank 617 risklarni boshqarish sohasida o‗zining strategiyasiga ega bo‗lishi lozim. Agarda bank riskli operatsiyani amalga oshirishga qaror qilsa, u oldindan mazkur operatsiyada qanaqa risklar bo ‗lishi mumkinligini va ularni qaysi usullar bilan, qanday qilib boshqarishi mumkinligini ham bilishi lozim. Bizining respublikamizda tijorat banklari faoliyatida uchraydigan risklarni boshqarish b o‗yicha Markaziy bankning 2011-yil 25 mayda tasdiqlangan ―Tijorat banklarining bank tavakkalchiligini boshqarishiga nisbatan q o‗yiladigan talablar to‗g‗risida‖gi nizom talablari asosida olib boriladi. Bu hujjat Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining bank risklarini boshqarishiga q o‗yiladigan minimal talablar bayon etilgan va bank risklarini boshqarish deganda, bank o‗z faoliyatini yuritishi va bank operatsiyalarini o‗tkazishida paydo bo‗lishi mumkin b o‗lgan tavakkalchiliklarni aniqlash, ularning oldini olish, bartaraf etish, kamaytirish va k o‗rilishi mumkin bo‗lgan zararlarni boshqa moliyaviy vositalar orqali qoplash b o‗yicha bank tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar majmuyi tushunilishi belgilab berilgan. Respublikada tijorat banklari tomonidan ular faoliyatida yuzaga keladigan risklarni boshqarishdan asosiy maqsad - bank omonatchilari va kreditorlari, aksiyadorlari manfaatlarini himoya qilish, bank tavakkalchiliklarini kamaytirish, bartaraf etish va oldini olish hamda bank faoliyatining yetarli darajadagi barqarorligini ta‘minlashdan iborat. Risklarni boshqarishning quyidagi elemenlari mavjud: 1. Bank risklarini boshqarish b o‗yicha maxsus bo‗lim yoki boshqarmalar tashkil qilish. 2. Risklarni boshqarish strategiyasini ishlab chiqish. 3. Risklarni minimallashtirishga ta‘sir qiluvchi dastaglarni topish. 4. Risklarni tahlil qilish asosida qarorlar qabul qilish v.b. Ushbu elementlar O‗zbekiston Respublikasida faoliyat k o‗rsatayotgan banklar faoliyatida ham o‗z aksini topgan. Bank risklarini boshqarish sohasida tijorat banklari quyidagi talablarni amalga oshirishlari zarur: bank faoliyati va uning atrofidagi muhitning o‗ziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchi, aniq ifodalangan va hujjatlashtirilgan tavakkalchiliklarni boshqarish siyosatini ishlab chiqish; Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling