Jamiyat falsafasi


«Inson» tushunchasining talqinlari


Download 449.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/30
Sana15.11.2023
Hajmi449.5 Kb.
#1776723
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30
Bog'liq
Aksiologiya(qadriyatlar falsafasi) (1)

«Inson» tushunchasining talqinlari. Dunyo markaziga insonni qo‘yuvchi yondashuv 
doimo antropotsentristik yondashuv deb atalgan. Qadimgi sofist Protagorning «Inson barcha 
narsalar ning mezoni», degan mashhur iborasi antropotsentrizmning aniq ifodasidir. Bunda 
jonsiz va jonli tabiatning o‘zaro ta’siri inson me’yorlari, ideal hamda da’volari nuqtayi nazaridan 
qaraladi. Inson dunyoning asosiy va eng katta boyligi sanaladi. Ammo insonni bilish sohasida 
antropotsentrizmdan tashqari boshqa yondashuvlarga ham duch kelish mumkin. Tabiatni hamma 
narsadan ustun qo‘yuvchi naturalistik yondashuv — tabiiy sentrizm va u bilan uzviy bogliq bolgan 
naturalizm prinsipi shular jumlasidan. Bu yerda inson — tabiat farzandi. Uning barcha xato va 
kamchiliklari boshqa har qanday tabiiy jarayonlar singari o‘rinli hamda tabiiy. Kosmotsentrizm 
— kosmosning hamma narsani, shu jumladan, insonning mohiyati va tabiatini ham belgilovchi 
ta’siriga ishora qiluvchi dunyoqarash hisoblanadi.
Tarixiy-sivilizatsion jarayonda teotsentrizm ta’limoti ham muhim rol o‘ynagan. U oliy, 
g‘ayritabiiy mavjudotni dunyoning asosiy va eng muhim omili deb e’lon qilgan. Bu borada tarixda 
juda chiroyli, ezgu niyatli va kuchli odamlar yashagan Atlantida haqida o‘ta jozibali afsona 
mavjud. Bu afsonada aytilisMcha, Atlantida jannatmakon bir joy bolgan, unda odamlar baxtiyor 
yashar ekanlar. Afsuski, atlantlarning har biri o‘zini o‘ylab, o‘z farovonligi haqida qayg‘urib, 
o‘zlashtirgan bilimlaridan shaxsiy maqsaddagina foydalanib, olamda insondan ulug‘roq jonzot 
yo‘q va har kim o‘ziga o‘zi qonun, deb hisoblay boshlagach, Atlantida inqirozga yuz tutgan emish.


Platon bu ideal davlatga Atlantika okeanidan geografik o‘rin va tarixdan muayyan vaqt berdi 
— u 11500 yil oldin mavjud bolganini qayd etadi. Platon 70 yoshga tolgach, Atlantida haqidagi 
afsonani eslash fursati yetdi. «Timey» va «Kritiy» dialoglarida Atlantida tarixi hikoya qilinadi. 
Platon o‘z bobosi Timeydan, Timey — otasining Solon ismli yaqin do‘stidan, Solon esa — davlat 
ishlari bilan Misrda bolgan paytida shu yerlik kohindan eshitgan rivoyat to‘g‘risida so‘z yuritiladi: 
«To‘qqiz ming yil muqaddam sizlar Gerakl ustunlari (Gibraltar bo‘g‘ozi) deb ataydigan bo‘g‘oz 
ortida Atlantida degan katta orol bolgan. Bu orolda qirollarning qudratli va ajoyib sulolasi yuzaga 
kelgan. Bu sulola juda ko‘p mamlakatlarni o‘ziga bo‘ysundirishga harakat qilgan. Ammo bir 
nechta kuchli zilzilalar bu orolni qismlarga bolib tashlagan, keyinchalik u suv ostida qolgan va 
butunlay yo‘q bolgan».
«Kritiy» dialogi manzarani quyidagicha toldirish imkonini beradi. Xudolar Yerni o‘zaro 
bolib olganlarida, donishmandlik ilohasi Afihaga Gretsiya, Atlantida dengiz xudosi Poseydonga 
tekkan. Poseydon orolda yashaydigan Kleyto ismli qizni sevib qolgan. Kleyto unga o‘nta o‘g‘il 
tug‘ib bergan, Bu o‘g‘illarning har biri keyinchalik orolning o‘z qismida hokimlik qilgan va faqat 
oliy hukmdor Atlas yoki yunoncha Atlantga bo‘ysungan. Atlantida aholisi yuksak axloqiy 
me’yorlarni asrlar davomida saqlab kelgan. Lekin vaqt o‘tishi bilan ular juda izzattalab va ochko‘z 
bolib qolganlar. Shunda Zevs ularni jazolashga qaror qilgan va orolni suvga g‘arq qilgan.
Atlantida haqidagi afsona katta ma’naviy mazmunga ega. U axloqiy nopoklikdan 
saqlanishga chaqiradi, ayni vaqtda, inson o‘z millatdoshlari va butun dunyo taqdiri uchun mas’ul 
ekani haqida ogohlantiradi.
Hozirgi adabiyotlarda kosmos tafakkuri yoki kosmik aqlni anglatuvchi teokosmizm 
atamasiga ham duch kelish mumkin. Ba’zan inson, umuman, insoniyat rivojlanishining yangi 
darajasi o’zamrligini asoslash uchun ayni shu kosmik aqlga murojaat qilish talab etiladi. Oliy 
kosmik aql faollik, cheksiz harakat va rivojlanishning bosh negizi sifatida qabul qilinadi.
Sotsiotsentrizm ta’limoti madaniy-sivilizatsion omillarga suyanadi. Bu yerda inson o‘zi 
yashaydigan ijtimoiy-madaniy muhit mahsuli sifatida namoyon bo‘ladi. Sotsiotsentrizmga eng 
yaqin tushuncha sifatida amal qiluvchi kulturotsentrizm inson madaniyat mazmuni orqali o‘z 
ma’nosini kasb etadi, degan tezisni himoya qiladi.
Antropotsentrizmning ziddi — insonga geologik kuchlardan biri sifatida qaraydigan 
yondashuv dezantropotsentrizm deb ataladi. Hozirda ancha mashhur bolgan bu yondashuv insonni 
uning ustun mavqei va o‘rnidan mahrum etadi, hech narsa bilan cheklanmagan o‘zboshimchalik 
oqibatlari haqida o‘ylashga majbur qiladi. Insonni o‘zi yaratgan texnokratik, sun’iy dunyo bilan 
universal evolyutsion rivojlanishga boglashdan iborat bolgan masala koevolyutsiya muammosi 
sifatida namoyon boldi.
Falsafiy qiziqishlari markazida tabiat va inson mohiyati to‘g‘risidagi masala turuvchi fan 
«Falsafiy antropologiya» deb ataladi. U ekzistensiya g‘oyalariga qarab moljal oluvchi 
faylasuflarning fikr-mulohazalariga juda boy. Antropologik yondashuv inson borlig‘ining o‘ziga 
xos xususiyatlarini aniqlaydi, insonning ekzisensial tahlili bilan shug‘ullanadi. «Ekzistensiya» 
tushunchasi tadqiqotchining fikrini, avvalo, inson qilmishlari va azob-uqubatlarida namoyon 
boluvchi inson hamda dunyo aloqalarini izlash, aniqlash tomonga yo‘naltiradi.
Hozirgi zamon G‘arb falsafasining yo‘nalishi sifatidagi falsafiy antropologiya dastlab nemis 
faylasufi va sotsiologi M.Sheler (1874-1928) asarlarida ishlab chiqilgan va germaniyalik faylasuf 
X.Plesner (1892—1985), nemis mutafakkiri A.Gelen (1904—1976) asarlarida rivojlantirilgan.
Shaxsni umumbashariy rivojlanishning asosiy mazmuni deb e’lon qiluvchi personalizm uni 
o'rganishga nisbatan ancha murakkab yondashuvlarni taklif qiladi. Shaxs o‘z mohiyatini muqarrar 
tarzda o‘zidan tashqarida ko‘radi, bu —eksteriorizatsiya, u teran ichki me’yor va moljallardan 
oziqlanadi, bu — interiorizatsiya. Nihoyat, shaxs o‘z real empirik mavjudligining tor 
chegaralaridan olib, oliy qadriyatlar: haqiqat, ezgulik va go‘zallikka intiladi, bu — 
transtsendensiya.

Download 449.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling