Жалолидин Румий


Eslatma: mustaqil ish topshiriqlari tegishli mavzular bo’yicha ma’ruzalar matnining oxirida keltiriladi


Download 0.99 Mb.
bet19/70
Sana17.06.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1531523
TuriУчебное пособие
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   70
Bog'liq
portal.guldu.uz-JAHON VA TURKIY XALQLAR ADABIYOTI o’quv-uslubiy majmua

Eslatma: mustaqil ish topshiriqlari tegishli mavzular bo’yicha ma’ruzalar matnining oxirida keltiriladi.




2.5. Multimediya vositalari va taqdimotlar ro’yxati

1.

Turk adabiyoti

2.

Jaloliddin Rumiy

3.

Yunus Emro

4.

Ozarbayjon adabiyoti

5.

Mirzo Fatali Oxundov

6.

Qozoq adabiyoti

7.

Abay Qo’nonboev

8.

Qirg’iz adabiyoti

8.

Chingiz Aytmatov

9.

Turkman adabiyoti

10

Maxtumquli



taqdimotlar elektron shaklda (SD) diskda ilova qilinadi

III. “TURKIY XALQLAR ADABIYoTI fanini o’qitish jarayonida quyidagi yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish tavsiya qilinadi

Refleksiya” (o’z tuyg’u va xatti-harakatlarini baholash ma’nosini bildiradi) “Refleksiya” uchun ikki holat xosdir: a) butun asar haqidagi fikrni bitta jumlaga jamlab ifodalay olish; b) vaqt tig’izligi uchun zanjirsimon tarzda navbati bilan hammaga so’z berilganda, har bir o’quvchidan fikrini 33 soniyada aytib olish talab etiladi. O’quvchilar zanjirsimon tarzda o’z fikrini ayta boshlaganda uchinchi o’quvchidan keyingilarning fikrlari yangilik bo’lmay, oldingilarni takrorlab qolishi mumkin. Shunda o’qituvchi fikrlarning takrorlanishiga yo’l qo’ymasligi kerak. Demak, har bir o’quvchi tezlik bilan o’zi oldin tayyorlab qo’ygan javobni o’zgartirishi, buning uchun boshqa o’quvchilarning javoblarini ham eshitib tushuna bilishi lozim bo’ladi.


Refleksiya” metodining afzalliklari:
o’quvchilar fikrlarini jamlashga o’rganadi; jumla tuzishda uyushiq bo’lakli gaplardan foydalanish ko’nikmasi rivojlanadi; gap tuzishga ijodiy yondashadi; o’quvchilar topqirlikka va qisqa vaqt ichida fikrini mantiqli tarzda tez o’zgartira olishga o’rganadilar; birovlarni tinglash va mustaqil fikrlashga o’rganadilar; o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqi rivojlanadi.
Refleksiya” metodining kamchiliklari:
tez va to’g’ri gap tuza olmaydigan o’quvchilar xato qilib qo’yishdan qo’rqib, o’zlarini darsda noqulay sezadilar; o’tgan dars yoki so’ralayotgan asar haqida ularda tasavvur bo’lmasligi mumkin; o’quvchi aytmoqchi bo’lgan fikrini boshqa o’quvchi aytib qo’yganidan sarosimaga tushib qolishi mumkin; aksariyat o’quvchilar butun bir asar, kun yoki dars haqidagi fikrini bitta jumlaga jamlay olmaydilar.
Charxpalak” metodi
“Charxpalak” metodi mavzu yuzasidan ma’lumotlarni umumlashtirgan holda puxta o’zlashtirishda samarali usul sanaladi Ushbu metodning afzalligi shundan iboratki, bunda guruh a’zolari savollarga bo’lib tashlangan mavzuni to’liq o’zlashtirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Har bir guruhning fikrlari muhokama qilinishi natijasida guruh a’zolari o’z yutuq va kamchiliklarini aniqlab oladi. Eng muhimi, o’quvchilar mustaqil fikrlashga, faollikka yo’naltiriladi va ularda bilim shakllanibgina qolmay, bir-birlarini baholay olish ko’nikmasi ham paydo bo’ladi. Shu erda muammoli va hamkorlikdagi ta’lim usullari o’zaro uyg’unlashadi. Ya’ni, o’quvchi ham yolg’iz izlanadi, ham o’z fikrini o’rtoqlariga etkazib, asoslash orqali birgalikda bilim o’zlashtiradi.

Tarmoqlar” metodi


Ushbu metod o’quvchilarni mantiqiy fikrlashga odatlantirish, ularning fikr doirasini kengaytirish, adabiyotlardan mustaqil ravishda foydalanishga o’rgatishga qaratilgan. Fikrlarning tarmoqlanishi – bu pedagogik strategiya bo’lib, u o’quvchilarning biror mavzuni chuqur o’rganishlariga yordam berib, ularni mavzuga taalluqli tushuncha yoki fikrlarni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog’langan holda tizimlashtirishga o’rgatadi. Bu metod biror mavzuni chuqur o’rganishdan avval o’quvchilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, o’tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o’zlashtirish, umumlashtirish hamda shu mavzu bo’yicha o’quvchilarning tasavvurlarini chuqurlashtirishga xizmat qiladi.
Elpig’ich” metodi.
Murakkab, ko’p tarmoqli bu usul muammo xarakteridagi mavzularni o’rgatishga qaratilgan. Ushbu usulning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo’yicha birato’la axborot beriladi. Ayni paytda, ularning har biri alohida muhokama etiladi. Masalan, asar qahramonining yutug’i va muvaffaqiyatsizliklari, fazilat va kamchiliklari, biror bir voqea-hodisaning sababi va oqibatlari belgilanadi. Bu interfaol usul o’quvchida tanqidiy, tahliliy, mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga va o’z g’oyalari, fikrlarini yozma hamda og’zaki shakllarda ixcham bayon etish, himoya qilish ko’nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
“Elpig’ich” usuli umumiy mavzuning ayrim jihatlarini muhokama qiluvchi kichik guruhlar va ulardagi har bir ishtirokchining faol ishlashini ta’minlashga qaratilgan. Ushbu metod asarni o’rganishning turli bosqichlarida qo’llanilishi mumkin.
Ushbu usulning “elpig’ich” deb nomlanishiga sabab shuki, bu metodni ishlatish jarayoni chizma shaklda ifodalansa, elpig’ichga o’xshab ketadi.
Muloqot” o’quv-munozara shaklida o’tkazishga mo’ljallangan usul bo’lib, o’quvchilarni mustaqil fikrlashga, o’z fikrlarini erkin bayon etishga yo’naltiradi hamda ularda muloqot madaniyatini shakllantiradi. Ushbu usul ham hamkorlikka asoslanadi, ya’ni mashg’ulotlar o’quvchilarning kichik guruhlarida bo’lishini ko’zda tutadi. Ushbu usulni adabiyot darslarida qo’llashdan ko’zlangan maqsad o’quvchilarning asarga bo’lgan munosabatini aniqlash, mustaqil holda umumiy fikrga kelishlariga va to’g’ri xulosa chiqarishlariga yordam berish, erkin bahslashishlariga sharoit yaratish hisoblanadi.




  1. Download 0.99 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling