Жалолидин Румий
Download 0.99 Mb.
|
portal.guldu.uz-JAHON VA TURKIY XALQLAR ADABIYOTI o’quv-uslubiy majmua
X U L O S A
Turkiy xalqlar adabiyoti jahon adabiyotining uzviy qismi. Hatto o’zining ilk sarchashmalarini eramizgacha bo’lgan shomoniy, buddaviy, moniylikdan oladi va o’sha davrdayoq insoniyatning ezgu niyat va tilaklari ifodalangan. Ayni vaqtda turkiy xalqlar adabiyoti oldin dunyo va fors-tojik adabiyotlari bilan aloqada rivoji ravnaq topa borgan. Turkiy xalqlar adabiyoti VII asrlarda tarixiy manbalar asosida adabiy-tarixiy, IX-X asrlarda adabiy-didaktik, XII-XIV asrning birinchi bosqich dunyoviy, IX-X asrning ikkinchi yarmida II bosqich dunyoviy adabiyoti taraqqiy topdi. Xususan, keyingi davr turkiy xalqlar adabiyotida kichik davlatlarni yiriklashtirish, adolatli hukmdor va dunyoviy masalalar holda zaminiy muhabbat ulug’langan. Turkiy xalqlar adabiyoti XI asrgacha yagona turkiy xalqlarning adabiy merosi sifatida rivojlandi, undan so’ng ozarbayjon, uyg’ur-o’zbek va boshqa xalqlar adabiyoti mustaqil ravishda taraqqiyotga yuz tutgan. Shunga qaramasdan turkiy xalqlar adabiyotining mushtarakligi ijodiy an’analari adabiy janrlar, ayniqsa, badiiy obrazlardagi o’xshashligi saqlangan. Shundan XI asrning ikkinchi yarmiga kelib, Mir Alisher Navoiy rahnamoligida O’zbek mumtoz adabiyoti jahon adabiyoti andozasida o’sdi, rivojlandi. Alisher Navoiy davri va undan so’ng boshqa turkiy xalqlar adabiyoti an’analari zaminida g’azal mulkining sultoni Navoiy she’riyatidan o’rganish taomil tus olgan. Dars jarayonida keyingi asrlar turkiy xalqlar adabiyotiga Amir Nizomiddin mir Alisher Navoiy ijodi an’analariga alohida e’tibor beriladi. Kursni o’tishda asosan quyidagi xulosalarga asoslanish mumkin. Turkiy xalqlar adabiyotining ildizi qadim-qadimlarga borib taqalishi antik adabiyot va fors adabiyotlaridan sarchashma olishlari; Turkiy xalqlar adabiyotining mushtarak tomonlari jumladan uzviy yo’nalishlari, adabiy janrlari, badiiy-ifoda vositalari, xalq og’zaki ijodidagi mushtarakliklar; Turkiy xalqlar mumtoz adabiyoti vakillari Alisher Navoiy ijodidan sermahsul bahramand bo’lishlari; Ozarbayjon adabiyotida birinchi marta “Xamsa” yaratilishi va uning ijodiy an’anasi boshqa turkiy xalqlar adabiyotiga barakali ta’siri; Qozoq xalqi adabiyoti mutafakkir adib ijodining ijtimoiy yo’nalish olishi laureant adib Muxtor Avezov zamonaviy romanga asos solishi; Qirg’iz xalqi adabiyoti XX asrning boshigacha og’zaki shaklda rivojlanishi, undan so’ng yozma adabiyotining shakllanishi, Chingiz Aytmatov umuminsoniy va global misollarni adabiyotga olib kirishi, u milliy adabiyotni jahon minbariga olib chiqishi fanning e’tiboriga olinadi. Turkiy xalqlar adabiyotining so’nggi yillardagi adabiy aloqalari, o’zaro ta’siri galdagi o’rganiladigan masala sifatida qaralishi kerak. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling