Jamoatchilik fikri sotsiologiyasi
Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy
Download 0.78 Mb.
|
Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki bo’yicha talablar Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi tasdiqlagan “Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” bloki bo’yicha bakalavrlar tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qo’yilgan talablar” asosida belgilanadi.
5.2.2 Matematik va tabiiy-ilmiy fanlar bo’yicha talablar Axborot texnologiyalari kursi Bakalavr: - komp’yuter grafikasi haqida umumiy tushunchalar, ularning funtsional, tuzilmaviy va texnologik o’ziga xosliklari; - rastr va vektor tasvirlarni yaratish va tahrirlash bo’yicha bazaviy tushunchalar; - grafik tasvirlash ishlaridan ta`lim jarayonidan samarali foydalanish yo’llari; - axborot, uni saqlash, ularga ishlov berish va ularni uzatish usullari haqida tasavvurga ega bo’lishi; - rastr va vektor grafikasi haqida asosiy tushunchalar, ularning parametrlarini; - komp’yuter yordamida tasvirlarni yaratish, qayta ishlash va saqlash printsiplarini; - grafik redaktorlar asosiy vositalarining ishlash printsiplari va vazifalarini; - turli darajadagi dasturlash tillarini, ma`lumotlar bazalarini, dasturiy ta`minot va dasturlash texnologiyasini; - funktsional va hisoblash masalalarini echish modellarini bilishi va ulardan foydalana olishi; - rastr (Paint, Adobe Photoshop), vektor (Adobe Illustrator, Coral Draw) grafik redaktorlari yordamida tasvirli ma`lumotlarni yaratish; - rastr va vektor tasvirli redaktorlari vositasida muqaddam tayyorlangan fayllarni qayta ishlash va montaj qilish; - tasvirli fayllardan ta`lim jarayoni va ishlab chiqarishda foydalanish; - dasturlash va hisoblash texnikasi hamda dasturiy ta`minot imkoniyatlaridan foydalanish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak. Tabiiy-ilmiy kurs Bakalavr: borliq bir butun fizikaviy ob`ekt haqidaligi va uning evolyutsiyasi; tabiiy ilmlarning fundamental birligi, tabiatshunoslikning tugallanmaganligi va uning yanada rivojlanishi mumkinligi; tabiatda diskretlik va uzluksizlik; tabiatda tartib va tartibsizlikning nisbati, ob`ektlar tuzilmasining tartibga solinganligi, tartibsiz holatga o’tish va uning aksi; ehtimollik – tabiiy tizimlarning ob`ektiv tavsifi ekanligi; bilishda empiriklik va nazariylik nisbati; tabiatdagi holatlar va ularning vaqt o’tishi bilan o’zgarishi; materiyani tashkil qilishning biologik shakllari xususiyatlari, jonli tizimlarni qayta tiklash va ularning rivojlanish tamoyillari; biosfera va uning evolyutsion yo’nalishi; jonli tizimlarning bir butunligi va gomeostazi; organizm va muhit, organizmlar uyushmasi va ekotizimlarning o’zaro ta`siri; biomuhit va inson tabiati bioijtimoiyligining bir butunligi nuqtai nazaridan o’z kasbiy faoliyatining oqibatlari; Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling