JalilovaDildoraning “Dasturlash ii” fanidan mavzu: Onlayn navbat dasturini yaratish


 yilda bu til ommaga taqdim etildi va C++ nomini oldi. Dastlabki C++ ga oid kitob "The C++ Programming Language


Download 1.11 Mb.
bet4/6
Sana18.06.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1569092
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Dildora2

1993 yilda bu til ommaga taqdim etildi va C++ nomini oldi. Dastlabki C++ ga oid kitob "The C++ Programming Language(Addison-Wesley, 1985)" nomi bilan mashhur bo‘ldi va bu kitob 1991 yil "Язык программирование C++" tarjimasi bilan rus tiliga tarjima qilindi va bu til(С++) rivojlanishi boshlanib ketdi.
ANSI-ISO (ANSI X3J16; ISO WG21/N0836) birlashmasi 1989 yilda, birlashga holda ish boshladi. Bu korxonaning dastlabki ishi C++ dasturlash tiliga va uning kutubxonasiga standart ishlab chiqishdan boshlandi. Buning uchun 1990 yildagi C++ tili asos qilib olindi.
1990 yilda C++ standarti ishlab chiqildi va bu standart hozir ANSI C nomi bilan mashxur. Bu til juda kengayib ketdi va hozirgi kunda bu tilning hamma detallarini biladigan dasturchi bo‘lmasa kerak.
C++ funksiya va ob'yektlarning boy kutubxonasiga ega. Bundan kelib chiqadiki C++ dasturlash tilini o‘rganish 2 qismga bo‘linadi: dastlab, C++ tili sintaksisi o‘rganiladi vv shundan so‘ng uning asosiy kutubxonalari birma-bir ko‘rib chiqib, yodlash lozim bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, bu til juda katta hajmni o‘z qamroviga oladi.
C++ tilining egasi yo‘q u hech kimga tegishli emas. Bu til С tilidan kelib chiqgani uchun bosh harf С++ esa bu tildagi qiymatni bittaga ko‘tarish belgisi hisoblanadi va bu belgi C++ dasturlash tilida paydo bo‘ldi.
C++ dasturlash tili kompilyatsiya qilinadigan til hisoblanadi bu degani yozilgan kod oldin mashina tiliga o‘giriladi va keyin ishga tushiriladi.

1.4-rasim C++ tilining asosiy logotipi
C++ tilining afzalliklari:
• ob'ektga yo‘naltirilgan dasturlashni qo‘llabquvvatlash;
•andozalar orqali umumlashtirilgan dasturlashni qo‘llab-quvvatlash;
• qo‘shimcha ma’lumotlar turlari;
• istisnolar; • nom maydonlari;
• ichki funktsiyalar;
• operatorning yuklanishi(peregruzka);
• funktsiyalarning yuklanishi;
• a xotirani erkin boshqarish operatorlari;
• standart kutubxonaga qo‘shimchalar.
• Hisoblash samaradorligi ;
• Turli dasturlash uslublarini qo‘llab-quvvatlash: tarkibiy, ob'ektga yo‘naltirilgan, umumlashtirilgan dasturlash, funktsional dasturlash;
• Ob’yekt destruktorlarni avtomatik ravishda chaqirish xotira va boshqa manbalarni boshqarish ishonchliligini soddalashtiradi va oshiradi;
Ortiqcha yuklangan operatorlar;
• shablonlar ;
•To‘g‘ridan-to‘g‘ri kompilyatorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaydigan paradigmalarni qo‘llab-quvvatlash uchun tilni kengaytirish imkoniyati mavjudligi;
•C++ uchun turli tillarga tarjima qilingan juda ko‘p o‘quv adabiyotlari mavjud;
C++ dasturlash tilida standart kutubxona sinflar va funktsiyalar to‘plamini anglatadi. Standart kutubxona bir nechta asosiy konteynerlarni, ushbu konteynerlar bilan ishlash funktsiyalarini, ob'ektlarni, satr va oqimlarning asosiy turlarini, ba'zi til xususiyatlarini va amallarni bajarish uchun tez-tez ishlatiladigan funktsiyalarni o‘z ichiga oladi. Masalan, sonning kvadrat ildizini topish. Standart kutubxonaning funktsional xususiyatlari std nomlar fazosida e’lon qilinadi


Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling