Jamiyat falsafasi
«Sivilizatsiya» tushunchasi
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa 8 mavzu
«Sivilizatsiya» tushunchasi. Ma’lumki, lotin tilidagi «civil is» so‘zi asosida shakllangan,
fuqaroviy, ijtimoiy degan ma’nolami anglatadigan mazkur tushunchani ilm-fan tarixida dastlab shotland tarixchisi va faylasufi A.Fergyusson (1723—1816) jahon tarixiy jarayonining ma’lum bir bosqichini ifodalash uchun, fransuz ma’rifatparvarlari esa aql-idrok va adolatga asoslangan jamiyat, degan ma’noda ishlatgan edilar. Undan keyin ham sivilizatsiya tushunchasiga turlicha mazmun berish davom etdi. Ayrim holda uni madaniyatning, ba’zan faqat moddiy madaniyatning sinonimi sifatida ishlatgan bolsalar, nemis faylasufi O.Shpengler esa, aksincha, uni madaniyatning antipodi ma’nosida, ya’ni madaniyatning halok bolish jarayoni bosqichini xarakterlash uchun, ingliz sotsiologi va tarixchisi A.Toynbi esa o‘ziga xos va nisbatan yopiq bolgan jamiyatlarni ifodalash uchun ishlatgan. Sivilizatsiya tushunchasining mazmunini belgilashda turfa xillik hozirgi vaqtda ham saqlanib qolmoqda. Bu tushuncha: 1) ijtimoiy rivojlanishning yowoyilik va varvarlikdan keyin keladigan bosqichini; 2) umuman kishilik jamiyati rivojlanishining ma’lum bir bosqichini (masalan, neolit, nokapitalistik yoki hozirgi zamon sivilizatsiyasi); 3) ma’lum bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyani; 4) geografik jihatdan farqlanuvchi birliklarni (masalan, Yevropa yoki Osiyo sivilizatsiyasi); 5) diniy mansubligiga ko‘ra, farqlanuvchi madaniy birliklarni (masalan, xristian yoki islom sivilizatsiyasi); 6) kelib chiqishi va planetar mansubligiga ko‘ra farqlanuvchi birliklarni (masalan, Yer sivilizatsiyasi, Yerdan tashqaridagi sivilizatsiyalar); 7) etnik asosga kola farqlanuvchi ijtimoiy-madaniy birliklarni (masalan, qad. Misr yoki Bobil sivilizatsiyasi) va shu kabi ma’nolarni ifodalash uchun qo’llanib kelmoqda. Sivilizatsiya tarixning, jamiyatning sifaiiy o'ziga xosligini, u yoki bu mamlakat doirasida amal qiladigan, ishlab chiqarish kuchlari, inson faoliyati, madaniyati tomonidan belgilanadigan umumiy ijtimoiy qonuniyatlarning spetsifikasini ifodalaydi. Bularning barchasi sivilizatsiyani yaxlit birlik sifatida mavjud bolishi uchun imkoniyat yaratadi. Bu sifatiy xususiyatlarning yo‘qolishi sivilizatsiyaning halokatini anglatadi. Ushbu mulohazalardan shuni xulosa qilib aytish mumkinki, sivilizatsiya tushunchasi muayyan xalq, mamlakat (jamiyat)ga yoki uning rivojlanishining sifatiy jihatdan farqlanuvchi ayrim bosqichlariga nisbatan ishlatilgandagina, u aniq ilmiy mazmunga va demakki, metodologik ahamiyatga ega boladi. Aynan etnik birliklar, mamlakatlar darajasida sivilizatsiyaning o‘ziga xosligi, asosiy xarakteristikalari o'zini yaqqol namoyon etadi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling