Jamiyat mafkurasida milliy va umuminsoniy qadriyatlar uygʻunligi reja
Download 53 Kb.
|
Jamiyat mafkurasida milliy va umuminsoniy qadriyatlar
JAMIYAT MAFKURASIDA MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLAR UYGʻUNLIGI Reja: 1. Jamiyat mafkurasi tushunchasi. 2. Milliy gʻoyada milliy va umuminsoniy qadriyatlar. 3. Qadriyatlarning jamiyat rivojiga ijobiy taʼsiri. Jamiyat-(arabcha-“umumiy”)-tabiatning bir qismi, borliqning alohida shaklini ifodalaydigan falsafiy tushuncha. odamlar uyushmasining maxsus shakli, kishilar oʻrtasida amal qiladigan koʻplab munosabatlar majmuasi, oʻzida moddiylik va maʼnaviylikni, obyektinlik va subyektivlikni, tabiiylik va ijtimoiylikni mujassamlashtiradigan tushuncha. Jamiyat gʻoyat murakkab ijtimoiy tizim boʻlib, u odamlar oʻrtasida amal qiladigan axloqiy, diniy, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, mafkuraviy va h.k. munosabatlarning, tarixan tarkib topgan oila, jamoa, millat, din, davlat, axloq va h.k.larning majmuidir. Jamiyat mafkurasiz, maqsadsiz yashay olmaydi. Demak, birinchidan, mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Mafkura boʻlmasa, odam, jamiyat, davlat oʻz yoʻlini yoʻqotishi muqarrar. Ikkinchidan, qayerdaki gʻoyaviy boʻshliq vujudga kelsa, oʻsha yerda begona gʻoya asosida boʻlgan mafkuralar taʼsiri uchun sharoit mavjud boʻladi. Buni isboti uchun xoh tarixdan, xoh zamonamizdan koʻplab misollar keltirish qiyin emas 1. U jamiyat oldidagi maqsadlar, uni amalga oshirish vositalaridir. Prezident Islom Karimov jamiyat mafkurasiga shunday taʼrif bergan: “Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini koʻzlagan va uning dunyodagi oʻrnini aniq-ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kun oʻrtasida oʻziga xos koʻprik boʻlishga qodir gʻoyani men jamiyat mafkurasi deb bilaman” 2. Binobarin, milliy mafkura har qanday xalqni – xalq, millatni – millat qiladigan, uning yoʻli va maqsadlarini aniq-ravshan charogʻon etadigan mayoqdir....jamiyatimiz mafkurasi, odamlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning maʼno-mazmunini belgilab beradi.“Avesto”da aks etgan Zardushtning «Ezgu niyat, ezgu soʻz va ezgu amalni olqishlayman! Niyat, soʻz va amallar ichidan men ezgu niyat, ezgu soʻz va ezgu amalni tanlayman. Men barcha qabih andisha, qabih soʻz va qabih amaldan yuz buraman», degan hikmatli soʻzlari bugungi kunda ham katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bu oʻlmas gʻoyalar keyinchalik paydo boʻlgan dinlar, jumladan, xristianlik va islom tomonidan ham qabul qilindi. Demak, bu kitob oʻz davrida shakllangan gʻoyalar tizimidan iborat boʻlgan jamiyat mafkurasi edi. Har qanday jamiyat oʻziga xos rivojlanish yoʻlini tanlar ekan, oldiga muayyan maqsad va vazifalarni qoʻyadi. Zero, bu vazifalar jamiyat, davlat, xalq va millat taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, maʼrifiy, taʼlim-tarbiya va mafkuraviy jarayonlarning uzviy birligi asosida amalga oshadi.Inson hech qachon tashqi dunyodan, oʻzini qurshab olgan olamdagi oʻzgarishlar, roʻy berayotgan hodisalar, voqea jarayonlardan ajralib qolgan, ularni his etmagan holda, ularning taʼsirisiz yashay olmaydi. Xalqlar, millatlar, ijtimoiy-siyosiy kuchlar faoliyati tufayli sodir boʻlgan turli hodisa va jarayonlar odamlar ongi, tafakkuri va dunyoqarashiga taʼsir etadi. Hayotda maqsadi, yuksak gʻoyasi, ezgu orzu-intilishlari boʻlmagan inson va jamiyat aʼzolari tabiiy ehtiyojlar doirasi bilan chegaralanib, maʼnaviy yuksaklikka erishishi qiyin. Ayrim yovuz kuchlar taʼsir oʻtkazish orqali oʻz gʻarazli niyatlariga yetish maqsadida foydalanishlari mumkin. Shu sababli barcha davrlarda inson va jamiyat oʻz maqsad-muddaolarini ifoda etadigan manfaatiga zid boʻlgan zararli va begona gʻoyalarga qarshi turadi. Har bir xalq, millat va jamiyat oʻz manfaatiga xizmat qilib, uning taraqqiyotini taʼminlashga yordam beradigan muayyan gʻoyaga ehtiyoj sezadi. Binobarin, gʻoya muayyan millat va xalqning maqsad-muddaolari, manfaatlari zamirida shakllanadi hamda takomillasha boradi. Milliy istiqlol gʻoyasi ham millat manfaatlarini, xalqning orzu-istaklarini oʻzida mujassamlashtiradi. U oʻzining hayotbaxsh gʻoyalari, buyuk maqsadlari bilan oʻz kuch-gʻayrati, aql-zakovati va hatto hayotini buyuk gʻoyalar yoʻlida baxsh etishga tayyor komil insonlarni tarbiyalashga xizmat qiladi. Insoniyat tarixidan maʼlumki, yer yuzida dastlabki odamzod paydo boʻlib, uning urugʻ, qabila, jamoa yoki xalq sifatida shakllanishi roʻy bergan dastlabki davrlardayoq ularni birlashtirib turadigan umumiy gʻoya va mafkuraga ehtiyoj tugʻilgan. Prezident I.A.Karimov taʼkidlaganidek: “...Chunki, mafkura – jamiyatda yashaydigan odamlarning hayot mazmunini, ularning intilishlarini oʻzida mujassamlashtiradi”. Darhaqiqat, barcha davrlarda har bir davlat, xalq, jamiyatning oʻziga xos gʻoyasi va mafkurasi boʻlgan. Chunki jamiyatning, xalqning oʻz oldiga qoʻygan aniq maqsadi uni amalga oshirishda jamiyat ahlini birlashtiradigan, safarbar-likka undaydigan gʻoyasi va mafkurasi boʻlmasa, u muqarrar ravishda halokatga mahkum boʻladi. Gʻoya, mafkura jamiyatning oʻz oldiga qoʻygan aniq maqsadi boʻlib, busiz jamiyat oʻz yoʻlini yoʻqotadi. “Maqsad degani, - deb yozgan edi Prezident I.A.Karimov, - xalqni, millatni birlash-tiruvchi, yoʻlga boshlovchi bamisoli bir bayroq. Bu bayroq butun Oʻzbekiston xalqining ruhini, gʻurur-iftixorini, kerak boʻlsa qudratini, orzu-intilishlarini mujassamlashtiradigan ulugʻ kuchdir. Davlatimizning, xalqimizning, el-yurtimizning maqsadi oʻzining ulugʻvorligi, hayotiy-ligi va haqqoniyligi bilan hammamizni jalb etadigan boʻlmogʻi lozim. Toki bu maqsad xalqni-xalq, millatni-millat qila bilsin, qoʻlimizda yengilmas bir kuchga aylansin” 4. Mafkuraning hayotiyligi odamlarning, millatning, jamiyatning milliy manfaatini, orzu-intilishlarini qay darajada aks ettira oladigan bosh va asosiy gʻoyalar, bu gʻoyalar ularning turmush tarzi, dunyoqarashi, tabiatiga qanchalik mos boʻlishi bilan belgilanadi. Hayot sinovlariga bardosh beradigan, odamlarning ezgu maqsad-muddaolarini ifodalaydigan, ularga maʼnaviy-ruhiy quvvat beradigan mafkurani koʻpchilik qabul qiladi. Faqat shunday holdagina u kuchli ruhiy qudratga ega boʻladi. Shu sababli ham mafkura barcha davrlarda jamiyatni yuksak va bunyodkor maqsadlar yoʻlida birlashtirib, jamiyat ahli oʻrtasida sogʻlom munosabatlarni shakllantirgan, hamda ezgu orzular, maqsad-muddaolariga erishishda maʼnaviy ruhiy kuch-quvvat beradigan omil vazifasini bajarib kelgan. Shuning uchun ham gʻoya va mafkura barcha insonlar, xalqlar, jamiyat va davlat oldida turgan muhim vazifalarni amalga oshirishda yordam beradigan, turli sohada faoliyat yuritadigan jamiyat ahlini birlashtirib, ularni umumiy maqsad sari safarbar etadigan buyuk kuchdir. Shu sababli ham insonlar, xalqlar, jamiyat hayotida mafkura muhim rol oʻynaydi. Mafkuraning hayotbaxsh kuchi, avvalo, insonning jamiyatdagi oʻrni va ahamiyatini qanday tushunishi va uni qanday ijtimoiy maqomda tasavvur etishiga bogʻliq. Chunki, insonni ijtimoiy harakat va faoliyatga undash va shu tariqa koʻzlangan muayyan maqsad-vazifalarga erishish dunyodagi barcha ezgu mafkuralarning maʼno-mohiyatini tashkil etadi.Shu sababli ham milliy istiqlol gʻoyasining asosiy tushuncha va prinsiplari tizimida insonning jamiyatdagi oʻrni bunyodkor kuch sifatida belgilangan. Istiqlolning bosh gʻoyasi ham, asosiy gʻoya va tushunchalari ham bunyodkorlik falsafasi bilan yoʻgʻrilgan. Chunki bunyodkorlik–xalqimizning eng olijanob fazilati. Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda, oʻzbek tom maʼnoda bunyodkordir, doʻppisida suv tashib boʻlsa ham daraxt koʻkartiradi. Darhaqiqat, mustaqillik yillarida mamlakatimizda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy-madaniy, maʼnaviy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, erkinlashtirish jarayonlari bunyodkorlik ishlariga yorqin misol boʻladi. Inson dunyoga kelibdiki, oʻzining qator talablarini, ehtiyojlarini qondirib boradi. Ehtiyoj odamning biologik, psixologik, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, maʼnaviy talablaridir. Manfaat esa odam-inson ehtiyojlarini qondira oluvchi predmet va voqea hodisalarga yoʻnaltirilgan his-tuygʻusi, fikridir. Isnon oʻz talablarini qondirish uchun birinchidan, u moddiy boyliklar ishlab chiqaradi, ikkinchidan, odamning fizologik ehtiyoji qonganligi unda maʼnaviy ehtiyojlarining tugʻilishiga turtki boʻladi. Uchinichdan, odamning zurriyod qoldirishga boʻlgan tabiiy ehtiyoji. Toʻrtinchidan, kishilarning oʻzaro ishlab chiqarish munosabatlariga kirishishidir. Qadriyat predmet, voqea va hodisalarning kishilar uchun zurur, foydali, yoqimli boʻlgan xususiyatlaridan, uning mohiyatini ifodovchi sifat hususiyatlaridan iborat. Qadriyatlar ijtimoiy hayotda insonning tabiiy fizologik va maʼnaviy talab ehtiyojlarini oʻz hususiyatlari bilan qondirish vositasi boʻlgan, zarur, foydali va yoqimli predmetlar, voqea va hodisalardir. Qadriyat inson va insoniyat uchun ahamiyatli boʻlgan, millat va elat, ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga hizmat qiladigan tabiat va jamiyat hodisalari majmuidan iborat. Qadriyatlar muammosi XIX asr oxirida Gʻarb falsafasida alohida yoʻnalish sifatida paydo boʻldi. Bu sohani oʻrganadigan fan tarmogʻi aksiologiya vujudga keldi. Bu yerda “axio-qadriyat”, “logos-taʼlimot” demakdir. Uning asoschilari Gartman, Erbano, Prolla va Lisi kabi Gʻarb faylasuflaridir. Bu muammo bir asrdirki tadqiqotchilar tomonidan oʻrganilmoqda. Jondor Tulenovning “Qadriyatlar falsafasi” kitobi ham ushbu sohadagi yirik tadqiqotlardan biri hisoblanadi. Hayotimizda qadriyatlar xilma-xildir. Qadriyatlar oʻzining mazmuni, ahamiyati, hususiyati jihatdan: I. 1. Moddiy. 2. Maʼnaviy. 3. Ijtimoiy-siyosiy qadriyatlarga boʻlinadi. II. Qadriyatlar mohiyatiga koʻra quyidagi turlarga boʻlinadi: 1. Oliy qadriyat – inson va uning hayoti. 2. Tabiiy qadriyatlar – yer, suv, yer osti, havo, oʻrmon, oʻsimliklar, hayvonot dunyosi va boshqalar. 3. “Ikkinchi tabiat” yoki moddiy qadriyatlar-boyliklar, zavod, fabrikalar, transport, asbob-uskunalar, uy-joylar, noz-neʼmatlar, yaʼni inson mehnati bilan yaratilgan narsalar. 4. Madaniy-maʼnaviy qadriyatlar-maorif, taʼlim-tarbiya, tibbiy hizmat, meros, til, adabiyot, sanʼat, hunarmandchilik maxsulotlari, memoriy yodgorliklar va boshqalar. 5. Ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar. Erkinlik, barqarorlik, birodarlik, tinchlik.. III. 1993 yilgi Oʻzbekiston Respublikasini Mulk toʻgʻrisidagi qonuniga asosan 5 xil mulkiy qadryatlar mavjud: 1. Hususiy mulklar. 2. Shirkat mulklari.. 3. Davlat mulklar. 4. Aralash mulklar 5. Boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar mulki. Yuqoridagi mulk egalarining tasarrufidagi moddiy va maʼnaviy boyliklar turli mulk egalarining qadriyatlarini tashkil etadi. IV. Qadriyatlarning amal qilish doirasiga (koʻlamiga) koʻra turlari: 1. Milliy qadriyatlar. 2. Mintaqaviy qadriyatlar. 3. Umuminsoniy qadriyatlar turlariga boʻlinadi. Milliy qadriyatlar–millatning tili, madaniyati, tarixi, urf-odatlari, anʼanalari, jamiki moddiy va maʼnaviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha tomonlarini oʻzida ifoda etadi. Mintaqaviy qadriyatlar – iqtisodiyoti, madaniyati, tarixi, tili, dini, urf-odati, anʼanalari mushtarak boʻlgan xalqlar manfaatiga hizmat qiladigan ijtimoiy-tabiiy hodisalar majmuidan iboratdir. Umuminsoniy qadriyatlar-barcha millatlar, elatlar va xalqlarning maqsad va intilishlarini oʻzida ifoda etadi. Umuminsoniy qadriyatlarga: - Ilm-fan taraqqiyoti. - Tinchlik. - Qurollanish poygasini toʻxtatish. - Kasalliklarni oldini olish. - Tabiat muhofazasi. - Savodsizlikka barham berish. - Energetika. - Oziq-ovqat bilan taʼminlash. - Koinot va okean resurslarini oʻzlashtirish va boshqalar kiradi. 5. Qadriyatlar inson hayotiga koʻrsatadigan taʼsiri nuqtai-nazardan: 1. Progressiv. 2. Reaksion turlarga boʻlinadi. Ilgʻor qadriyatlar jamiyatimizning har tomonlama rivojlanishiga, respublikamizni jahon sivilizatsiyasiga qoʻshilishiga astoydil hizmat qiladi. Aksincha, respublikamiz oldida turgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-maʼnaviy muammolarni hal etishga toʻsqinlik qiladigan hodisalar reaksion qadriyatlarga kiradi. Qadriyatlar jamiyatimizning boyligi, bizning milliy iftihorimizdir. Ularni avaylab-asrash, yaʼni qadriyatlarni qadrlash va muhofaza qilish barchamizning insoniylik burchimizdir. Qadriyatlar jamiyatimizning boyligi, bizning milliy iftixorimiz. Ularni avaylab asrash va muxofaza qilish - barchamizning burchimizdir. Milliy qadriyatlarga hurmat bilan qarash millatning oʻziga hurmat bilan qarashning asosiy boʻgʻinidir. Ming yillar mobaynida shakllangan milliy qadriyatlarimiz hozirgi davrda yaratilgan madaniy maʼnaviy boyliklar bilan qushilib taraqqiyotimizni tezlashtiradi, gʻoyaviy va maʼnaviy poklanishni taʼminlashga koʻmaklashadi. Shuning uchun ham qadriyatlarni avaylab asrash, ularni quriklash, yuksaltirish alohida inson hayotida ham, jamiyat taraqqiyotida ham katta ahamiyat kasb etadi. Jamiyatning eng oliy mahsuli va qadriyati boʻlmish Insonning qadriyatlarga munosabati hech qachon bir tekis boʻlgan emas. Bir tomondan inson qadriyatlar bunyodkori sifatida qanchadan qancha moddiy va maʼnaviy qadriyatlarni yuzaga keltirgan boʻlsa, ikkinchi tomondan u mavjud qadriyatlarga yovuzlarcha munosabadda boʻlib, uni talon taroj ham qilib kelgan. Buni biz insonning tabiiy, moddiy qadriyatlarga boʻlgan munosabatlarida yakqol koʻrishimiz mumkin. Tabiat - muqaddas dargoh insoniyatning beshigidir. Biz yashab, nafas olib toʻrgan tabiat, uning tarkibiy qismi boʻlmish - Yerimiz hammaning butun insoniyatning umumiy uyi, umumiy maskanidir. Shunday ekan, uni koʻz qorachigʻidek saqlash, atrof muhitning ifloslanishiga yoʻl qoʻymaslik bashariyatning ishidir. Tabiatni muxofaza qilishning dolzarbligi ana shunda. Ana shu dolzarb muammoga birinchi darajali eʼtibor berilmasa oqibati daxshatli boʻlishi aniq va ravshandir.Inson uchun tabiiy qadriyatlar bilan bir qatorda ijtimoiy - siyosiy, madaniy maʼnaviy, axloqiy qadriyatlar ham katta ahamiyat kasb etadi. Bashariyat koʻp ming yillik tarixi davomida erkin, baxtli va goʻzal hayot kechirishi uchun zarur boʻlgan xilma xil kadriyatlarni yaratdi, inson, uning huquqi va erkinliklarini himoya qiladigan qonunlar, siyosiy tashkilotlarni bunyod etdi. Insonning goʻzal yashashi uchun zarur boʻlgan badiiy estetik qadriyatlarni rivojlantirdi, kishilarning bir biriga va jamiyatga boʻlgan munosabatlarini belgilab beradigan axloqiy qoidalar majmuasini joriy etdi va xokazo. Mazkur ijtimoiy siyosiy, madaniy maʼnaviy va axloqiy qadriyatlar jamiyat tarakqiyotida salmoqli oʻrin egallab, kishilarning insoniy fazilatlarini yuksaltirishda katta xizmat qilib kelgan va hozir ham xizmat qilib kelmoqda. Lekin, shu bilan bir qatorda, inson oʻzi yaratgan ijtimoiy siyosiy, madaniy maʼnaviy, axloqiy qadriyatlarni koʻp hollarda poymol qilib kelayotganligini ham tan olishimiz kerak. Qonunbuzarlik, axloqsizlik millatimizning urf odat va anʼanalariga zid keluvchi xatti harakatlarning aholi, ayniqsa, yoshlar ichida avj olib ketayotgani bunga misol boʻla oladi. Bularning oldini olish hozirgi kunda jamiyatimiz oldida koʻndalang toʻrgan dolzarb vazifadir. Kishilarni qadriyatlarga isteʼmolchi yoki kuzatuvchi sifatida qarash kayfiyatidan holi etib, aksincha ularni yanada koʻpaytirish, yuksaltirish payida boʻlishlariga kirishishga alohida eʼtibor berish kerak. Maʼlumki, hayotda hech bir narsa abadiy emas. Bu qadriyatlarga ham taalluqlidir. Shunday ekan, ularni doimo boyitib, rivojlantirib, koʻpaytirib, yangilab turmogʻimiz darkor. Qadriyatlar katta ijtimoiy siyosiy, falsafiy, tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ular oʻtmish bilan hozirgi kun oʻrtasidagi vorisilikni ifodalaydi, shu tufayli millatning tarixi, uning oʻtmish hayoti, madaniyati gavdalanadi. Shuning uchun ham har bir siyosiy tuzum, har bir davlat qadriyatlardan oʻz maqsadi, manfaati yoʻlida foydalanib kelgan va hozir ham shunday boʻlmoqda. Kadriyatlar oʻz oʻzidan bevosita insonning maʼnaviy qiyofasi, turmush tarzi, umuman jamiyat tarakqiyotini belgilay olmaydi. Qadriyatlarning axvoli, ahamiyati, insonga koʻrsatadigan taʼsiri, uning istiqboli u yoki bu jamiyatdagi mavjud ijtimoiy tuzum tomonidan olib borilayotgan siyosat, uning manfaatlari bilan uzviy bogʻlangandir. Buni biz oʻzbek xalqi milliy qadriyatlarining oʻtmishdagi va hozirgi axvolidan yaqqol koʻrishimiz mumkin. Download 53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling