Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kontokorrent krediti
434 2- §. Kontokorrent hisob varaqdan kreditlash Chet el iqtisodiy adabiyotlarida kontokorrent krediti kreditning klassik turi sifatida tavsiflanadi. Kontokorrent krediti - bu kredit tashkiloti tomonidan milliy yoki chet el valyutasida beriladigan kredit b o‗lib, o‗rnatilgan kredit liniyasi doirasida, shartnomada kelishilgan maksimal summadan ortmagan miqdorda, mijoz tomonidan zarur hujjatlar taqdim qilinganda ajratiladi. Tushumlarni saldolash va mijoz hisob vara g‗idan to‗lovlarni amalga oshirish kredit t o‗lovlarining hisob-kitoblari bilan birgalikda bankning yagona hisob vara g‗ida shartnomada ko‗rsatilgan vaqt oraliqlarida amalga oshiriladi. Shuni ta‘kidlash lozimki, bank kontokorrent kreditini faqat barqaror, majburiyatlarini o‗z vaqtida bajara oladigan, bank bilan uzoq muddat davomida kredit munosabatlarida b o‗lgan va ular bo‗yicha masuliyatsizlikka y o‗l qo‗ymagan mijozlarga berishi mumkin. Bank mijozi juda k o‗p mol yetkazib beruvchi yoki mol sotib oluvchi sifatidagi hamkorlar bilan tijorat munosabatida b o‗ladi. Bu mijozda har vaqt turli miqdorda qarz majburiyatlari yoki talabnomalari hosil b o‗lishiga olib keladi. Bank mijozining to‗lov oborotini tezlashtirish uchun uning joriy talabnomalari va majburiyatlari b o‗yicha hisob-kitoblarni amalga oshirishni o‗z zimmasiga oladi. Buning uchun mijozning hisob-kitob vara g‗i yopilib, unga aktiv-passiv kontokorrent hisob vara g‗i ochiladi (ital. contocorrent). Bu hisobvarag‗ining kreditida har kungi barcha tushumlar va debetida mabla g‗larning sarflanishi (t o‗lanishi) hisobga olinadi. Lekin bunda mijozning majburiyatlari vaqtinchalik uning mabla g‗laridan yuqori bo‗lsa va salbiy qoldiqni qoplash uchun hisob vara g‗ida mablag‗ bo‗lmasa, mijoz bank bilan kontokorrent kreditining berilishi t o‗g‗risida shartnoma tuzadi. Bank amaliyotida bu kreditdan foydalanishning bir necha variantlari mavjud. Mijoz shartnomada kelishilgan summadagi kreditning hammasidan bir vaqtda foydalanishi yoki ehtiyoj yuzaga kelganda foydalanishi mumkin. Kontokorent b o‗yicha mijoz debet va kredit qoldiqlarga ega bo‗lishi mumkin. Hisob vara g‗idagi debet qoldiq mijozning joriy to‗lovlarni t o‗lashga pul mablag‗lari mavjud emasligidan dalolat beradi hamda unga bu jarayonlarni amalga oshirish uchun bank tomonidan kredit berilishi mumkin. Kredit qoldiq esa mijozning mabla g‗i barcha majburiyatlarini t o‗lashga yetarli ekanidan va uning bo‗sh mablag‗lari bank ixtiyorida ekanligini k o‗rsatadi. Bu hisob varag‗i bo‗yicha debet qoldiqda 447 ma‘lum daromadga ega bo‗lishi lozim. Iste‘mol krediti ko‗proq ijtimoiy ahamiyatga ega b o‗lganligi uchun aholining o‗z faoliyati natijasida olgan daromadlari, pensiya va boshqa daromadlarga ega b o‗lgan jismoniy shaxslar bu kreditdan foydalanishlari mumkin. Iste‘mol krediti olish uchun mijoz iste‘mol krediti beruvchi tashkilotga kredit buyurtmasini va o‗z daromadlari to‗g‗risidagi ma‘lumotlar ko‗rsatilgan boshqa hujjatlarni taqdim etadi. Kredit buyurtmasida iste‘molchining familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport ma‘lumotlari hamda yashash joyi, iste‘mol kreditining obyekti, muddati, iste‘molchining faoliyat turi va daromadlari, kredit ta‘minoti va boshqa ma‘lumotlar ko‗rsatiladi. Iste‘mol krediti beruvchi tashkilot kredit buyurtmasini olganidan s o‗ng iste‘molchining daromadlari yetarliligini va kredit tarixini o‗rganadi, kredit buyurtmasida bayon etilgan ma‘lumotlarning bir- biriga mos kelishini, xatolar va not o‗g‗ri ma‘lumotlar mavjud emasligi, iste‘mol krediti va u bo‗yicha foizlarni qaytarish imkoniyatlarini tahlil qiladi hamda kredit berish yoki kredit berishni rad qilish b o‗yicha qaror qabul qiladi. Kredit berish b o‗yicha ijobiy qaror qabul qilinganda, mijoz va iste‘mol kreditini beruvchi tashkilot o‗rtasida kredit shartnomasi imzolanadi. Shartnomada iste‘molchi va iste‘mol krediti beruvchi tashkilot, iste‘mol kreditining obyekti to‗g‗risida ma‘lumot, iste‘mol kreditining umumiy summasi, foiz stavkasi, kredit ta‘minoti, iste‘mol krediti berish hamda uning summasini qaytarish tartibi va muddatlari, iste‘mol krediti beruvchi tashkilot talab qilgan taqdirda, sotib olingan tovarning (ishning, xizmatning) qiymatini oldindan t o‗lash uchun b o‗nak miqdori, taraflarning huquq va majburiyatlari, shartnoma b o‗yicha majburiyatlar bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda taraflarning javobgarligi, shartnomaning amal qilish muddati, uni o‗zgartirish va bekor qilish tartibi va boshqa shartlar nazarda tutilishi mumkin. Shartnoma yozma shaklda tuziladi. Iste‘molchi tomonidan shartnoma bo‗yicha majburiyatlarning bajarilishi bank yoki su g‗urta tashkilotining kafolati, uchinchi shaxslarning kafilligi, mol-mulk va qimmatli qo g‗ozlar garovi, shu jumladan, garov depoziti, banklarning omonat sertifikatlari va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa usullar bilan ta‘minlanishi mumkin. Qarz oluvchi olinayotgan iste‘mol krediti ta‘minoti sifatida quyidagi ta‘minot turlarini taqdim etishi mumkin: 446 nazarda tutilgan hollarda qarz oluvchining asosiy va ikkilamchi depozit hisob varaqlaridagi mabla g‗lar hisobidan aktseptsiz tartibda undirib olishga haqlidir. Berilgan kreditlardan boshqa maqsadlarda foydalanish holatlari aniqlangan taqdirda bank revolver kreditning maqsadga muvofiq holda foydalanilmagan qismini qarz oluvchining hisob varaqlaridan kredit shartnomasida nazarda tutilgan hollarda aktseptsiz tartibda muddatidan oldin undirib olishga haqlidir. Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling