Jaliklar uchun suvdan foydalanish rejasini tuzish zaruriyati
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
aOAsd4WDPPJkmdszAuN0mk3nrBwQSVgPHDwVJNZH
XVIII. XO’JALIKLAR UCHUN SUVDAN FOYDALANISH REJASINI TUZISH ZARURIYATI 18.1. Dexqon, fermer xo’jaliklari va suv iste’molchilari uyushmalari Er resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish o’z navbatida suv resurslaridan foydalanish holatiga bevosita bog’liqdir. CHunki mamlakatimiz qishloq xo’jaligida yetishtirilayotgan mahsulotning 90 foizidan ortig’i sug’oriladigan yerlar hissasiga to’g’ri keladi. Xozirgi vaqtda suv iste’molchilari uyushmalari tuman suv xo’jaligi organlaridan keyingi iste’molchilarni suv bilan ta’minlovchi yagona xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’lib qolmoqda. Suv iste’molchilari uyushmalarilar qishloq xo’jaligi korxonalari hududida o’zaro suv xo’jaligi munosabatlarini tartibga solib borishni ta’minlash uchun tashkil qilingan. Ular tuman suv xo’jaligi idoralari bilan kelishgan holda ichki sug’orish tizimi bo’yicha suvdan foydalanuvchilar ta’sis yig’ilishi qaroriga ko’ra tashkil etiladi. Uyushma a’zosi bo’lmaganlarning suvdan foydalanishi bo’yicha xuquqiy tuman qishloq va suv xo’jaligi bo’limlari tomonidan himoya qilinadi. Suv iste’molchilari uyushmalari balanasos stantsiyasi iga hududda joylashgan sug’orish ariqlari va zovur tarmoqlari kiritilgan bo’lib, ularni tozalash, ta’mirlash, yangilarini qurish hamda doimo ishga yaroqli holda saqlash, iste’molchilarni suv bilan ta’minlash vazifalarini bajaradi va shuning evaziga ta’sischi fermer xo’jaliklari tomonidan moliyaviy mablag’lar bilan ta’minlanadi. Suv iste’molchilari uyushmalari rahbariyati fermerlarni o’z ish rejalari bilan doimo tanishtirib boradi. Bu esa suv iste’molchilari uyushmalarini kelgusidagi ish faoliyati uchun zarur bo’lgan moliyaviy mablag’lar hajmini aniqlab olishga asos bo’ladi. Fermer xo’jaliklari suv iste’molchilari uyushmalari bilan shartnoma tuzayotgan yillik badal to’lovi ana shu yillik ish rejasiga asosan belgilanadi. Suv iste’molchilari uyushmalari ta’sischilar tomonidan moliyalashtirilishi sababli ularning oldida ko’plab muammolar paydo bo’lmoqda. Bu muammolardan biri a’zolik badallarining vaqtida to’lanmayotganliklaridir. Buning natijasida suv iste’molchilari uyushmalarilar moliyaviy qiyinchilikka uchrab, bajarilishi rejalashtirilgan ishlarning kechikishiga yoki umuman bajarilmasdan qolish holatlari yuz bermoqda. Bundan faqat suv iste’molchilari uyushmalari emas, balki ta’sischi fermerlarning o’zlari katta zarar ko’rishmoqda. Ko’pgina joylarda istemol’chilarni suv ta’minotidan qoniqmasligi badal to’lovlarini o’z vaqtida to’lanmasligiga sabab bo’lmoqda. Xozirgi vaqtda suv iste’molchilari uyushmalarilar sarflaydigan barcha xarajatlarini hisoblab bir gektar yerga to’g’ri keladigan badal miqdorini belgilashadi. Unga asosan barcha iste’molchilar suv ta’minotini qanday bo’lishidan qat’iy nazar bir hil badal to’lashadi. Yuqori unumdorlikka ega bo’lgan yer maydonlariga to’lov miqdorida tafovut bo’lganligi singari suv ta’minotidagi farqlarga ham e’tibor bergan holda suv ta’minoti uchun to’lovni belgilash zarur. Buning uchun birinchi navbatda qilinadigan vazifalarga hududdagi yer maydonlarini suv bilan ta’minlash imkoniyatini guruhlarga bo’lib chiqish kerak, ya’ni suv ta’minoti yaxshi, o’rtacha, o’rtachadan past va yomon bo’lgan guruhlarga bo’lib suvga to’lanadigan badalni ham shu ko’rsatkichlarga asoslanib bilgilash kerak. SHunda suvdan foydalanuvchilar o’rtasida adolat o’rnatiladi. Suv ta’minoti guruhlarga bo’linganda badal to’lovi hamma uchun bir hilda bo’lmaydi. Suv ta’minoti yaxshi bo’lgan yer egalari boshqa yerlarga nisbatan yuqori daromad olish imkoniyatlariga ega ekanligi sababli ularning to’laydigan badal miqdorini ham boshqalarga nisbatan ko’proq qilib belgilash kerak, bunda yerning unumdorligini, ekiladigan ekin turlari hamda bir gektar yerdan olinishi mumkin bo’lgan daromad ko’rsatkichlari asos qilib olinadi. Suv iste’molchilari uyushmalarining oldida turgan yana bir katta muammo – bu barcha iste’molchilarni vegetatsiya davrida suv bilan bir xilda ta’minlanishning iloji bo’lmayotganligidir. suv iste’molchilari uyushmalariga shu xududda rejalashtirilgan ekin turlari va hajmiga qarab limit beriladi. shunga asosan iste’molchilarga suv grafoydali ish koeffitsiyent asosida taqsimlanadi, ammo suv iste’molchilari uyushmalari xodimlari soni kam bo’lganligi uchun suvdan foydalanish holatini nazorat qilish imkoniyatiga ega emaslar, bu nazoratni yo’lga qo’yish uchun barcha iste’molchilarni suv o’lchagichlar bilan ta’minlash kerak. suv o’lchagich qo’ymagan iste’molchilarga katta jarima solish orqali bu muammoni hal etish mumkin. iste’molchilarga har bir ortiqcha ishlatgan suv miqdoriga qarab bir necha o’n barobar to’lovni belgilab bu summani undirib olish yo’lga qo’yilsa suv ta’minoti yaxshilanishi bir qatorda bu resurslarni ancha tejash imkoniyati tug’iladi. Ko’pgina joylarda dehqon xo’jaliklari va aholi suv iste’molchilari uyushmalari bilan shartnoma tuzmaydi, ammo ayrim joylarda iste’mol qilinayotgan suvning 30-40 foizi ularning hissasiga to’g’ri keladi. Bunday xo’jaliklarni suvga bo’lgan alabini aniqlash mexanizmining yo’qligi tufayli ular uchun limit olmaydi, natijada suv tanqisligi yuzaga keladi. Shartnomasiz suv olayotgan iste’molchilarning ko’payishi hamda suvchilarning e’tiborsizligi dalalarni suv bilan ta’minlashga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bu muammoni hal etish uchun joylardagi mahalla raislari yordamida dehqon xo’jaliklari va aholini sug’orish suviga bo’lgan talabi o’rganilib ular uchun qo’shimcha limit olishni yo’lga qo’yish zarur. Qishloq xo’jaligi korxonalari yetkazib bnrilgan har bir kub metr suv uchun to’lov harajatlarini to’g’ridan-to’g’ri yetishtirilayotgan mahsulot tannarxiga, ekinga yil davomida sarflangan suv sarfi kubometriga mutanosib ravishda olib borilishi maqsadga muofiqdir. Umuman, suv iste’molchilari uyushmalari va suv iste’molchilari o’rtasidagi suv yetkazib berish bo’yicha o’zaro munosabatlar va to’lov mexanizmini takomillashtirish suvdan samarali foydalanishning asosiy omili hisoblanadi. Respublikamizda tabiiy va moddiy resurslardan oqilona foydalanish yuzasidan qator chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Xususan, “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturiga ko’ra “Fermer xo’jaliklari to’g’risida”, “Dehqon xo’jaligi to’g’risida”, “Suv va suvdan foydalanish to’g’risida”gi qonunlarga fermer xo’jaliklariga berilgan yer maydonlari hajmini muqobillashtirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va yer – suv resurslaridan foydalanish bo’yicha javobgarlikni oshirishni ko’zda tutuvchi o’zgartirishlar kiritish chora- tadbirlari belgilangan. Unda sarflanadigan mablag’lar va ularning moliyaviy manbalari ko’rsatib o’tilgan. Xususan, Davlat dasturiga ko’ra, sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo’yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Suvdan foydalanuvchilar uyushmasi, Fermer xo’jaliklari uyushmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jumladan ularga 130 ta ekskavator, 30 ta bul’dozer va melioratsiya mashinalari yetkazib berish. 12234 km magstral, tumanlararo va xo’jaliklararo kollektorlarni va 2828 km yopiq, gorizontal va vertikal drenajlar qurish, qayta tiklash va ta’mirlash; 3006 ta tik drenaj va sug’orish quduqlarini tiklash, ta’mirlash va qayta qurish; irrigatsiya inshootlarini (kanallar, suv omborlari, gidrotexnik inshootlar) ta’mirlash; 68 ta meliorativ nasos stantsiyasi 458 ta kuzatish tarmog’i, 4472 ta gidrotexnik qurilma, 5250 ta gidropost, 2710 ta nasos agregatlarini ta’mirlash va qayta tiklash; 4639 km kanal, 305 mln.kub metr suv omborlarini qurish va qayta ta’mirlash 2009-2020 yillarga mo’ljallangan tomchilab sug’orish dasturini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish uchun jami 213,4 mlrd so’m (142,5 mln.dollar) sarflanishi rejalashtirilgan. Joriy yilda Respublika bo’yicha 3710 ga maydonga tomchilanib sug’orish texnologiyasi qo’llaniladi. Bu tadbirlarning amalga oshirilishi pirovardida qator muammolarning bartaraf etishga xususan suv iste’molchilari uyushmalarini rivojlantirishning huquqiy va iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishga xizmat qiladi. SHunda suvdan foydalanish samaradorligi yanada oshadi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi ko’plab resurslardan foydalanish jarayoni bilan bevosita bog’liq. Bunda yer va suv resurslari muhim ahamiyatga ega. Respublikamizda yer munosabatlarini isloh qilish borasida yaxshi natijalarga erishildi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasining yer kodeksi va “Er kadastri to’g’risida”gi qonuni doirasida yerdan samarali foydalanish madaniyatini shakllantirishni yo’lga qo’yish imkoniyati yaratildi. Agrar tarmoqda bozor munosabatlarini rivojlantirish, eng avvalo mahsulot yetishtiruvchi dehqonning moddiy manfaati va faoliyati yuritishning iqtisodiy erkinlikning ta’minlash orqali resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish yo’nalishdagi maqsad emas, balki vosita hisoblanadi. Ushbu vositaga extiyoj zamirida esa respublikamiz axolisini ichki imkoniyatlar hisobiga sifatli va nisbatan arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan yetarli darajada ta’mirlash, qishloq xo’jaligida ishlayotganlarning daromadini oshirish hisobiga munosib turmush sharoiti yaratish kabi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yotadi. Respublikamizda qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlar keskin chegaralangan va axoli soni tez sur’atlarda ko’paymoqda. Axoli sonining ko’payishi qishloq xo’jaligi maxsulotlariga bo’lgan ta’labining ortishiga sabab bo’ladi, boshqa tamondan esa qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlarning aholiga uy-joy qurish uchun ajratilishi, sanoat va ijtimoiy soha ob’ektlarini barpo etish uchun band qilinishi, yer resurslarining nisbiy kamayishiga olib kelmoqda. Xususan, statistik raqamlarga e’tibor beradigan bo’lsa, respublikamizda 1990 yil 1 yanvar xolatiga jami 33167,8 ming gektar qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar mavjud bo’lgan bo’lsa, 2008 yilning 1 yanvar xolatiga esa uning miqdori 22259,2 ming gektarga tushib qolgan yoki 32,9 foiz kamaygan. Sug’oriladigan ekin yerlari eng qimmatli va muxofazaga muxtoj bo’lgan qism hisoblanadi. Agarda uning miqdori 1990 yilda 3407,3 ming gektarni tashkil etgan bo’lsa, 2008 yilga kelib bu ko’rsatkich 3310,7 ming gektardan iborat bo’lgan yoki 96,6 ming gektarga kamaygan. Bu qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlardan unumli foydalanishni dolzarb vazifaga aylantiradi. Shu boisdan qishloq xo’jaligi korxonalarida yer-suv resurslaridan samarali foydalanish, ekin maydonlari va suv sarfi miqdori hisobidan maksimal darajada foyda olishni ta’min etuvchi iqtisodiy mexanizmlarni joriy etish muhim ahamiyatga ega. Yana bir muhim masala borki, bu respublikamiz qishloq xo’jaligida yerdan foydalanish suv bilan bevosita bog’liqligidir. O’zbekistonda asosiy dexqonchilik sug’oriladigan yerlarda amalga oshirish ya’ni, qishloq xo’jaligi mahsulotlarining katta qismi sug’oriladigan yerlarda yetishtiriladi va ayni paytda suv resurslarining o’ta tanqisligi vaziyati mavjud. Suv resurslari shakllanishi manbai, sug’orish inshootlari, irrigatsiya va melioratsiya tizimining xususiyatlarini hisobga olgan holda qishloq xo’jaligida turli xo’jalik yuritish shaklidagi korxonalar faoliyat ko’rsatishga va asosiy maxsulot nodavlat mulkchiligi asosida faoliyat yurituvchi sub’ektlar tomonidan yetishtirilishiga qaramay, suv resurslari va sug’orish inshootlarini xususiy mulk sifatida taqsimlash imkoniyatining yo’qligi sababli davlat mulkchiligi joriy etilgan. Qishloq xo’jaligi yerlarining tuproq unumdorligini saqlab qolish va oshirishning eng samarali va ekologik toza usuli – bu almashlab ekish tizimi sanaladi. Bunda ozuqa ekinlarining joy olishi chorvachilik tarmog’ini ham saqlashni talab qiladi. Bu esa o’z o’rnida tuproq unumdorligini yaxshilashga xizmat qiluvchi mahalliy o’g’it ishlab chiqarishga zamin yaratadi. Kelajakda yerlardan foydalanish yo’nalishlaridan biri – bu tuproqni va atrof- muxitni asrash muammosi ekanligini e’tiborga olish lozim. Erlarning mexanik tarkibini buzilishi va natijada ekinlar xosildorligi kamayishida yerga ishlov berish texnologiyalari va texnikalar tizimining ham o’rni beqiyos. Bugungi kunda rivojlangan davlatlarda tuproq unumdorligini saqlab qolish maqsadida texnika bilan yerga eng kam ishlov berish texnologiyalari keng qo’llanilmoqda. Buning iqtisodiy tomoni ham mavjud bo’lib, yerga minemal ishlov berish texnologiyasi qishloq xo’jaligi texnikalari yonilg’i-moylash materiallari baxolari tez sur’atlar bilan o’sib borayotgan paytda qishloq xo’jaligi mahsulotlari tannarxini kamaytirishning muhim zaxirasi hisoblanadi. Ekinlarni oqilona joylashtirish iqtisodiy samaradorlikning oshishidagi muhim omil bo’lishi bilan birgalikda, tuproq unumdorligini saqlab qolishga bilvosita ta’sir ko’rsatadi. yer va suv resurslaridan samarali foydalanishni yo’lga qo’yish masalasiga nafaqat iqtisodiy, balki mamlakat doirasidagi ijtimoiy-iqtisodiy masala sifatida yondashish davr talabidir. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling