Jamoa haqida tushuncha


Chizma. Shaxs va jamoa oʻrtasidagi munosabatlarning rivojlanish andozasi


Download 34.78 Kb.
bet3/4
Sana24.01.2023
Hajmi34.78 Kb.
#1116140
1   2   3   4
Bog'liq
kurs ishi

Chizma. Shaxs va jamoa oʻrtasidagi munosabatlarning rivojlanish andozasi
Oʻquvchilar jamoasi ijtimoiy-foydali ahamiyat kasb etuvchi umumiy maqsad va birgalikdagi faoliyatga asosan jipslashgan oʻquvchilar birlashmasi, guruhidir. Oʻquvchilar jamoasi (shuningdek, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari jamoasi)ga rasmiy saylangan (tayinlangan) oʻquvchi hamda oʻqituvchilar yoʻlboshchilik qiladi. Ular sirasiga guruh rahbari, guruh faollari (xususan, guruh yetakchisi (starosta), «Kamolot» tashkilotining guruh boʻlimi raisi, tozalik komissiyasi raisi, devoriy gazeta muharriri va boshqalar).
Bolalar jamoalarida rasmiy yetakchilar bilan birga norasmiy yoʻlboshchilarning mavjudligi koʻzga tashlanadi. Odatda rasmiy yoʻlboshchilar tarkibini a’lo baholarga oʻqiydigan, jamoa ishlarida faol ishtirok etuvchi oʻquvchilar tashkil etsa, norasmiy liderlar garchi bu kabi sifatlarni namoyon etmasalarda, ayrim sifatlariga koʻra tengdoshlarini oʻz ortlaridan ergashtira oladilar. Bunday oʻquvchilar boshqalardan jismonan kuchliligi, qat’iyatliligi, hech narsadan choʻchimasligi, oʻziga boʻlgan ishonchi bilan ajralib turadilar. Norasmiy liderlarning ma’naviy-axloqiy qiyofasi boshqa oʻquvchilarga jiddiy ta’sir koʻrsatadi. Shu bois sinf rahbari hamda maktab pedagogik jamoasi bunday liderlarning faoliyatini bevosita va bilvosita nazorat qilib borishlari zarur.
Oʻquvchilar uyushmasiga pedagogik rahbarlik, yuqorida qayd etilganidek, aksariyat holatlarda sinf rahbari tomonidan amalga oshiriladi. Shu sababli sinf rahbari guruhning umumiy hamda har bir a’zosining individual xususiyatlarini bilishi, ularni inobatga olgan holda jamoaga yondashishi zarur. Sinf rahbarining norasmiy liderlar va ularning shaxsi haqida toʻlaqonli ma’lumotlarga ega boʻlishi pedagogik faoliyatni samarali tashkil etishga yordam beradi.
Yuqorida bildirilgan fikrlardan quyidagi xulosalarga kelish mumkin.
1. Jamoa bir necha a’zo (kishi) lardan tashkil topgan muayyan guruh boʻlib, u ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan umumiy maqsad asosida birlashadi hamda mazkur maqsadni amalga oshirish uchun yoʻnaltirilgan faoliyatni tashkil etadi.
2. Jamoa oʻzida bir necha xususiyat (belgi) larni namoyon etadi.
3. Jamoani shakllantirish muayyan qonuniyatlarga boʻysunadigan uzoq muddatli, murakkab jarayon boʻlib, u koʻpchilik tadqiqotchilarning e’tirof etishlariga koʻra toʻrt bosqichdan iborat boʻladi.
4. Jamoani shakllantirish oʻziga xos metodika asosida amalga oshriladi. Ushbu metodika doirasida jamoaga nisbatan talablarning qoʻyilishi, jamoa faoli (aktivi)ni tarbiyalash masalasi alohida ahamiyatga egadir.
5. Jamoaning mustahkam boʻlishi, uning a’zolari oʻrtasida oʻzaro yordam hamda hamkorlikning qaror topishida jamoa an’analari muhim ahamiyat kasb etadi.

Shaxsga yoʻnaltirilgan ta’limda pedagogik jarayon shaxsda belgilangan sifatlarning shakllanishiga qaratiladi.


Download 1.03 Mb.


Download 34.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling