Jamoa shartnomasi


IX. IJTIMOIY SUGʻURTA. IJTIMOIY IMTIYOZ VA KAFOLATLAR


Download 246.09 Kb.
bet16/46
Sana20.10.2023
Hajmi246.09 Kb.
#1713527
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   46
Bog'liq
4-ДМТТ ЖШ 2023-2025 ТАЙЁР ЛОТИН

IX. IJTIMOIY SUGʻURTA. IJTIMOIY IMTIYOZ VA KAFOLATLAR
81.Taraflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan har yili qabul qilinadigan ijtimoiy yo‘nalishdagi Davlat dasturlarini amalga oshirish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqish va qat’iy bajarilishiga erishish majburiyatini o‘z zimmasiga oladilar.
82.Ish beruvchi vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini quyidagi miqdorlarda to‘lab borish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi:
- Ikkinchi jahon urushi qatnashchilaridan bo‘lgan xodimlarga, baynalmilalchi jangchilarga va ularga tenglashtirilgan shaxslarga, qaramog‘ida 16 yoshga to‘lmagan uch va undan ortiq farzandi bor xodimlarga, Chernobil AESdagi halokat oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan xodimlarga, Chernobil AESdagi halokat natijasida radioaktiv ifloslangan zonadan evakuasiya qilingan va ko‘chirib kelingan xodimlarga (agar ularda qon yaratish organlari (o‘tkir leykozlar), qalqonsimon bez (adenomalar, rak) kasalliklari hamda rakni keltirib chiqaruvchi o‘simtalar mavjud bo‘lsa), yadroviy poligonlar va boshqa radiasiya-yadroviy ob’yektlarda harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi nogiron xodimlarga, shuningdek mehnatda mayib bo‘lishi yoki kasb kasalligi natijasida vaqtincha mehnatga layoqatsiz xodimlarga – ish haqining to‘liq miqdorida;
- ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklar bo‘yicha ro‘yxatda turuvchi xodimlarga ularning davlat ijtimoiy sug‘urtasi badallarini to‘lagan davri (umumiy ish staji)ga qarab – ish haqining 60 foizidan 100 foizigacha;
- koronavirus infeksiyasi bilan zararlanishi yoki zararlangan deb gumon qilinishi munosabati bilan karantinga joylashtirilgan ota-onalar (ular o‘rnini bosuvchi shaxslar, vasiylar, homiylar), shuningdek, ularning 14 yoshgacha bo‘lgan bolasini parvarish qilayotgan shaxslarga o‘rtacha oylik ish haqining 100 foizi miqdorida;
- boshqa hollarda, xodimning umumiy ish stajiga qarab - ish haqining 60 foizidan 80 foizigacha.
83.Ish beruvchi xodimlarni yilida kamida bir marta epidemiya xavfi mavjud bo‘lgan kasalliklardan Tashkilot hisobidan emlab borish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
84.Xodim surunkasiga bir oydan ortiq kasal bo‘lganida unga O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini ikki baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda moddiy yordam ko‘rsatish majburiyatini Ish beruvchi o‘z zimmasiga oladi.
85.Xodimning otasi yoki onasi, yaqin qarindoshi vafot etganda Ish beruvchi unga O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini uch baravari miqdorida moddiy yordam ko‘rsatadi yoki shu summa doirasida dafn marosimi xizmatlarini ko‘rsatuvchi firma bilan tuzilgan shartnoma asosida pul o‘tkazish yo‘li bilan yoki korporativ karta orqali to‘lab beradi.
86.Xodim mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra vafot etganda Tashkilot mablag‘lari hisobidan uning oilasiga O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini olti baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda moddiy yordam ko‘rsatiladi.
87.Shuningdek, taraflar:
- har yili o‘quv yili boshlanishi arafasida ko‘p bolali, kam ta’minlangan xodimlar farzandlari uchun har bir bolaga O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini 50 foizi hisobidan kelib chiqqan holda darsliklar va o‘quv qurollari xarid qilishni;
- har yili xodimlar farzandlariga yangi yil sovg‘alarining MTT hisobidan topshirilishini;
- xodimlar farzandlarining bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam olishlarini ta’minlaydilar.
88.Xodimlar va ularning oila a’zolarini (ota-ona, turmush o‘rtog‘i va farzandlari) sog‘lomlashtirish hamda dam olishi uchun yo‘llanmalar ularning ish joyidagi boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitalari beradigan buyurtma asosida, ular tomonidan to‘langan kasaba uyushmalari a’zolik badallaridan tushgan mablag‘lar va ijtimoiy sug‘urta to‘lovlaridan ajratmalarning sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan miqdoriga muvofiq ravishda ajratiladi.

Download 246.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling