Jamiyat va ijtimoiy hodisa tushunchasi
JAMIYAT VA IJTIMOIY HODISA TUSHUNCHASI
Download 18.79 Kb.
|
JAMIYAT. IJTIMOIY TARAQQIYOT HAQIDAGI KONSEPSIYALAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jamiyatni biz sotsiologik nuqtai-nazardan olib qaraydigan bo‘lsak qanday o‘rganamiz
JAMIYAT VA IJTIMOIY HODISA TUSHUNCHASISotiologiyaning asosiy vazifalaridan biri ijtimoiy hayot va ijtimoiy munosabatlarni o‘rganishidir. Sotsiologiya terminining o‘zi tarjima qilinganda — «jamiyat haqidagi so‘z» ma'nosini anglatadi. Sotsiologiya fani insonni alohida emas, balki o‘zaro munosabatda bo‘lgan va o‘zaro aloqada bo‘lgan insonlarning faoliyatini, ularning bir-biri faoliyatlari mobaynidagi tasirini o‘rganadi. Jamiyat va kishilik faoliyati-ning tarkibi nima? Jamiyatni biz sotsiologik nuqtai-nazardan olib qaraydigan bo‘lsak qanday o‘rganamiz?Birinchidan, jamiyatni tuzilishi va tarkibi o‘rganiladi, ya'ni jamiyat qanday kishilardan iborat, ular qancha va qanday sinf yoki tabaqalarga mansubligi ko‘riladi. Ikkinchidan jamiyatda istiqomat qilayotgan kishilarning xatti-harakatlari nimalardan iborat, ya'ni ularning o‘zaro munosabatlaridagi xarakterlari ko‘riladi. Bunda biz jamiyatda istiqomat qilayotgan kishilarning faoliyatlarini tasodifiy emas, balki aynan o’sha jamiyat qonuniyatlari asosida rivojlanib borishini ta'kidlashimiz kerak. Bunda jamiyat munosabatlari, aynan bir qancha kuchlar idora etib turgan munosabatlar orqali, kishilar u yoki bu munosabatlarni bajaradilar.. Jamiyatdagi kishilarning qanday tabaqalarga taqsimlanishi, ushbu jamiyatning qanday kishilardan iborat ekanligi, jamiyat ichki faoliyatida kishilarning o‘zlarini qanday tutishlari va ular orasida o‘zaro munosabatlarning qay darajada ekanligi, alohida bir kishilarning xatti-harakati natijasida katta ahamiyatga molik bo‘lgan ijtimoiy tarixiy jarayonlarning vujudga kelishi, inson xatgi-harakatini qanday kuchlar boshqarib turishligi— kishilarning o‘zaro munosabatlaridagi xarakterining o‘zagini tashkil etadi. Uchinchidan, jamiyat taraqqiyoti uning rivojlanishi nuqtai-nazaridan o‘rganiladi. Dunyodagi barcha hodisalar vaqtlar o‘tishi bilan o‘zgaradi. Taraqqiyotning misli ko‘rilmagan sur'atlar bilan rivojlanib borishi jamiyatdagi qadriyatlarni o‘zgartirib, o‘zga ikkinchi yoki uchinchi bir qadriyatlar bilan qorishtirib yubormoqda, kechagi avlodning yashash tarzi bugungi avlodnikiga mos kelmay qolmoqda, bugungi avlodniki esa ertangi avlodni yashash tarziga mos kelmaydi, ya'ni vaqt kutib turmaydi. Shuning uchun jamiyatni to‘liq tushunish uchun nafaqat uning tuzilishi va rivojlanishini, balki uning o‘tmishini, ya'ni tarxini ham sinchiklab o‘rganish, bu jamiyatni qanday tarkib topganligini, qanday shakllanganligini, rivojlanganligini bilmoq jamiyatni to‘liq tushunmoqlikka imkon yaratadi.Uchinchidan, jamiyat taraqqiyoti uning rivojlanishi nuqtai-nazaridan o‘rganiladi. Dunyodagi barcha hodisalar vaqtlar o‘tishi bilan o‘zgaradi. Taraqqiyotning misli ko‘rilmagan sur'atlar bilan rivojlanib borishi jamiyatdagi qadriyatlarni o‘zgartirib, o‘zga ikkinchi yoki uchinchi bir qadriyatlar bilan qorishtirib yubormoqda, kechagi avlodning yashash tarzi bugungi avlodnikiga mos kelmay qolmoqda, bugungi avlodniki esa ertangi avlodni yashash tarziga mos kelmaydi, ya'ni vaqt kutib turmaydi. Shuning uchun jamiyatni to‘liq tushunish uchun nafaqat uning tuzilishi va rivojlanishini, balki uning o‘tmishini, ya'ni tarxini ham sinchiklab o‘rganish, bu jamiyatni qanday tarkib topganligini, qanday shakllanganligini, rivojlanganligini bilmoq jamiyatni to‘liq tushunmoqlikka imkon yaratadi. Download 18.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling