Jalil rahmat


Odamiylik – oddiylikda (F. Xolov xotirasiga)


Download 0.5 Mb.
bet33/55
Sana15.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1480191
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   55
Bog'liq
Munisaning munchog\'i

03.05.2009.
Odamiylik – oddiylikda
(F. Xolov xotirasiga)

Fayziddin Xolov 1958-yilda Jondor tuman Dalmun qishlog`ida tug`ildi. 30 yilga yaqin vaqt mobaynida viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida bo`lim boshlig`i vazifasida ishlab, o`z bilim, tajriba va yurak mehri bilan ming-minglab bemorlar dardiga malham, ruhiga madad bo`lib keldi. Umrining so`nggi soatlarida Fayziddin aka bilan kechgan suhbatim va kutilmagan tasodiflarni oq qog`ozda aks ettirishga harakat qildim.


I
“Bu dunyo o`tkinchi” iborasiga ko`nikib va ishonib qolganmiz. Aslida-chi, ...

Dunyo emas, bizlar o`tkinchi,


Nur chehra gul yuzlar o`tkinchi,
Tuproq uzra bir-bir chizilgan,
Katta-kichik izlar o`tkinchi.

Kichkina bir irmoqda goh sokin, goh toshlarga urilib oqayotganimizni, “O`tkinchi dunyo” esa joyidan jilmay, mustahkam va mag`rur holda, bizni kulibgina kuzatayotganini xayolimizga ham keltirolmaymiz.


Turmush tashvishlaridan charchab, shifoxonada davolanishimga to`g`ri kelib qoldi. Kundalik muolaja va muomaladan ko`nglim yuksalib, ruhim tetik bo`la boshladi. Fayziddin aka bilan deyarli har kun dildan suhbat qurish odatga aylandi.
2009-yil, 25-noyabr. Tushlik payti. Muborak Qurbon hayiti arafasi. Navbatdagi suhbatimiz odamlar orasidagi mehr oqibat, dardingni eshitib tushina oladigan kishilaring kun sayin kamayib borayotgani to`g`risida kechar ekan, Fayziddin aka shunday dedi:
Shoirsan-ku, aytganlarim fikr qil,
Ko`ngli yarim bo`lsang ham, ming shukr qil.

Aslida dil-bag`ri butun o`zi yo`q,


Bo`lsa ham gap tuzi yo`q, qalb ko`zi yo`q.

Tegirmonning ham bo`lar o`z navbati,


Tatib ko`rar har kim o`lim sharbatin.

Bu dunyo bir og`irkarvon, besabr,


Harkim tushar bekatiga birma-bir.

Shifo tilab ma’yus ko`zlar jovdirar,


Necha nihol yaproq to`kib, qovjirar.

Dilda dardim, vujudim dard ichida,


Jonim titrar sarg`aygan barg uchida.

Yuragimni anglab yetar odam yo`q,


Holim so`rab yararga bir hotam yo`q.

Shoirsan-ku qoldirmay yoz gaplarim,


Betoqatdir bo`g`zimda jon kaptarim.


I I
2009-yil, 26-noyabr. Erta tong. Kechagi suhbat ta`sirida, 2005-yilda nashrdan chiqqan “Ro`shno hislar” kitobimni hadya etish istagi tug`ildi. Dastxat bitdim. Aniqrog`i men aytib turdim qizim yozdi.
“Hamisha el dardi bilan sherik shifokor F. Xolovga! Uzun va sermazmun umr, omonlik va oilaviy saodat, farzandlar kamolini tilab qolaman”
So`nggi kungi muolajani olish uchun shifoxonaga shoshildim.

Tongda turib, tilla rangda tilаk yozdim,


Kulib turib, ko`k novdada kurtak yozdim,
Yana yuz yil yashagudek yurak yozdim,
Subh zavqidan diydortalab dilni xushlab.

Shifoxona ostonasida qulog`imga chalingan mash’um xabardan bir qalqib, hushimni yo`qotdim. “Fayziddin Xolov kecha tunda avtohalokatga uchrab, vafot etibdi”...


Dastxatdagi tilakka darz ketti nogoh,
Butun umri buyuk bir dars – ketdi nogoh,
Omonat jon Оllohdan qarz ketti nogoh,
Qolaverdim kitobimni qo`lda ushlab.

Ajal degan ajratmaskan yaxshi-yomon,


Ajdarmi u, oh bunchalar nafsi yomon,
Yer aylanar, og`ar yetti qavat osmon,
Qolaverdim muallaqda ko`ksim mushtlab.

Tongda turib shomda yo`qmiz, bu qanday sir,


Otilgan bir daydi o`qmiz, bu qanday sir,
Vujud loshu quloqlar kar, ko`zlar basir,
Qolaverdim lolu hayron tilni tishlab.


I I I
Yuraklarni endigina tutashtirgan hamdardlik rishtasi hafta o`tmay uzildi. Fayziddin aka ehtimol yillar davomida ko`ksida yig`ilib, kunsayin tog`dek yuksalib, og`irlashib borayotgan dardini Alloh amri bilan eng so`nggi bor menga bo`shatgan, shundagina ruhi yengil tortib, Alloh panohiga shaylangan bo`lsa, ne ajab...

Beg`ubor do`st, beozor do`st, bedor do`st,


El dardiga yarim sherik bemor do`st,
Mehr ila jilmaydi-yu bir bor do`st,
Lahza o`tmay g`oyib ketdi, Xudoyo.

Dil ayvoni gul naqshini topganda,


Ruh ravoni oy aksini topganda,
Tulpor oti manzil sari chopganda,
Yo`l yarmida toyib ketdi, Xudoyo.

Vujudimiz quruq bir cho`p ko`rdingmi,


Quruq cho`pga berganing ko`p ko`rdingmi,
Ekkaning kech-erta demay o`rdingmi,
Qaro yer am boyib ketdi, Xudoyo.

Zil zambilcha og`ir yurak nidosi,


Gul jambilcha go`zal edi dunyosi,
Yog`ilsa ham ellik yil el duosi,
U o`zingni suyib ketdi, Xudoyo.

* * *
Yaxshi odam ko`p yashashi kamda-kam,


Umri, go`yo yonib-o`chgan bitta sham,
Bu ne savdo, bu ne g`avg`o, bu ne g`am,
Yaxshi odam ko`p yashashi kamdan-kam,
Yomonlarning zor qaqshashi kamdan-kam.

Dili toza bo`lsa, unda nima ayb,


Gul andoza bo`lsa unda nima ayb,
Tun yuzqora bo`lsa, kunda nima ayb,
Yaxshi odam ko`p yashashi kamdan-kam,
Yomonlarning zor qaqshashi kamdan-kam.

Yomonlar ham yuribdi-ku ot solib,


Dar bilmasa ham yolg`ondan dod solib,
Ular kurash maydonida shod, g`olib,
Yomonlarning zor qaqshashi kamdan-kam,
Yaxshi odam ko`p yashashi kamdan-kam.

D O S T O N





Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling