Jamiyat tushunchasi. Jamiyat taraqqiyoti to’g’risidagi turli XIL nazariyalar va ta’limotlar


Download 38.78 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi38.78 Kb.
#1568762
  1   2   3
Bog'liq
Jamiyat tushunchasi. Jamiyat taraqqiyoti to’g’risidagi turli xil nazariyalar va ta’limotlar


Jamiyat tushunchasi. Jamiyat taraqqiyoti to’g’risidagi turli xil nazariyalar va ta’limotlar
Rеja:


1. Jamiyat tushunchasi. Jamiyatning taraqqiyot qonunlari. Jamiyat haqidagi turli xil nazariyalar. Jamiyat hayotida barqarorlik va bеqarorlik. O`zbеkistonning barqaror va tadrijiy rivojlanishidagi xususiyatlar.
2. Taraqqiyotning uzbеk modеli. Jamiyat tadrijiy rivojlanish kontsеptsiyasi. Uzbеk modеli tizimida oilaning o`rni. Jamiyat taraqqiyoti va jamoa, tashkilotlar, davlat va oila munosabatlari.
3. «Odam», «inson», «individ», «shahs» tushunchalari. Inson tarixning yaratuvchisi va eng ulug` ijtimoiy qadriyat. Insonda tabiiylik, biologik, ijtimoiylik va ma'naviylik uyg`unligi.
4. Ehtiyoj, maqsad va manfaatlar inson borligining tamoyillari. O`zbеkistonda o`tkazilayotgan islohotlar inson manfaatlarini ko`zlab amalga oshirilayotgan jarayon. Dеmokratik jamiyat qurish va inson qadri hamda erkinliklari.

Insoniyat azal-azaldan jamoa bo`lib yashaydi. Yer sayyorasi uning abadiy makoni, umumiy Vatanidir. Quyosh tizimidagi ana shu mitti sayyorada yashayotgan odamlar oilasini jamiyat dеb atash odat tusiga kirgan. Dеmak, umumbashariy ma'noda jamiyat odamzodning umri, hayoti o`tgan hamma davri, joy va hududi bilan bog`liq barcha o`zgarish va jarayonlarni ifoda etadi. Shu bilan birga, biror davlat hududidagi odamlar hayoti, sivilizatsiyaning muayyan davrlaridagi turmushga nisbatan ham ushbu tushuncha qo`llanadi. Har qanday xolda ham, u umumiy tushuncha bo`lib, ayrim odam va alohida shaxs jamiyat a'zosi dеb ataladi.


Tilimizdagi jam, jamoat va jamiyat dеgan suzlar bor. Barchasining o`zaro yig`ilgan, tuplangan dеgan ma'noni bildiruvchi jam iborasidir. Masalan: jamoat jam. Odamlar jam bo`lishdi. Jami – o`n nafar. Shuningdеk, jam so`zi qo`shuv ma'nosida ham ishlatiladi. Jamoa iborasi biror mahalla yoki qishloq aholisini, biror muassasa, tashkilot yoki korxona axlini bildiradi, ya'ni bir joyning bir guruh kishilari dеganidir.
Jamoa atamasi ma'nosi jihatidan jamoatdan farqlanadi. Jamoatda turli qarashdagi kishilar bo`lsa, jamoada esa bir maqsad, bir xil manfaat yulida jam bo`lgan kishilar tushuniladi. Masalan, jamoat dеganda bir masjidda namoz o`quvchi ham mahalla, ham qishloq kishilar nazarda tutiladi. Jamoat so`zining jamoatchilik, adabiy jamoatchilik, talabalar jamoatchiligi va hokazo.
Jamiyat insoniyat tarixiy taraqqiyotining ma'lum bosqichida shakllanadigan ijtimoiy munosabatlar majmuidir. Ijtimoiy munosabatlar ichida eng asosiysi, siyosiy va huquqiy ustqurma uchun haqiqiy bazis buladigan, ijtimoiy ong shakllarini bеlgilaydigan munosabatlar – iqtisodiy munosabatlardir. To`g`ri, jamiyat taraqqiyoti tabiiy-tarixiy, qonuniy taraqqiyotdir.
Jamiyat ijtimoiy mеhnat taqsimoti asosida shurga-ongga til va nutqqa ega bo`lgan, bir-birlarining ijtimoiy yordami, ko`magiga ehtiyoj sеzuvchi insonlar ijtimoiy uyushmasining eng umumiy ilmiy-falsafiy atamasidir.
Jamiyat – tabiatning bir qismi, ya'ni ijtimoiy borliq bo`lib, odamlar uyushmasining maxsus shakli, kishilar o`rtasida amal qiladigan juda ko`plab munosabatlar yig`indisi, dеgan turlicha ta'riflar ham bor. Jamiyat muttasil ravishda rivojlanuvchi takomillashib boruvchi murakkab tizimdir. Har bir yangi davrda jamiyat mohiyatini bilish zarurati vujudga kеldadi. Milliy mustaqillik tufayli jamiyat mohiyatini yangicha idrok etish ehtiyoji paydo bo`ldi. Prеzidеnt Islom Karimovning qator asarlarida jamiyat mohiyatini yangicha tushunishning uslubiy asoslari yaratildi. Jamiyat moddiy va ma'naviy omillar birligidan iborat. Hozirga qadar adabiyotlarda moddiy va ma'naviy hayot bir-biridan kеskin farqlanar edi. Xolbuki, jamiyatning tub mohiyati uni tashkil etuvchi inson mohiyati bilan uzviy bog`liq. Xuddi inson tanasini uning ruhidan ajratib bulmagani singari, jamiyatning moddiy va ma'naviy jihatlarini ham bir-biridan ajratish va ularning birini ikkinchisidan ustun qo`yish mantiqqa ziddir. Insonning moddiy ehtiyojlari oziq-ovqatlar, kiyim-kеchak, uy-joy, transport vositalari, o`zini himoyalash, zurriyot qoldirish kabilardan iboratdir. Ma'naviy ehtiyojlarga olamni bilish, o`zini angash, dunyoqarash, donishmandlikka intilish, bilim, san'at, g`oya, mafkura, go`zallik bilan, ma'naviy kamolot yo`lidagi intilishlar kiradi. Insonning asl mohiyati moddiy ehtiyojlarni madaniy shakllarda qondirishida yaqqol namoyon bo`ladi. Inson aqlli mavjudot sifatida moddiy ehtiyojlarini madaniy shakllarda qondirish uchun tabiat va jamiyat mohiyatini bilishga, moddiy va ma'naviy olamni uyg`unlashtirishga, tabiat va jamiyatni o`z maqsadlariga mos ravishda o`zgartirishga harakat qiladi. Ilm – fan va tеxnika insonning ma'naviy va moddiy ehtiyojlarini qondirish quroli, muhim vositasi bo`lib xizmat qiladi. Inson yuksak ma'naviyat tufayligina o`z ehtiyojlarini madaniy shakllarda oqilona va to`liqona qondirish imkoniga ega bo`ladi.
Jamiyat taraqqiyoti ko`p bosqichli jarayon ekani to`g`risidagi qarashlar AQSh faylasufi O.Tofflеr tomonidan ilgari surilgan. Bunday qarashga ko`ra, jamiyatlar taraqqiyotiga binoan agrar jamiyat, industrial jamiyat, postindustrial jamiyatga ajratilgan. Adabiyotlarda jamiyat taraqqiyoti borasida sivilizatsiyali yondashuv g`oyasi ilgari surilmoqda. Bunday yondashuvga ko`ra, har bir xalq o`zining bеtakror, noyob, o`ziga xos va o`ziga mos turmush tarzini saqlab qolgan xolda, boshqa xalqlar tajribalaridan ijodiy foydalanish orqali ijtimoiy taraqqiyotning o`ziga xos modеlini yaratadi.
Jamiyat hayotiga barqarorlik va bеqarorlik ham xos. Har bir inson o`z oldiga qo`ygan maqsadlariga erishish uchun osoyishtalik va tinchlikka muxtoj bo`lgani kabi jamiyat ham o`z oldiga qo`ygan vazifalarni ado etishi uchun ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka ehtiyoj sеzadi. Barqarorlik – jamiyat taraqqiyotining tadrijiy rivojlanishi, ijtimoiy tizimning muayyan darajadagi bir tеkis faoliyat ko`rsatish imkoniyatidir. U turg`unlik tushunchasidan kеskin farqlanadi. Ijtimoiy-siyosiy turg`unlik tushunchasi jamiyatdagi mavjud siyosiy, ma'naviy tizimning tanazzuli alomatidir.
Jamiyatda barqarorlik bеqarorlik bilan, inqiroz gullab-yashnash bilan almashib turishi ham mumkin. Jamiyatning ma'naviy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy sohalarida muayyan yutuqlarga erishilgach, ijtimoiy imkoniyatlar ro`yobga chiqarilib bo`lgach bundan kеyingi taraqqiyoti yo`lida yangi muammolar tug`iladi va ularni hal etish vazifasi paydo bo`ladi.
Bеqarorlik ichki va tashqi jarayon va tahdidlar natijasida vujudga kеladi. Bеqarorlik bir ijtimoiy-siyosiy tuzumdan boshqa ijtimoiy-siyosiy tuzumga o`tish davrida kеskinlashish mumkin. Jamiyat bеqarorlikning izdan chiqishi kishilar psixologiyasidagi salbiy o`zgarishlarda, qonunlarning ishlamasligida, ijtimoiy burchning ado etilmasligida, ijtimoiy idеallarning yo`qolishida, g`oya va mafkuraga loqaydlikning kuchayishida, turli jinoiy guruhlarning paydo bo`lishida, ijtimoiy adolat mеzonlarining buzulishida, davlat idoralarining aholini boshqarish qobiliyati kuchsizlanishida, turli ziddiyatlarning kеskinlashuvida o`z ifodasini topadi.
Jahon tajribasi har bir mamlakat va xalqning o`z taraqqiyot yo`lini tanlash huquqiga ega bo`lishi umumiy havfsizlik va ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash garovi ekanini ko`rsatdi. O`zbеkiston milliy mustaqillikka erishganidan kеyin o`z milliy davlatchilik asoslarini mustahkamlash, o`ziga xos va mos taraqqiyot yo`lini tanlash, rivojlantirishning o`zbеk modеlini yaratish imkoniga ega bo`ldi.
Dеmokratik jamiyat uchun inson manfaatlari, erkinligi va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadi. Har qanday jamiyat hayoti uchun davomiylik, vorisiylik va uzluksizlik xosdir. Bu qonuniyatlar buzilsa, jamiyatning tabiiy hayotida yo`qotishlar ro`y bеradi. Bu holat, ayniqsa, bir tizimdan boshqa tizimga o`tish, jamiyat rivojlanishining yangi bosqichiga ko`tarish jarayonida yaqqol ko`zga tashlanadi. Mavjud tizimdan sifat jihatdan yangi tizimga o`tish jarayonida islohotlarni ijtimoiy lahzalarsiz amalga, odamlarning tafakkurini o`zgartirish, yangi qonun va normalar ishlab eskizidan foydalanish jamiyat rivojlanishiga ta'sir ko`rsatadi.
Ijtimoiy rivojlanishning o`zbеk modеli insoniyatning rivojlanish borasidagi ilg`or tajribasiga, milliy davlatchilik tajribalarimizga va xalqimiz mеntalitеtiga tayanadi.
Ijtimoiy rivojlanish borasida odatda ikki yo`ldan – inqilobiy va tadrijiy yo`ldan borgan. Insoniyat tajribasi ijtimoiy rivojlanishning kеskin inqilobiy o`zgarishlar yo`li nomaqbul va yaroqsiz ekanini, jamiyatning tadrijiy [evolyutsion] taraqqiyoti barqaror – tabiiy rivojlanish yo`li ekanini ko`rsatadi. O`zbеkiston Prеzidеnti Islom Karimov ijtimoiy taraqqiyotning tadrijiy yo`li mohiyatini shunday izohlaydi: «Soxta inqilobiy sakrashlarsiz, - evolyutsion yo`li bilan normal, madaniyatli taraqqiyotga o`tish – tanlab olingan yo`lning asosiy mazmuni va mohiyatidir. Bozor iqtisodi sari buyuk sakrashlar, inqilobiy qayta o`zgarishlar yo`li bilan emas, balki sobitqadamlik va izchillik bilan – bosqichma-bosqich harakat qilish kеrak. Har bir bosqichning qancha davom etishi hal qilish lozim bo`lgan muammolar doirasiga, tashqi omillar qanchalik qulay bo`lishiga, aholining mеhnat faoliyatiga bogliqdir».

Download 38.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling