Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida mulkchilik munosabatlari o‘z ichiga


Download 263.69 Kb.
bet2/3
Sana18.01.2023
Hajmi263.69 Kb.
#1098287
1   2   3
Bog'liq
3 savol javobi

Jamoa mulki – muayyan maqsad yo‘lida o‘zlarida bo‘lgan ishlab
chiqarish vositalarini umumlashtirib jamoaga birlashgan kishilar tomonidan
moddiy va ma’naviy boyliklarni hamjihatlik bilan o‘zlashtirishni bildiradi.
Jamoa mulki davlat mulkini korxona jamoasi sotib olishi, badal to‘lab korxona qurishi, aksiya chiqarib, ularni sotish kabi yo‘llar orqali paydo bo‘ldi. Jamoamulkining muhim xususiyati shundaki, ishlab chiqarish vositalari va mehnat mahsuliga ayrim shaxslar emas, balki ma’lum guruh, kishilar egalik qiladi. Jamoa mulkiga kooperativlarning, ijara va jamoa korxonalarining, aksiyadorlar jamiyatlari, xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining, jamoa tashkilotlari va diniy tashkilotlarning mulki kiradi.
Shaxsiy mulk – bu fuqarolar mulki bo‘lib, ularning oilaviy faoliyat
yuritishida shaxsiy yoki oilaviy mehnatga asoslanib, o‘z ehtiyojini
qondirishiga xizmat qiladi. Bu mulk shakli asosan shaxsning yoki uning oila
a’zolarining mehnati va undan kelgan daromadlari asosida ko‘payadi va rivoj
topadi.
Fuqaroning shaxsiy mulki asosan, ularning ijtimoiy ishlab chiqarishda
ishtirokidan, o‘z xo‘jaligini yuritishdan tushgan mehnat daromadlari hisobiga
vujudga keladi va ko‘payadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk aksiyadan
olinadigan dividend, bank foizlari, xususiy sohibkorlik daromadi kabi yangi
manbalarga ham asoslanadi. Shaxsiy mulk obyektlari – bu turar joylar, bog‘-hovli
va uylar, transport vositalari, pul jamg‘armalari, uy-ro‘zg‘or va shaxsiy iste’mol buyumlari, yakka tartibda va boshqa xo‘jalik faoliyati uchun kerakli ishlab chiqarish vositalari, ularda hosil qilingan mahsulot va boshqalar bo‘lishi mumkin.
«O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida»gi qonunda ko‘rsatilganidek, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat sohasidagi, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridagi kichik korxonalar fuqaro va uning oila a’zolarining mulki bo‘lishi mumkin. Shaxsiy mulk obyektlari ehtiyojlarini qondirish doirasidan chiqib, daromad topish yo‘lida ishlatilishi mumkin.

Download 263.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling