Jamiyat mafkurasining xalqni-xalq, millatni millat etishdagi o'rni Reja


Download 223.44 Kb.
Sana25.11.2019
Hajmi223.44 Kb.

Jamiyat mafkurasining xalqni-xalq, millatni millat etishdagi o'rni

Reja:

1. Mafkura tushunchasi va uning mohiyati. 2. Mafkuralarning jamiyat xayotidagi ijobiy ta’siri. 3. Mafkuralarning jamiyat hayotiga salbiy ta’siri.

Milliy g’oya — inson va jamiyat hayotiga ma’no-mazmun baxsh etadigan, uni ezgu maqsad sari yetaklaydigan fikrlar, g’oyalar majmuidir. Ozodlik va mustakillik adolat va xakikat, tinchliksevarlik va insonparvarlik g’oyalari shular jumlasidandir. Asrlar mobaynida bunday buyuk o’lmas g’oyalar xalqlarga kuchquvvat va ilhom bagishlab, ularni o’z erki uchun kurashga safarbar etib kelgan. Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek millat taraqqiyotiga, uning yuksalishiga xizmat qiladigan, xalqlarni jipslashtirib, oliy maqsadlarga safarbar etadigan g’oyalar yuksak g’oyalardir. Odamlar orasiga nifoq, xalqlar o’rtasiga nizo soladigan, kishilarni turli taraflarga ajratib, adovat qo’zg’aydigan tuban buzgunchi g’oyalarga misol bo’ladi. Aslida, bunday qabih niyat va soxta shiorlarni g’oya deb atash ham shartlidir. Qaysi ijtimoiy birlik yoki qatlam orasida tarqalgan, qanday aholi guruhlari yoki elatmillatlarni harakatga keltirayotganiga qarab ham g’oyalarni turlarga ajratish mumkin. «Mafkura» tushunchasi «Mafkura» tushunchasi arabchadagi «mufakkir» «mufakkiratun» so’zlaridan olingan bo’lib, chuqur ma’noli, teran mazmunli fikr demakdir. Mafkura tushunchasini ta’riflashda falsafiy adabiyotlar va lugatlarda bir qancha fikrlar beriladi. Mafkura tushunchasiga faylasuf olimlar tomonidan berilgan ta’riflar shakl va mazmun jihatidan har xil. Mafkuraga jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, ahloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, fikrlar va G’oyalar majmuidir, — deb ta’rif beriladi. Ularning barchasida jamiyatdagi muayyan siyosiy, falsafiy, huquqiy, ahloqiy, diniy, badiiy, ilmiy qarashlar, fikrlar, g’oyalar majmui sifatida asoslab beriladi. Demak mafkura — muayyan ijtimoiy guruh yo qatlamning, millat yoki davlatning, jamiyatning ehtiyojlarini, maqsad va intilishlarini, ijtimoiyma’naviy rivojlanish prinsiplarini ifoda etadigan g’oyalar, ularni amalga oshirish usul va vositalari tizimidir. Unda manfaatlari ifodalangan ijtimoiy kuchlar va qatlamlarning o’tmishi, bugungi kuni va istiqboli o’z ifodasini topadi.

Mafkuraning falsafiy ildizlari Mafkuraning falsafiy ildizlari deganda, uning falsafa ilmi xulosalariga asoslanishi nazarda tutiladi. Bunda har bir xalqning o’ziga xos falsafiy merosi, qarashlari, g’oyalari ularning maqsadlarida o’zining ifodasini topadi. Sharq va Garb falsafasi bunga yorqin misoldir. Masalan, mazkur mafkuralar Rim imperiyasi parchalangandan keyin o’z davlatchiligiga ega bo’lgan xalqlarning o’ziga xos qadriyatlari va mentaliteti zaminida vujudga kelgan milliy falsafalar asosida shakllandi. Shu bois, o’sha davrdagi italyan, ingliz, fransuz, nemis falsafasi o’zi mansub bo’lgan jamiyatni birlashtirishga xizmat kildi. Shu bilan birga, bu milliy maktablar zaminida vujudga kelgan falsafiy ta’limotlar, ma’rifiy qarashlar insoniyat madaniyati xazinasiga salmokli hissa bo’lib qo’shildi. Jumladan, havqiqiy milliy xususiyatlarga ega bo’lgan Gegel falsafasi Avstriya—Vengriya imperiyasidan ajralib, mustaqil yo’lni tutgan Pruss monarxiyasining davlat mafkurasi darajasiga ko’tarilgan edi.

Mafkuraning dunyoviy ildizlari ma’rifiy dunyoga xos siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy munosabatlar majmuidan iboratdir. Umum-e’tirof etilgan prinsiplar va qonun ustuvorligi, siyosiy plyuralizm, millatlararo totuvlik dinlararo bag’rikenglik kabi royalar dunyoviy jamiyatning asosini tashkil etadi. Bunday jamiyatda insonning haqhuquqlari va erkinliklari, jumladan, vijdon erkinligi ham qonun yo’li bilan kafolatlanadi. Inson va jamiyat xayotida g’oyalar va mafkuralar xilma-xilligining namoyon bulipsh ijtimoiy-ma’naviy extiyoj ifodasidir. Jamiyatda g’oya va mafkuralar xilma-xilligining kuzatilishi insonlarning tabiat-jamiyat xodisalari, olam va dam tugrisidagi fikrlari turlichaligi bilan izoxlanadi. Umumiy g’oyaga e’tik;od kilish tufayli turlicha ijtimoiy guruxlar shakllanadi. Ularning maksad-muddaolari, orzu-istaklari, manfaatlari bir-biridan farklashshsh mumkin. Tabiiyki, ijtimoiy guruxlarning maksad va manfaatlarini aks ettiradigan, ularga ma’naviy-ruxiy kuch bagishlaydigan g’oyalarni amalga oshirish yullari xam xilma-xil buladi.

Milliy istiqlol g’oyasiga zid salbiy holatlar Befarqlik maqtanchoqlik xushomadgo’ylik hasadgo’ylik manmanlik haqiqatni mensimaslik tanishbilishchilik mahalliychilik mansabparastlik. Ularni bartaraf etish uchun jamiyatda erkin fikr va fikrlashlar, g’oyalar xilmaxilligi, tanqid va o’zo’zini tanqid muhitini yaratish, demokratiya va oshkoralik muhitini kuchaytirish, sog’lom va erkin raqobat muhitini yuzaga keltirib, jamiyatda ilm-ma’rifatning mavqyeini yanada oshirish zarur. Kommunistik mafkura iskanjasidan ozod bo’lganimizdan so’ng turli g’oyalar hayotimizga o’z ta’sirini o’tkazishga harakat qilmoqsa. Otabobolarimizdan qolgan buyuk merosni anglay boshlagan bir paytimizda uning barchasini barbod qilishga qaratilgan zararli g’oyalarga qarshi turadigan kuch milliy g’oyadir. Milliy g’oya bugungi kunda xalqimiz, jamiyatimiz uchun hayotiy zaruriyat, mamlakatimizda fuqarolar totuvligi va birdamligini ta’minlaydigan taraqqiyotimizga kafolat bo’ladigan, insonlarga ezgu maqsadlariga erishishda ma’naviyruhiy kuchdir. Milliy g’oya ezgu maqsad yo’lida Milliy g’oya ezgu maqsad yo’lida jamiyat a’zolarini birlashtiradi, ularga ruhiy madad beradi, har qanday ko’rinishdagi zararli illatlarni inkor etadi. Fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshi roya bilan, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashishga da’vat etadi. Jamiyatda osoyishtalik tinchlik o’zaro ishonch, barqarorlik muhitini yaratishga xizmat qiladi. Shu sababli, milliy istiqlol yuyasi mamlakatimizning buyuk kelajagi poydevorini yaratishda muhim vosita, insonning ongi va qalbini Fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshi g’oya, jaqolatga qarshi ma’rifat bilan kurashish zarurligi.

Milliy istiqlol g‘oyasi O‘zbekistonda yashovchi barcha millat va elat vakillarining tub manfaatlarini, xalqimizning asrlar mobaynida intilib kelgan orzu-ideallarini, olijanob maqsad-muddaolarini o‘zida mujassam etadi. Shu ma'noda, «O‘zbekiston jamiyatining milliy istiqlol mafkurasi, o‘z mohiyatiga ko‘ra, xalqimizning asosiy maqsad-muddaolarini ifodalay-digan, uning o‘tmishi va kelajagini bir-biri bilan bog‘laydigan asriy orzu-istaklarni amalga oshirishga xizmat qiladigan g‘oyalar tizimidir». JAMIYAT MAFKURASI Jamiyat mafkurasi - har bir kishining jamiyat hayotidagi faoliyati, yurti, millati, o‘zi va oilasi oldidagi burch va mas'uliyatini qay darajada his etayotgani va bajarayotganini belgilaydigan ma'naviy mezon hamdir. Milliy istiqlol mafkurasi keng xalq ommasining manfaatlarini, maqsad va ideallarini ifoda etadi. «Milliy istiqlol mafkurasi, o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra, O‘zbekistonning ijtimoiy taraqqiyotiga xizmat qiladi, barcha siyosiy partiyalar, guruh va qatlamlarning - butun xalqi-mizning umumiy manfaatlarini ifodalaydi». Milliy istiqlol mafkurasida ifodalanadigan umumxalq manfaatlar 1. Mamlakat mustaqilligi, hududiy yaxlitligi, sarhadlar daxlsizligi 2. Yurt tinchligi, davlatning harbiy, iqtisodiy, g‘oyaviy, ekologik, informatsion tahdidlardan muhofaza etilishi. 3. Mamlakatda fuqarolararo va mamlakatlararo totuvlik, ijtimoiy barqarorlik muhitini ta'minlash 4. Har bir oila va butun xalqning farovonligi 5. Jamiyatda adolat ustuvorligi, demokratiya, o‘z-o‘zini boshqarish tamoyillarining amal qilish

Manfaat tushunchasi Manfaat - biror-bir narsaga jalb etilish darajasi, undagi ishtirok, qiziqish bildirish, moyillikdir. Moddiy jihatdan manfaat - foyda, unum bilan bog‘liq (shu ma'noda «o‘z manfaatiga ega bo‘lish» iborasi ishlatiladi) deyiladi. Agar bu doimiy xususiyatga ega bo‘lsa, u manfaatli shaxsga aylanadi. Manfaatga daxldor narsa - bu insonlarda qiziqish uyg‘otuvchi narsalar, voqyealardir. Ular insonlarning amaliy, kundalik ehtiyojlari uchun ahamiyatga ega. Shunga ko‘ra moddiy va ma'naviy, umumiy va xususiy manfaatlar to‘g‘risida so‘z yuritish mumkin. Agarda jamiyatga beg‘araz xizmat qilish shaxsiy foyda bilan uyg‘unlashsa, sog‘lom manfaat tug‘iladi. Milliy g‘oyaga ishonch va e'tiqod ijtimoiy faoliyat mezoni Milliy g‘oyaning xalq ishonchi va e'tiqodiga aylanishini ularning ijtimoiy faoliyat yo‘nalishlariga mos ravishda quyidagicha turkumlashtirish mumkin: 1. Oilaviy munosabat madaniyatida namoyon bo‘ladi. 2. Mahalla muhim ijtimoiy institut hisoblanadi. 3. Mehnat jamoalari, ta'lim-tarbiya tizimi muhim rol o‘ynaydi.

Milliy g‘oyaga ishonch va e'tiqod ijtimoiy faoliyat mezoni Milliy g‘oyaning xalq ishonchi va e'tiqodiga aylanishini ularning ijtimoiy faoliyat yo‘nalishlariga mos ravishda quyidagicha turkumlashtirish mumkin: 1. Oilaviy munosabat madaniyatida namoyon bo‘ladi. 2. Mahalla muhim ijtimoiy institut hisoblanadi. 3. Mehnat jamoalari, ta'lim-tarbiya tizimi muhim rol o‘ynaydi. Milliy g‘oyani xalq ishonchi va e'tiqodiga aylantirishni takomil-lashtirishning umumiy qonuniyatlari, talablari quyidagilardan iborat: Milliy va umuminsoniy manfaatlar birligi. Ijtimoiy faoliyat erkinliklarining ustuvorligi. Umuminsoniyat ma'naviy merosiga tayanib, milliy-ma'naviy qadriyatlarni rivojlantirish. Madaniy sohani erkinlashtirish. G`oyaviy-mafkuraviy murosa xususiyatlarini hisobga olish. G`oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni erkinlashtirish. Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalari Istiqlol mafkurasi - har bir kishining jamiyat hayotidagi faoliyati, yurti, millati, o‘zi va oilasi oldidagi burch va mas'uliyatini qay darajada his etayotgani va bajarayotganini belgilaydigan ma'naviy mezon hamdir. Milliy istiqlol mafkurasining bosh g‘oyasi - ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdir. Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalarini esa quyidagilar tashkil etadi: 1. Vatan ravnaqi. 5. Ijtimoiy hamkorlik . 2. Yurt tinchligi. 6. Millatlararo totuvlik. 3. Xalq farovonligi. 7. Diniy bag‘rikenglik 4. Komil inson. (tolerantlik)

Milliy o’z-o’zini anglash - har bir millat (elat)ning o’zini haqiqiy mavjud sub’еkt, muayyan mоddiy va ma’naviy bоyliklarni ifоdalоvchi ekanligini, yagоna til, urf-оdatlar, an’analar, qadriyatlar va davlatga mansubligini, manfaatlar hamda ehtiyojlar umumiyligini tushunib еtishiga milliy o’z-o’zini anglash dеyiladi. Prеzidеnt Islоm Karimоv bayon etishicha, «O’zlikni anglash dеganda mеn tariхiy хоtirani tiklash, nasl-nasabimiz kim ekanini, kimlarning vоrisi ekanligimizni anglab еtishni, shundan kеlib chiqib, o’zimizga хоs va mоs jamiyat barpо etishni tushunaman»

Foydalanilgan adabiyotlar:



1.O.zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.T. O’zbekiston 2011 2.Karimov I.A. asarlari 3.Milliy g’oya:asosiy tushuncha va tamoyillar.T.O’zbekiston 2000

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling