Jamiyatda siyosiy va harbiy xavfsizlik masalalari


Download 43.52 Kb.
bet1/8
Sana15.03.2023
Hajmi43.52 Kb.
#1269014
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6-Sem. Jamiyatda siyosiy va harbiy xavfsizlik masalalari


JAMIYATDA SIYOSIY VA HARBIY XAVFSIZLIK MASALALARI
Xalqaro xavfsizlik - xalqaro munosabatlar tizimi; hamma davlatlar tomonidan rioya qilinadigan xalqaro huquqning prinsip va normalari; davlatlar oʻrtasidagi janjalli masalalarni va kelishmovchiliklarni kuch va kuch ishlatish xavfi bilan bartaraf etishni istisno qilishga asoslangan.
Xalqaro xavfsizlik prinsiplari quyidagilarni nazarda tutadi:
- hamma davlatlar uchun babbaravar xavfsizlikni taʼminlash;
- harbiy, siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalarda amaliy kafolatlarni yuzaga keltirish;
- har bir xalqning suveren huquqlarini soʻzsiz hurmat qilish;
- xalqaro tanglik va mintaqaviy nizolarni siyosiy yoʻl bilan adolatli bartaraf etish;
- davlatlar oʻrtasida ishonchni mustahkamlash;
- xalqaro terrorizmni oldini olishning samarali usullarini ishlab chiqish;
- genotsid, fashizmni targʻib qilmaslik, diskriminatsiyaning har qanday shakllarini xalqaro amaliyotdan yoʻqotish (Diskriminatsiya — davlat, yuridik yoki jismoniy shaxs huquqlarining cheklanishi);
- qamal va sanksiyalardan (jahon hamjamiyati tavsiyalarisiz) voz kechish.
Xalqaro xavfsizlikning ajralmas qismi BMT ustavi bilan mustahkamlangan amaldagi kollektiv xavfsizlik mexanizmidir.
Xalqaro xavfsizlik har bir davrda turli omillarga: xalqaro aloqalarning rivojlanish yoʻnalishlari va xususiyatiga, sivilizatsiya darajasi, maʼnaviyat va shu kabilarga bogʻliq boʻladi. Shaxs, sinf, jamoat tashkilotlari va xalqaro tashkilotlarning faoliyati Xalqaro xavfsizlikga jiddiy taʼsir koʻrsatadi. Oʻzbekiston Respublikasi jahonda, xususan, Markaziy Osiyoda xavfsizlik taʼminlanishiga katta hissa qoʻshib kelmoqda. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan "Mintaqaviy xavfsizlikdan xalqaro xavfsizlikni taʼminlash sari" konsepsiyasi Xalqaro xavfsizlikni taʼminlashning yangi qoidasi sifatida jahon miqyosida tan olinmoqda.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MUDOFAA DOKTRINASI TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 18-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2017-yil 20-dekabrda ma’qullangan

Download 43.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling