Jahongir Husanov
Download 351.8 Kb. Pdf ko'rish
|
09. Nomenklatura JHF
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Tarixiy ( trivial, tasodifiy) nomenklatura.
- 3. Sistematik nomenklatura.
- Sistematik nomenklatura bo’yicha nomlashda quyidagi qoidalarga qat’iy ravishda, ketma – ketlik bo’ylab amal qilish lozim
- Zanjirni raqamlashda quyidagilarga amal qilish lozim
- Jahongir Husanov Diamond_Kimyo kanali
- Diamond_Kimyo
Jahongir Husanov
Nomenklatura
Moddalarning nomi asosan 3 xil usul bilan ifodalanadi. 1. Tarixiy ( trivial, tasodifiy) nomenklatura. Tarixiy nom – moddaning kelib chiqishiga qarab, uning tabiatda uchrashi, rangi, ta`mi va boshqa xususiyatlari, olingan manba va kashf qilgan olim nomiga qo`yiladi. Masalan: chumoli kislota HCOOH – chumolidan olingan, shovul kislotasi HOOC–COOH – shovul o’simligi bargida uchraydi, glitsin NH 2 CH
–COOH – shirin degan ma’noni anglatadi, chunki glitsinning ta’mi shirin bo’ladi va h.k
fikrlash degani) qo’llanilgan. Ratsional nomenklatura bo’yicha nomlashda organik moddalani biror bir qismi o’zak qilib olinadi va uni gomologlari uning hosilalari deb qaraladi. M; alkanlar metanni xosilalari deb qarash mumkin.
Ratsional nomenklaturada organik birikmaning necha xil radikallardan tuzilganligi aniqlanadi. Ammo gomologik qatorda uglerod atomlari soni ortishi bilan izomerlar sonining ortishi ularni ratsional nomenklatura bilan atashni murakkablashtiradi. Shuning uchun ratsional nomenklatura sistematik nomenklaturaga almashgan.
qilinganligi tufayli Jeneva nomenklaturasi ham deyiladi. Bu nomenklatura keyinchalik 1960 – yilda qayta ishlangan va takomillashtirilgan va Xalqaro nomenklatura nomi berilgan. (IUPAC (IYuPAK) – International of pure Applied Chemistry. Sofa va Amaliy kimyo Xalqaro ittifoqi) Bu nomenklatura hozirgi kunda sistematik
Jahongir Husanov
Sistematik nomenklatura bo’yicha nomlashda quyidagi qoidalarga qat’iy ravishda, ketma – ketlik bo’ylab amal qilish lozim
Bosqich Izoh I
Modda nomini hosil qilish 1) Agar modda izomerlarga ega bo’lmasa uning shunchaki nomini aytish yetarli 2) Agar modda izomerga ega bo’lsa, lekin tarmoqlanmagan to’g’ri zanjirli bo’lsa modda nomi oldidan
normal so’zi qo’shib o’qiladi va yozuvda modda oldidan n– belgisi qo’yiladi 3) Agar zanjir tarmoqlangan bo’lsa, avval asosiy zanjir tanlanadi va raqamlanadi, va quyidagilar birin–ketin aytiladi. (yoki yoziladi) a) avval radikallar nomi aytiladi. Ularning joylashgan o’rni raqam bilan ko’rsatiladi. b) So’ngra asosiy zanjirga to’g’ri keluvchi modda nomi aytiladi c) va molekulada o’rni o’zgaruvchi funksional guruh bo’lsa, uning tegishli qo’shimchasi qo’shilib, joylashgan o’rni raqam bilan ko’rsatiladi 4) Bir xil o’rinbosarlar soni bir nechta bo’lsa ularning miqdori yunon raqamlari bilan ifodalanadi: Masalan: 1 ta bo’lsa mono (odatda aytilmaydi), 2 ta bo’lsa di ,
ta bo’lsa
ta bo’lsa
,
5 ta bo’lsa penta va h.k.
II
Dastlab asoziy zanjir aniqlanadi Asosiy zanjir tanlashda quyidagilarga amal qilish lozim 1) Asosiy zanjir tegishli funksional guruhni (agar bor bo’lsa) o’z tarkibida tutishi lozim 2) Asosiy zanjir eng uzun bo’lishi lozim 3) Agar uzunligi bir xil bo’lgan bir necha xil uzun zanjir topilsa ular orasidan eng ko’p tarmoqlangani tanlanadi
III
Tanlab
olingan asosiy zanjir raqamlanadi
1) Agar molekula tarkibida – COOH – CHO – CN – COGal – CONH 2
kabi funksional guruhlar mavjud bo’lsa, bu funksional guruh tarkibidagi uglerod atomiga 1 raqami
beriladi va zanjirni raqamlash ushbu uglerod atomidan boshlanadi 2) Agar molekula yuqoridagilardan boshqa funksional guruh tutsa, zanjirni raqamlash ushbu funksional guruh yaqin tomondan boshlanadi. 3) Agar molekula tarkibida funksional guruh tutmasa (alkanlar) yoki funksional guruh zanjirning o’rtasida joylashgan bo’lsa yoki
raqamini oluvchi funksional guruhlar zanjirning ikki boshida joylashgan bo’lsa zanjirni raqamlash radikalning holatiga qarab aniqlanadi. Bunda: 4) Zanjirni raqamlash radikal yaqin turgan tomondan boshlanadi 5) Agarda zanjirning turli boshidan bir xil masofada joylashgan ikki xil radikal bo`lsa, sodda radikal yaqin turgan tomondan raqamlanadi. 6) Zanjirning turli boshidan bir xil masofada joylashgan radikallar bir xil bo`lib, bir tomonda 2 ta, bir tomonda 1 ta bo`lsa 2 talik tomondan raqamlanadi. 7) Zanjirning turli boshidan bir xil masofada joylashgan radikallar bir xil bo`lib, miqdori ham bir xil bo’lsa, undan keyingi joylashgan radikallarga qaraladi. (Yuqoridagi 4, 5, 6, 7 – tartib bo’yicha) 8) Agar boshqa radikal bo’lmasa yoki bir xillik davom etsa zanjirni qay tomondan raqamlashning ahamiyati yo’q 9) Turli xil funksional guruh tutgan birikmalarni nomlashda katta funksional guruh asosiy qilib tanlanadi va qolgan funksional guruhlar o’rinbosar sifatida qaraladi. 10) Funksional guruhlarning katta kichikligini aniqlashda quyidagi ketma – ketlikka amal qilish lozim –R
–Gal → = → ≡ → –OH → –NO 2
→ –NH 2
→ –CO–
→ –CHO
→ –COX
→ –COOH
Diamond_Kimyo_kanali'>Jahongir Husanov
@Jahongirkimyo
Telegram manzilimiz Diamond_Kimyo kanali.
Kanalimiz linki @DTMkimyoJHF Diamond_Kimyo kanaliga a’zo bo’ling va bundanda ko’prog’iga birinchilardan bo’lib ega bo’ling. Biz bilan mukammallikka erishing. Download 351.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling