Jamiyatning tarixiy shakllari mohiyati va xususiyatlari b. Ochilova, Jizzaxdpi. F. f d


Download 184.78 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.01.2022
Hajmi184.78 Kb.
#207556
Bog'liq
5515-Текст статьи-12105-1-10-20201027 (1)



 

JAMIYATNING TARIXIY SHAKLLARI MOHIYATI VA XUSUSIYATLARI 



 

B.Ochilova, JizzaxDPI. F.f.d. 

ORCID 0000-0002-6834-6898



 

 

Jamiyatning tiplari va tarixiy shakllariga oid bir qator fikrlar hamda konsepsiyalar ilgari 

surilgan.  Ularda  muayyan  mezonlar  asos  qilib  olingan.  Masalan,Forobiy  insonlar  jamiyatini 

madaniy-tarixiy jihatdan ikki tipga ajratadi:  

1. To‘liq jamiyat bo‘lib, u o‘zida: 

 - Yer yuzidagi jami insonlarni qamrab oluvchi yirik jamiyat; 

 -  Yerning  muayyan  qismida  yashovchi  bir  millat  yoki  bir  dinga  mansub  kishilarning 

o‘rta jamiyati; 

- Muayyan qavm yoki dinga mansub bir shahar jamiyatini qamrab oladi.  

2.  Bir qishloq, ovul, yoki bir oiladan iborat bo‘lgan to‘liqsiz jamiyat1. 

Forobiy  fikricha  “Eng  yaxshi  fazilat  va  oliy  darajadagi  komillikni  kichik  birligi  shahar 

hisoblanadigan madaniy jamiyat ichidagina qo‘lga kiritish mumkin. To‘liqsiz jamiyatlar insonni 

takomillashtirishga qobil emaslar”2. Forobiyning bu fikrlari Aflotun va Aristotelning jamiyatga 

oid  qarashlaridan  farq  qiladi,  chunki  u  jamiyatdagi  o‘zgarishlarni  inobatga  olgan.  Jamiyatni 

to‘liq  va  to‘liqsizga  ajratar  ekan,  Forobiy  shahar  to‘liq  jamiyatning  birinchi  bosqichidir,  deb 

e’tirof  etadi.  Aflotun  va  Aristotel  esa  to‘liq  jamiyatni  shahar  bilan  chegaralaganlar  va  shahar 

insoniyat  jamiyati  takomilining  oxirgi  darajasi,  jamoaviy  baxt  saodatning  bosh  markazi  deb 

ta’kidlaganlar.  Forobiy  esa,  butun  dunyodagi  jamiyat  haqida  fikr  yuritib,  uning  xukmdori 

qandaydir alohida olingan xalq, qavm yoki jamoa boshlig‘i emas, balki butun madaniy dunyodir 

deb ta’kidlaydi va bu fikri bilan yunon faylasuflaridan ilgarilab ketadi.  

Nemis mutaffakiri 

Gegel  bo‘yicha  jamiyatning  mukammal  tipi  bo‘lib,  German  davri 

hisoblanadi. Bu  davrda ilgari bo‘lmagan holat: ilohiy va  insoniy tabiatning  birlashishi, fuqaro 

jamiyatining  intellektual ilohiy podsho-lik bilan birlashishi ro‘y berdi. Bu birlashishning muhim 

sababchilaridan  biri,  barcha    insonlar  teng,  ozod  va  o‘z  hayotlarini  o‘zlari  belgilaydilar,  kabi 

ta’limot beruvchi xristianlikdir. Insonning ichki erkinligini ta’minlagan holda, xristianlik, uning 

ozodligi real ro‘y berishi va  tadbiq etilishi lozim, deb hisoblaydi. 

 

Demak  Gegel  jamiyat  tiplariga  tarixiy  jihatdan  yondashib,  uning  asosiy  mezoni 



sifatida  inson  erkinligi  va  uning  ma’naviy  kamolotini  ta’minlaydigan  ijtimoiy  shart-sharoitlar 

bilan tavsiflaydi. 

 

Yana bir nemis faylasufi M.Veber boshqaruvning mazmuni jihatidan jamiyatning 



quyidagi tarixiy tiplarini ko‘rsatib o‘tadi: 

- antik jamiyat (an’anaviy boshqaruv); 

feodal jamiyat (xarizmatik boshqaruv); 

kapitalistik jamiyat (ratsional boshqaruv). 

Veberning fikricha, Antik jamiyatda hukmronlik va xokimiyat hukmronlar va itoatkorlar 

o‘rtasida  muqaddas  sanalgan  va  “azaldan  shunday  bo‘lib  kelgan”,  deb  hisoblangan.  Bunday 

jamiyatda  hukmdor  va  itoatkor  o‘rtasidagi  munosabat  ma’muriy  yoki  iqtisodiy  qonunlar  va  

tamoyillar bilan emas, balki an’anaviy burch va xukmdorga sodiqlik kabi hislar bilan izohlanadi. 

 

Taniqli  ingliz  faylasufi  Karl  Popper  esa  jamiyatning  ikki  tipga:  ochiq  va  yopiq 



jamiyatga ajratadi. U bunda boshqaruvning ratsional darajasini mezon qilib oladi. Uning fikricha 

ochiq jamiyat:  

 

- fikrlar xilma-xilligi ( pyuralizm); 



 

- xususiy mulkchilik; 

 

- individual erkinlik; 



                                                             

1 Forobiy. Fozil shahar aholisi. -T.,  Sharq, 1999. –B.82-83. 

2 O’sha asar. -B.69 



 

 



-ratsionallikka  asoslangan  individual  manfaatdorlik  kabi  xususiyatlarga  ega 

bo‘ladi. 

 Yopiq jamiyat esa o‘zida: 

totalitarizm; 

- kollektivizm: 

 

- irratsionalizm; 



- utopizm kabi sifatlarni mujassamlashtiradi. 

 

Jamiyatning  tarixiy  tiplari  masalasida  taniqli  sotsiolog  E.  Giddens  quyidagi 



sxematik jadvalni keltiradi3: 

Hozirda  ko‘plab  olimlar  industrial  va  postindustrial  jamiyat  shakllariga  a’sosiy  e’tibor 

qaratmoqdalar. Quyida biz jamiyatning mazkur tiplari haqida to‘xtalamiz. 

Industrial  jamiyat  shakli  –  “Industrial  jamiyat”  atamasi  ilk  bor  XIX  asrda 

sotsiologiyaning  yirik  namoyandalari  O.Kont,  G.Spenser,  E.Dyurgeymlar  tomonidan 

qo‘llanilgan. 

XX asrning 50–60  yillar G‘arbda  “industrial  jamiyat” nazariyasi shakllandi. Texnologik 

determinizm  tamoyillariga  asoslangan  bu  nazariya  avval  boshdanoq,  ikki  variantda  shakllandi: 

birinchisi  1956–1959  yillardan  R.Aronning  Sarbonnadagi  ma’ruzalarida  va  ikkinchisi– 

Rostouning “Iqtisodiy o‘sish bosqichlari. Nokommunistik manifest” kitobida. 

“Industrial  jamiyat”  nazariyasining  mohiyati  shundan  iboratki,  ijtimoiy  taraqqiyot 

jarayonidagi  tub  ijtimoiy–iqtisodiy,  siyosiy  va  madaniy  o‘zgarishlar  “an’anaviy”  agrar 

jamiyatlarning  “industrial”  jamiyatga  transformatsiyasi  natijasida  yuz  beradi.  Bunday 

transformatsiya  sanoat  revolyutsiyasi  va  u  bilan  bog‘liq  tezkor  va  keng  miqyosda  texnikani 

jamiyatning barcha sohalariga kirib borishi natijasida amalga oshadi. 

Aynan texnikaning tez rivojlanishi ijtimoiy–iqtisodiy taraqqiyotining asosiy determinanti, 

sababi  bo‘lib qoladi. Industrial  jamiyat shakllanishining asosiy tarkibiy qismlariga uning paydo 

bo‘lish  jarayonida  yirik    mashina  ishlab  chiqarishi  (Rostou)  erkin  savdo  va  umumiy  bozorga 

asoslangan iqtisodiyotning milliy sistemasi (Aron), timsoli korxona, mehnatning korxonalashgan 

shaklda tashkil etilishi (Toffler) kiradi. 

Bellning  fikricha,  industrial  jamiyatning  ijtimoiy  dinamikasini  belgilovchi  asosiy 

o‘zgaruvchan ko‘rsatkichlari - mehnat va kapital bo‘lib qoladi. Bu tezisga asoslanib, Darendorf 

bunday  jamiyatdagi  asosiy  ijtimoiy  konflikt  (kelishmovchilik)ning  sababi  proletariat  va 

kapitalistlar o‘rtasidagi ziddiyatdir, deb hisoblagan. 

“An’anaviy”  jamiyatlarga  xos  bo‘lgan  qat’iy  ijtimoiy  chegaralar  industrial  jamiyatdagi 

faol  ijtimoiy  harakatchanlikning  oshib  borishi  bilan  buziladi,  an’anaviy  nasliy  imtiyozlarning 

o‘rnini  imkoniyatlarning  tengligi  egallaydi.  Bu  esa  fuqarolar  huquqlarining  kengayib  va  boyib 

borishiga, ijtimoiy–siyosiy hayotning demokratlashuviga olib keladi. 

Industrializm  qudratining  oshib  borishi  hamda  mutaxassislarning  boshqa  sohalarni 

boshqarishdagi mavqei o‘sishi bilan industrial jamiyatda mulkchilikning boshqaruv jarayonidan 

ajralishi  sodir  bo‘lib,  haqiqiy  hokimiyat,  “texnostruktura”  –  olimlar,  muhandis  va  texniklar, 

savdo,  reklama,  jamoatchilik  bilan  aloqalar  bo‘yicha  mutaxassislardan  tashkil  topgan  maxsus 

ijtimoiy  tashkilot  qo‘liga  o‘tadi  (Gelbreyt).  SHunday  qilib,  industrial  jamiyat  tarkibiga  keyingi 

taraqqiyot  jarayonida  barham  topgan,  xususiy  hodisa  sifatida  “kapitalistik  jamiyat”  ham 

kiradigan keng qamrovli ijtimoiy kategoriya sifatida namoyon bo‘ladi. XX asrning 70–90 yillari 

davomida industrial jamiyatga oid fikrlarda tanqidiy baho ko‘proq o‘rin oldi. 

Xususan,  hozirgi  ijtimoiy–siyosiy  taraqqiyot  industrial  jamiyat  qadriyatlarining  inkor 

etilishiga  olib  kelgani,  bu  jamiyat  hozir  inqirozga  yuz  tutayotgani,  insoniyat  esa  “industrial 

jamiyatga  nisbatan  o‘zini  o‘zi  ko‘proq  o‘zgartirish  qobiliyati  bilan  farq  qiluvchi”,  shartli 

ravishda  “postindustrial  jamiyat”  (axborotlashgan  jamiyat),  deb  ataladigan  ijtimoiy  sistemaga 

qarab rivojlanib bormoqda, deb ko‘rsatiladi. 

                                                             

3 Giddens E. Sotsiologiya: Oliy o‘quv yurtlari uchun qo‘llanma / Tarj. N.Mamatov, J.Begmatov. T., SHarq, 2002. -

B. 75-76. 




 

Axborotlashgan  jamiyat  shakli  –  ijtimoiy–iqtisodiy  rivojlanish,  eng  avvalo,  axborotni 



ishlab  chiqarish,  unga  “ishlov  berish”,  saqlash  va  jamiyat  a’zolariga  etkazishga  bog‘liq 

bo‘ladigan jamiyatdir.  

Falsafiy  va  sotsiologik  tadqiqotlarda  “Axborotlashgan  jamiyat”  tushunchasi  yangi 

jamiyat sifatida, ya’ni ijtimoiy taraqqiyotning zamonaviy postindustrial jamiyatga o‘tilishida va 

unda faoliyatning oshishi axborotni uzatish va saqlashga bog‘liq bo‘ladi. 

Axborotlashgan  jamiyat  muammolar  bilan  shug‘ullangan  olimlardan  D.Bell,  A.Toffler, 

M. Kastels, U.Rostou, P.Draker, Dj.Gelbreyt, F.Uebster va boshqalarning ishlarini alohida qayd 

etish kerak. Ular “postindustrial jamiyat” va “axborotlashgan jamiyat” konsepsiyalarini sinonim 

sifatida tadqiq etishgan.  

Axborotlashgan  jamiyat  haqida  olimlar  turlicha  fikrdalar.  Yapon  olimlarining 

hisoblashicha,  axborotlashgan  jamiyatda  kompyuterlashtirish  jarayoni  odamlarga  ishonchli 

axborot manbaidan foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda axborotni qayta ishlashni 

avtomatlashtirishning yuqori darajasini ta’minlashga imkon beradi. 

Axborotlashgan  jamiyat tushunchasi 1960  yillarning  ikkinchi  yarmida paydo bo‘lib, uni 

Tokio  texnologik  universitetining  professori  yu.Xayash  birinchi  bo‘lib  fanga  kiritgan. 

Muallifning  fikricha,  moddiy  mahsulot  emas,  axborotlashuv  mahsuloti  jamiyatning 

shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi kuchiga aylanadi.  

Axborotlashgan  jamiyat  tushunchasining  rivojida  amerikalik  jamiyatshunos  olim 

D.Bellning  “Industrial  jamiyat  davrining  kelajagi.  Ijtimoiy  bashorat  qilish  tajribalari”  (1973) 

nomidagi  kitobida    insoniyat  jamiyati  tarixini  uch  asosiy  bosqichga:  agrar,  industrial  va 

postindustrial (industrial davrdan so‘nggi) davrlarga bo‘lib chiqadi. Industrial jamiyatning asosiy 

rivojlanish  manbai  –  energetik  manbalar  va  energiyani  ishlab  chiqarish,  tarqatish  imkoniyatlari 

mavjudligidir.  Axborotlashgan  jamiyatda  esa  ishlab  chiqarishning  manbai  bilimni  to‘plash 

texnologiyalari,  axborotni  qayta  ishlash  va  axborot  kommunikatsiyalariga  bog‘liq.  Bilim  va 

axborot hozirgi kunda jamiyat rivojlanishining asosiy manbai hisoblanadi. 

Axborotlashgan  jamiyatga  oid  qiziqarli  falsafiy  konsepsiyalardan  biri  yapon  olimi 

I.Masudaga tegishlidir. Kelajakda shakllanadigan yangi jamiyatning poydevori bo‘lib kompyuter 

texnologiyasi  xizmat  qiladi.  Bu  texnologiyaning  asosiy  vazifasi  inson  aqliy  mehnatining 

faolligini kuchaytirish yoki o‘rnini bosishdir.  

I.Masuda  fikricha, “axborotlashgan  jamiyatda  insoniy qadriyatlar o‘zgaradi”, bu  jamiyat 

sinflarga  bo‘linmaydi  va  ziddiyatsiz  –  ya’ni,  ahil,  tinch–totuv  jamiyat  bo‘lib,  uni  chog‘roq 

hukumat va davlat apparati boshqaradi.  

Axborotlashgan  jamiyatning  yana  bir  nazariyotchisi  E.Toffler  “Uchinchi  to‘lqin”  deb 

nomlangan  kitobida  u  tamaddun  tarixidan  uchta  to‘lqinni  ajratib  oladi:  birinchi  to‘lqin  –  agrar 

(XVIIIasrgacha),  ikkinchisi  –  industrial  (XXasrning  50–yillarigacha),  uchinchisi  –  industrial 

davrdan so‘nggi davr (XXasrning 50–yillaridan boshlab).  

1980–1990  yillarni  Axborotlashgan  jamiyat  konsepsiyalarining  rivojidagi  yangi  bosqich 

deb  aytish  mumkin.  Bu  davrdagi  konsepsiyalar  asosan  Piter  Draker  va  Manuel  Kastels 

tadqiqotlari natijalari bilan chambarchas bog‘liq. P.Draker konsepsiyasining mohiyati an’anaviy 

kapitalizmni  engib  o‘tishdan  iborat.  Uning  konsepsiyasiga  asosan,  yuz  berayotgan  siljishning 

asosiy belgilari industrial xo‘jalikdan bilimlar va axborotga asoslangan iqtisodiy sistemaga kirib 

borish,  kapitalistik  xususiy  mulkchilikdan  voz  kechish,  hozirgi  zamon  odami  uchun  yangi 

qadriyatlarni  yaratish,  iqtisodiyot  va  jamiyatdagi  globallashuv  jarayonlari  ta’sirida  milliy 

davlatning o‘zgarishi nazarda tutilgan.  

M.Kastels  o‘z  fikr–mulohazalarining  tayanch  nuqtasi  qilib  global  iqtisodiyotni  hamda 

xalqaro  moliyaviy  bozorlarni  olib,  ularni  shakllanayotgan  yangi  dunyoning  asosiy  belgilari 

sifatida qo‘llaydi.  

Axborotlashgan  jamiyat  uning  mohiyatini  bir–biriga  bog‘liq  quyidagi  jarayonlar 

belgilaydi: 

– axborot va bilimlar – ijtimoiy–iqtisodiy, texnologik va madaniy rivojlanishning haqiqiy 

o‘zak qudratiga, uning qimmatli manbaiga aylandi; 



 

–  ishlab  chiqarishning  omili  bo‘lmish  xomashyo,  mehnat,  mablag‘  resurslarga 



tenglashtirilgan axborot va bilim bozorlari shakllana boshlaydi; 

–  axborotni  etkazib  berish  va  undan  foydalanishni  ta’minlovchi  sohalarning  ahamiyati 

shiddatli tarzda osha boradi. 

Jamiyatni  axborotlashtirish  jarayoni  bir–biri  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  uch  qismdan  tarkib 

topadi: 

-  mediatizatsiya  (lot.  mediatus  –  vositachi)  –  axborot  to‘plash,  saqlash  va  tarqatish 

vositalarini takomillashtirish jarayoni;  

-  kompyuterlashtirish  –  axborot  qidirish  va  unga  ishlov  berish  vositalarini 

takomillashtirish jarayoni;  

-  intellektualizatsiya–axborot  yaratish  va uni  idrok etish qobiliyatini rivojlantirish,  ya’ni 

jamiyatning  intellektual  salohiyatini  oshirish,  shu  jumladan  sun’iy  intellektdan  foydalanish 

jarayonidir. 

Umuman  olganda,  jamiyatni  axborotlashtirishni  zamonaviy  axborot–texnika  vositalari 

yordamida  ijtimoiy  tuzilmalar  va  jarayonlarni  takomillashtirish  deb  talqin  qilish  lozim. 

Axborotlashtirish  ijtimoiy  intellektualizatsiya  jarayonlari  bilan  uyg‘un  bog‘liq  bo‘lishi  kerak. 

Zotan,  bu  shaxsning  va  u  yashayotgan  axborot  muhitining  ijodiy  salohiyatini  oshirishga 

imkoniyat yaratadi.  

Axborotlashgan jamiyat oldingi jamiyatlardan sifat jihatidan farq qiladi. Bu erda moddiy 

omillar  emas,  balki  ideal  omillar  –  bilim  va  axborot  birinchi  o‘rinda  turadi.  Axborot  va  bilim 

olish,  ularga  ishlov  berish,  ularni  saqlash  va  berish  jarayonida  jamiyat  a’zolarining  aksariyati 

band bo‘ladi. Axborotlashgan jamiyatda axborot ishlab chiqarish moddiy ishlab chiqarishni siqib 

chiqarmaydi,  balki  uning  ustida  quriladi  va  moddiy  ishlab  chiqarishning  rivojlanishiga  turtki 



beradi.  

 

Download 184.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling