Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
Quyidagi tayanch s
o„zlarga ta‟rif bering Faktoring Faktor Ochiq va yopiq (cheklangan) faktoring Regress huquqi Lizing Lizing obyekti Lizing subyekti Lizing qiymati Xalqoro lizing O„z bilimini tekshirish uchun savollar - Faktoringning mohiyati, zarurligi va turlari. - Tijorat banki faktoring operatsiyalarining ahamiyati. - Ichki va xalqaro faktoring nima? - Faktoring xizmati bo‗yicha shartnoma va uning tarkibini tushunti- ring. - Tijorat banklarida faktoring operatsiyalarini o‗tkazish tartibi qaysi bosqichlarni o‗z ichiga oladi? - Tijorat banklarining lizing operatsiyalari va ularning turlarini izohlang. - Lizingning ijobiy tomonlari, ahamiyatini izohlang. - Lizing, faktoringning bir-biridan farqi, ijobiy tomonlarini ayting. 526 kamaytiradi. Ikkinchidan, lizingga berilgan mol-mulk bank balansida hisobga olinadi, lizing oluvchi korxona balansi likvidliligini saqlashga imkon beradi. Uchinchidan, lizing korxonaga asosiy fondlarni olish va ulardan foydalanishni boshlash imkoniyatini yaratadi va bunda oborotdan pul jalb qilinmaydi, lizing uchun t o‗lov esa lizingga berilgan asbob uskunalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar realizatsiyasidan tushum b o‗yicha hisoblanadi. To‗rtinchidan,lizing oluvchilar yangi texnika-texnologiyalarga ega b o‗ladilar, ishlab chiqarish hajmi va samaradorligi oshadi, subyektning moliyaviy ahvoli yaxshilanadi. Beshinchidan, lizing t o‗lovlari uskunalar o‗rnatilib, sozlash ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirilgandan keyingina t o‗lay boshlanadi, bunda lizing oluvchi t o‗lovni lizingga olingan uskunalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar realizatsiyasidan tushgan mabla g‗lardan amalga oshirish imkoniyatiga ega b o‗ladi. Ayrim hollarda, kelishuvga ko‗ra lizing beruvchi lizingga berilgan uskunalarga texnik xizmat k o‗rsatish va ta‘mirlash majburiyatini o‗z zimmasiga olishi mumkin. Oltinchidan, lizing oluvchi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotni sotishni k o‗zda tutgan holda, kapital qo‗yilmalarni moliyalash bo‗yicha o‗z xarajatlarini nazoratga olish imkoniyatiga ega bo‗ladi, chunki lizing t o‗lovlari lizing oluvchining imkoniyatlari va xohishlarini e‘tiborga olingan maxsus ishlab chiqarilgan jadval b o‗yicha amalga oshiriladi. Yettinchidan, lizing oluvchi lizing muddati davomida lizingga olingan uskunalar uchun mulk soli g‗ini to‗lamaydi va lizing muddati tugagach, uskunalarni ham qoldiq qiymati b o‗yicha, eskirish miqdorini chegirib tashlagan holda o ‗z balansiga qabul qiladi. Sakkizinchidan, yuqorida ta‘kidlaganimizdek, lizing oluvchi t o‗laydigan lizing to‗lovlari qo‗shimcha qiymat solig‗iga tortilmaydi. Lizing oluvchi daromadining soliqqa tortiladigan bazasini belgilashda yalpi daromaddan lizingga olingan asosiy vositalarning amortizatsiya t o‗lovlari summasi, lizing bo‗yicha foizlar chegirib tashlanadi. Bank uchun lizing qulay faoliyat hisoblanib, unda nafaqat t o‗lov ta‘minoti kafolatlangan, balki asbob-uskunalarni o‗zi shu davrdagi joriy operatsiyalar b o‗yicha garov bo‗lib xizmat qiladi, lizing shartnomasi shartlari bajarilmaganda esa o‗ziga qaytarib olishi mumkin bo‗ladi. Bu bank faoliyatida yuzaga kelishi mumkin b o‗lgan risklarni kamaytiradi. Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling