Jaloliddin Manguberdi arabcha: Ш¬Щ„Ш§Щ„ Ш§Щ„шїщљЩ† Щ…Щ†Щѓшёш±шєщљвЂ” JalДЃl al-dд«n MenguberdД«, toК»


Download 20.97 Kb.
bet2/3
Sana08.01.2022
Hajmi20.97 Kb.
#235353
1   2   3
Bog'liq
Chingizxon va mo

Biografiya

Jaloliddin Manguberdi voyaga yetgach, otasi uni GК»aznaBomiyon, GК»ur, Bust, Takinobod, Zamindovar va Hindiston hududlarigacha boК»lgan yerlarga hokim va taxt vorisi etib tayinlagan (1215). Biroq Turkon xotun va qipchoq amirlarining qatiy noroziligi sababli Qutbiddin OК»zloqshoh foydasiga vorislikdan mahrum etilgan. Jaloliddin Manguberdi otasining harbiy yurishlarida ishtirok etib, oК»zining jasur jangchi, iqtidorli sarkardalik qobiliyatlarini namoyish etgan (qarang IrgК»iz daryosi boК»yidagi jang). Chingizxon boshchiligidagi moК»gК»ul qoК»shinlari Movarounnahrga bostirib kirib birin-ketin shaharlarni egallab, Samarqandga yaqinlashganlarida xorazmshoh Muhammad Kaspiy dengizi boК»yida joylashgan Obeskun shahri yaqinidagi Ashura orolidan panoh topgan. OgК»ir bemor boК»lgan Muhammad oК»gК»illarini yoniga chorlab, soК»nggi damda Jaloliddin Manguberdini oК»z oК»rniga xorazmshoh etib tayinlagan. Jaloliddin Manguberdi ukalari Oqshoh va Qutbiddin OК»zloqshoxlar bilan birga Gurganj mudofaasiga oshiqadi. Lekin Gurganjdagi qipchoq amirlari Turkon xotunning akasi Xumorteginni sulton deb eКјlon qilib, Jaloliddin Manguberdiga qarshi suiqasd uyushtirmoqchi boК»ldilar. Bundan xabar topgan Jaloliddin Manguberdi Temur Malik boshchiligidagi 300 suvoriy bilan Gurganjni tark etib Xurosonga yoК»l olgan. Niso shahri yaqinida uni 700 nafar moК»gК»ul suvoriysi kutardi. Jaloliddin Manguberdi shiddatli jangdan soК»ng ularni tor-mor keltirib, Nishopurga keldi. Bu yerdan u barcha viloyat hokimlariga nomalar joК»natib, moК»gК»ul bosqinchilariga qarshi birlashishga daКјvat etdi, bir oydan soК»ng GК»azna tomon yurdi. YoК»lda unga Hirot voliysi, qaynotasi Aminalmulk 10 ming kishilik qoК»shin bilan kelib qoК»shildi. Qandahorni qamal qilib turgan moК»gК»ul qoК»shinlari bilan 3 kunlik jangda Jaloliddin Manguberdi ularni tormor keltirgan. U GК»aznaga 1221 yil keldi. Bu yerda unga xalaj qabilasi boshligК»i Sayfuddin IgК»roq, Balx voliysi AКјzam malik, afgК»onlar sardori Muzaffar malik, qarluqlar boshligК»i Hasan Qarluq kelib qoК»shildilar. Ularning har biri ixtiyorida 30 minglik qoК»shin bor edi. Jaloliddin Manguberdining oК»zidagi kuchlar esa 60 ming suvoriy edi. Jaloliddin Manguberdi Valiyon qalКјasini qamal qilayotgan Takajuk va MalgК»ur boshchiligidagi moК»gК»ul qoК»shiniga hujum qilib, 3 kunlik jangdan soК»ng ularni tor-mor keltirgan, 1000 dan ortiq moК»gК»ul askari oК»ldirilgan, omon qolgan qismi Panjshir daryosidan oК»tib, koК»prikni buzib tashlashgan. Bu Jaloliddin Manguberdining moК»gК»ullar ustidan qozongan dastlabki yirik gК»alabasi edi.

Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga qarshi Shiki Xutuxu noК»yonni 45 minglik qoК»shin bilan joК»natadi. GК»azni yaqinidagi Parvon jangida Jaloliddin Manguberdi moК»gК»ullar ustidan ajoyib gК»alabani qoК»lga kiritadi. Biroq jangdan soК»ng Jaloliddin Manguberdining lashkarboshilari oК»lja ustida oК»zaro janjallashib qolib, oqibatda Sayfuddin IgК»roq, AКјzam malik va Muzaffar maliklar Jaloliddin Manguberdini tark etganlar. Jaloliddin Manguberdining yonida faqat Aminalmulk oК»z lashkari bilan qolgan, xolos.

Chingizxon katta qoК»shin toК»plab Jaloliddin Manguberdiga qarshi shaxsan oК»zi otlangan. Fapdiz qalКјasi yaqinida Jaloliddin Manguberdi Chingizxon qoК»shinining ilgК»orini tor-mor keltiradi va kuchi ozligi sababli Sind (Hind) daryosi tomon chekinadi. Chingizxon qoК»shini Jaloliddin Manguberdini daryodan o'tishiga imkon bermay qurshab oladi. 1221 yil 25 noyabrda boК»lgan tengsiz jangda (Sind daryosi boК»yidagi jang) magК»lubiyatga uchragan Jaloliddin Manguberdi 4000 jangchisi bilan Sindning oК»ng sohiliga suzib oК»tib, choК»l ichkarisiga kirib ketdi (Bu choК»l hozirda ham ChoК»li Jaloliy deb ataladi). Chingizxon Jaloliddin Manguberdining bu jasoratidan hayratda qolib, oК»z oК»gК»illariga qarab: "Ota oК»gК»il mana shunday boК»lishi lozim!", degan. Oradan bir necha kun oК»tgach, Jaloliddin Manguberdi qoК»shini soni 7 mingga yetdi. Unga Kulbars bahodir, Kabkuh va SaКјdiddin Ali ash-Sharabdor kabi lashkarboshilar oК»z kishilari bilan kelib qoК»shildi. Jaloliddin Manguberdi Shim. Hindistonning notanish choК»lida och, juldur kiyimli jangchilari bilan sargardonlikda qoldi. Uning bu holidan foydalanmoqchi boК»lgan Shatra viloyati rana (shoh) si Jaloliddin Manguberdiga xujum qilgan. Jaloliddin Manguberdining merganlik bilan otgan kamon oК»qidan rana halok boК»ladi, qoК»shini esa parokanda boК»lib qochadi. Jaloliddin Manguberdi katta oК»ljani qoК»lga kiritadi.



Bu gК»alabadan soК»ng Sind, Uchcha, MoК»ltonLohur va Peshovar hokimi Nosiriddin Qubacha (1205—27)ning Nandana va Sakundagi noibi Qamariddin Karmoniy Jaloliddin Manguberdiga oК»zini xayrixohligini izhor etib, sovgК»a-salomlar joК»natgan. GК»iyosiddin Pirshoh ajralib ketgan amirlardan Sanjoqonxon, Elchi pahlavon, OК»rxon, Soyircha, Tekjoruq Xonkishilar oК»z lashkarlari bilan kelib Jaloliddin Manguberdiga qoК»shildilar. Jaloliddin Manguberdi Kalor shahri, Parosravar, Tarnuj qalКјalarini qoК»lga kiritdi. Mulklarining katta qismidan ajralgan Qubacha 10 ming otliq qoК»shini hamda mamluklar sulolasidan boК»lgan Dehli sultoni Shamsuddin Eltutmishdan olgan qoК»shimcha kuch bilan Jaloliddin Manguberdiga qarshi jang qilgan, biroq magК»lubiyatga uchragan, uning xazinasi, qurol-yarogК»lari oК»lja tushgan. 1222 yil Chingizxon Jaloliddin Manguberdi izidan ToК»rbay ToК»qshin va Bola noК»yonni 20 minglik qoК»shin bilan joК»natadi. Lekin ular MoК»ltonga qadar borib, shaharni ololmay, jazirama issiqqa dosh berolmay qaytishadi. Jaloliddin Manguberdi oК»ziga qarshi moК»gК»ul qoК»shinlari joК»natilgani xabarini Parosravar qalКјasini olgandan soК»ng eshitgan. Jaloliddin Manguberdi MoК»lton tomon yoК»l olib Qubacha mulklaridan Uchcha, Sadusan, Xatisor, Deval va Damrillarni qamal qiladi, qoК»shini uchun tuyalar zarurligi tufayli Gujarot viloyati markazi Nahrvalga Xosxon boshchiligida qoК»shin joК»natadi. Shamsuddin Eltutmish Jaloliddin Manguberdi ustiga katta qoК»shin (30 ming otliq, 100 ming piyoda, 300 ta fil) tortadi. Jaloliddin Manguberdi mardonavorlik bilan raqibiga qarshi chiqadi. Jaloliddin Manguberdining OК»zbek Toy Jahon Paxlavon qoК»mondonligi ostidagi ilgori Eltutmish ilgК»ori bilan toК»qnashib raqibidan ustun keladi. Eltutmish Jaloliddin Manguberdi huzuriga elchisini yuborib sulh soК»raydi.

Jaloliddin Manguberdi Hindistonda oК»z nomidan kumush va mis tangalar zarb qiladi, unga tobe hind mulklarida uning nomi xutbaga qoК»shib oК»qilgan. Biroq vaziyat borgan sari murakkablashib bormodqa edi. Eltutmish, Qubacha, shuningdek, Hindistonning boshqa viloyat hokimlari oК»zaro til biriktirib Jaloliddin Manguberdiga qarshi ittifoq tuzmoqchi ekanliklari ayon boК»lib qoldi. Jaloliddin Manguberdining ikki lashkarboshisi Yazidak pahlavon va Sunqurjiq Toysilar xiyonat qilib Eltutmish tomoniga oК»tganlar. Qiyin vaziyatdan qutulish uchun Jaloliddin Manguberdi harbiy kengash chaqirgan. Amirlarning koК»pchiligi Iroq tomon yurish qilib, uni GК»iyosiddin Pirshoxdan tortib olishni taklif qiladi. Iroqda siyosiy parokandalik hukm surardi. Iroq tomon ketishga qaror qilindi. Jaloliddin Manguberdi oК»zining Hindistonda zabt etgan mulklariga OК»zbek Toy Jahon Paxlavonni, GК»ur va GК»azni viloyatlariga Hasan Qarluqni noib sifatida qoldirib, Iroqqa yoК»l olgan. ChoК»lu biyobonlarni kesib oК»tishda Jaloliddin Manguberdining koК»p jangchilari nobud boК»lgan, nihoyat u 4 ming jangchisi bilan Kirmonga yetib kelgan. GК»iyosiddin Pirshohning Kirmondagi noibi Baroq hojib Jaloliddin Manguberdiga tobelik izhor qiladi. Shundan soК»ng Jaloliddin Manguberdi Fors viloyati markazi Sherozga kelgan. Fors hokimi otabek SaКјd ibn Zangiy va Yazd xokimi otabek Al-uddavla ibn ToК»gК»onshoh unga tobelik bildirishadi. Jaloliddin Manguberdi Isfahonga kelganda aholi uni katta tantana bilan kutib oladi, qoК»shini qurol-aslaqa bilan taКјminlanadi. Bu hol GК»iyosiddin Pirshohga yoqmaydi, u akasiga qarshi 30 ming otliq qoК»shin bilan yoК»lga chiqadi. Biroq Jaloliddin Manguberdi unga sovgК»asalomlar bilan miroxur Odekni elchi sifatida joК»natgan va oК»zaro nizoni tinchlik bilan hal etgan. QoК»shin boshliqlari Jaloliddin Manguberdi tomoniga oК»tgan. 1225 yil Jaloliddin Manguberdi Ozarbayjonga yurish qiladi. SoК»ng BagК»dodga qarshi yurishga hozirlik koК»radi. Xalifa Nosirga elchi joК»natib, moК»gК»ullarga qarshi birlashishga chaqirdi. Bunga javoban Xalifa Jaloliddin Manguberdiga qarshi oК»zining mamluki amir Jamoliddin Qushtemur boshliq 20 minglik qoК»shinini joК»natdi. Basra yaqinidagi jangda Xalifa qoК»shinlari tor-mor keltirildi. Xalifa BagК»dod mudofaasi bilan mashgК»ul boК»ladi. Jaloliddin Manguberdi BagК»dod atrofida 12 kun turgach, Ozarbayjon tomon ketadi. Ozarbayjon va Arron otabegi OК»zbek ichkilik, maishatga berilib davlat ishlarini oК»z holiga tashlab qoК»ygan edi, davlatni amalda uning xotini Malika xotun boshqarardi. 1225 yil mayda Jaloliddin Manguberdi MarogК»a shahrini jangsiz qoК»lga kiritadi. Damashq, Er-bil hokimlari u bilan ittifoq tuzishga rozi boК»ladilar. Otabek OК»zbek Tabrizni tashlab Ganjaga, soК»ng Alinjo qalКјasiga qochib oК»sha yerda vafot etadi. Jaloliddin Manguberdi Malika xotunga uylanadi. Tabrizda bir necha kun turgandan soК»ng oК»z qoК»shinini Gruziya tomon boshlaydi. 1225 yil avg .da Garni qalКјasi yaqinida gurjilarning Ivane Mhargodzeli boshliq 60 minglik qoК»shinini tor-mor keltiradi va Tiflisga qarab yuradi. Gruziya malikasi Rusudana Kutaisiga koК»chib oК»tgan. Jaloliddin Manguberdi Dvin, Lori shaharlarini egallaydi, Surmari shahri hokimlari oК»z tobeliklarini bildirishgan.

1227 yil sentabrda Isfahondan 30 chaqirim sharqdagi Sin qishlogК»i yaqinida Jaloliddin Manguberdi moК»gК»ullarning Taynol noК»yon boshliq qoК»shinini yenggan. Taynol noК»yon Jaloliddin Manguberdi haqida: "Zamonasining haqiqiy bahodiri ekan, oК»z tengqurlarining sarvari ekan", degan. Jaloliddin Manguberdining KoК»niya sultoni Alouddin KayqubodJazira hokimi al-Malik al-Ashraf Muzaf fariddin Muso, Damashq hokimi al-Malik al-Muazzam Sharafiddin Iso va Misr hokimi al-Malik al-Komil Muhammadga nomalar yozib, ularni moК»gК»ullarga qarshi kurashish yoК»lida birlashtirish yoК»lidagi xatti-harakatlari behuda ketdi. Ustiga ustak Alouddin Kayqubod muxolif kuchlarni Jaloliddin Manguberdiga qarshi birlashtirishga muvaffaq boК»ldi. 1230 yil 10 avg .da Arzinjon yaqinidagi jangda Jaloliddin Manguberdi kuchlari magК»lubiyatga uchradi. Jaloliddin Manguberdining kuchsizlanganidan foydalangan moК»gК»ullar katta qoК»shin bilan Ozarbayjonga bostirib kirib MarogК»a, Tabrizni egallab (1231 yil), Jaloliddin Manguberdini taКјqib etishgan. Mayofariqin viloyatidagi qishloqlardan birida moК»gК»ullar tungi hujum natijasida Jaloliddin Manguberdining oz sonli qoК»shinini tor-mor keltiradilar, Jaloliddin Manguberdini oК»zi esa taКјqibdan qutulib Kurdiston togК»lariga chiqib ketgan. Bu yerda qaroqchi kurdlar qoК»liga asir tushib, fojiali ravishda halok boК»lgan. Jaloliddin Manguberdi haqida uning shaxsiy kotibi, tarixchi Nasaviy shunday yozadi: "Jaloliddin qorachadan kelgan, oК»rta boК»yli, turk lafzli odam edi. Fors tilini ham yaxshi bilardi. Uning botirligiga kelganda shuni aytish kerakki, sulton arslonlar orasidagi eng kuchli sher edi. Bir soК»zli, kek saqlamaydigan, ochiq koК»ngil, toК»gК»ri odam edi. U jiddiy shaxs edi. Hech qachon kulmasdi. Juda nari borsa, jilmayib qoК»yardi. U adolatsizliklarni yomon koК»rardi. Jaloliddin oК»ta qatКјiyatli, nihoyatda irodali, murakkab vaziyatlarda, taqdirning qaltis sinovlarida oК»zini yoК»qotib qoК»ymaydigan favqulodda mard va botir sarkarda edi".



OК»zbekiston hukumati Jaloliddin Manguberdining moК»gК»ul bosqinchilariga qarshi kurashda koК»rsatgan mislsiz jasorati, vatanga va oК»z xalqiga sadoqat va cheksiz muhabbatini qadrlash va uning porloq ruhini abadiylashtirish maqsadida "Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligini nishonlash haqida" qaror qabul qiddi (1998 yil). Qarorga koК»ra, uning yurti Xorazmda Jaloliddin Manguberdiga haykal oК»rnatildi, yirik koК»cha, maydon, jamoa korxonalari va boshqalarga uning nomi qoК»yildi. Jaloliddin Manguberdi haqida videofilm, doston, pyesa va boshqa yaratilgan. "Jaloliddin Manguberdi" ordeni taКјsis etilgan (2000 yil 30 avgust).

Hozirgi kunga kelib, Jaloliddin, oК»zbek va turkman xalqlarining milliy qahramoniga aylangan. Unga atab bir necha doston va asarlar yaratilgan.




Download 20.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling