Jamoa haqida umumiy tushuncha. Jamoani tashkil etish metodikasi. Sinf jamoasini tashkil etish va tarbiyalash
O’quvchilar jamoasi o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot berish
Download 25.04 Kb.
|
7.JAXO HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA. JAMOANI TASHKIL ETISH METODIKASI. SINF JAMOASINI TASHKIL ETISH VA TARBIYALASH
O’quvchilar jamoasi o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot berish
O‘quvchilar jamoasi — bu ijtimoiy ahvoli, shuningdek, saylov organlari oldidagi umumiy javobgarlik, barcha a’zolarning huquq va burchlari tengligi asosidagi o‘zaro birlikka ega o‘quvchilar guruhidir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning yetakchi rol o‘ynashi to‘g‘risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davrlaridayoq bildirilgan. Jamoada uning a’zolari o‘rtasidagi mu- nosabatning alohida shakli yuzaga keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanishini ta’minlaydi. Lekin har qanday guruhni ham jamoa deb hisoblab bo‘lmaydi. Jamoa bir qator bel- gilarga egadirki, mazkur belgilar jamoani kishilarning yetarli darajada uyushgan har qanday guruhidan ajratib turadi. Jamoani tashkil etish metodikasi oxirgi kunda ancha to‘liq va mukammal ishlab chiqilgan. Bu metodikaning umumiy asoslari pedagogika kursida bayon etilgan jamoa va jamoada shaxsni tarbiyalash na- zariyasiga tayanadi. Jamoaning rivojlanish darajasini aniqlashda o‘quvchilarning faqat sinfdan tashqari faoliyatida namoyon bo‘ladigan munosabatlarini tahlil etish bilangina cheklanib bo‘lmaydi. Jamoada shaxsni yakka tartibda tarbiyalashdan maqsad maktab o‘quvchisini o‘z-o‘zini tarbiyalashga jalb etish, uni tegishli malaka va ko‘nikmalar bilan qurollantirishdan iboratdir. Tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishga bo‘yni yor bermaydigan tarbiyasi qiyin bolalar —bu, albatta, yomon o‘zlashtiruvchilar emas. Zamonaviy sinf rahbari o‘quvchilarning yomon xulq-atvori, past o‘zlashtirishlarining sabablarini puxta o‘rganadi. Bunda o‘quvchining sinfdoshlari bilan munosabatlari, bu munosabatlarning ma’naviy asoslari eng muhim masalalardan biridir. Jamoa munosabatlari, dastavval, muayyan tamoyillarga asoslangan va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan maqsadlarga yo‘naltirib turadigan o‘ta mas’uliyatli munosabatlardir. Jamoada shaxsni tarbiyalashda yakka tartibdagi yondashuvning mohiyati alohida o‘quvchini jamoa faoliyatiga jalb etishdan, jamoani esa mazkur o‘quvchi bilan qiziqtirib qo‘yishdan ham iborat. Jamoa faoliyatini tashkil etishda o‘quvchilarning shaxslararo real mavjud bo‘lgan aloqalarini hisobga olish ikki xil maqsadga erishish: guruh a’zolarini jamoa hayotiga jalb qilish va ular o‘rtasidagi muomalaga ta’sir ko‘rsatish imkonini beradi. Jami- yatning qanchalik rivojlanganligini oila farovonligida, shaxsning kamolotida ko‘rish mumkin. Yoki shaxsning barkamolligi, oilaning to‘la-to‘kisligiga qarab, jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-axloqiy ahvolini bilish mumkin. Chunki shaxs — oila — jamiyat munosabatlari o‘zaro mustahkam bog‘langan. Shuning uchun shaxs oila, jamiyat muhitida shakllanadi, kamol topadi. Jamoa rivojlanish darajasidan dalolat beradigan muhim belgilardan bin — o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyatiga ishtiyoqi chiqindi qog‘oz (makulatura) yoki metallom (temir-tersak) to‘plash, kechaga tayyorgarlik ko‘rish kabi maktab tajribasida muntazam uchrab turadigan ishlarda ko‘zga tashlanadi. Sinf rahbari jamoa- ning rivojlanish darajasini belgilash uchun bolalarda ularning hozirgi va bo‘lajak hayotlarida ijtimoiy ahamiyatga molik maqsadlari mavjudligini bilishi muhim, ya’ni jamoaning hayotiy faoliyati istiqbollarini barcha yoki yarim o‘quvchilar qabul qilishini va bu istiqbollarning xususiyati qandayligini bilib olishi zarur. Jamoa rivojlanishining dastlabki bosqichlarida bolalar tarqoq bo‘lib, ularda yakdil fikr va sinf rahbari tayanishi mumkin bo‘lgan ta’sirchan faollar bo‘lmaydi. Shuning uchun jamoada salbiy hodisalar ochiq muhokama qilinmaydi va mustaqil jamoa qarori qabul qilinmaydi. Agar jamoa rivojlanishning ikkinchi bosqichida bo‘lsa, nomigagina emas, balki harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydigan haqiqiy harakat qiluvchi faollar bo‘lsa, uning ayrim o‘quvchilar va jamoa oldiga muayyan talablar qo‘yishini kuzatish mumkin. Maktab jamоasi tarkibida eng barqarоr bug`in bu sinf jamоasi sanaladi. Sinf jamоasi dоirasida o`quvchilarning asоsiy faоliyati- o`qishdir.Aynan sinf jamоasi o`quvchilar o`rtasida mustaхkam shaхslar arо alоqa va munоsabatlar tarkib tоpadi.Bu Bilan sinf jamоasi o`z nеgizida maktab jamоasining shaqllanishi uchun o`ziga хоs pоydеvоr vazifasini bajaradi.Maktab jamоasi tarkibida o`quvchilar jamоasi asоsiy kismni tashqil etadi.O`quvchilar jamоasi-bu ,ijtimоiy aхamiyatni tashqil etish, shuningdеk umumiy saylоv оrganlari va umumiy javоbgargik barcha azоlaring хuquq va burchlari tеnligi asоsidagi o`zarо birlikka ega o`quvchilar guruхidir. O`quvchilar jamоasi pеdagоg tarbiyachilar хamda bоlalardan ibоrat jamоaning murakkab birlashmasi o`z-o`zini nazоrat,o`z-o`zini bоshqaruv jarayonini tashqil etuvchi mustaqil tizim,shuningdеk o`zining ruхiy muхitiga ,ananalariga ega guruх хisоblanadi. Dеmak,yuksak darajada uyushtirilgan jamоa o`zida bir nеcha хususiyatlarni namоyon etadi. Ular qo`yidagilardir: 1) Ijtimоiy aхamiyatga ega yagоna maqsadning mavjudligi. 2) Birgalikdagi umumiy faоliyatning tashqil etilishi . 3) Majburiy masuliyatli munоsabatning yo`lga qo`yilishi . 4) Saylangan umumiy raхbarlik оrganiga egalik. Download 25.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling