Jamoatchilik fikri sotsiologiyasi
Matematik va tabiiy-ilmiy fanlar
Download 0.78 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.5.2.2 Informatika va axborot texnologiyalari
- Tabiiy-ilmiy kurs: 6.5.2.3 ekologiya
6.5.2 Matematik va tabiiy-ilmiy fanlar
Axborot texnologiyalari kursi 6.5.2.1 Komp’yuter grafikasi: komp’yuter grafikasining nazariy asoslari; rangli modellar; rastr grafikasi, rastr grafikasi redaktorlari; Paint rastr redaktori; Adobe Photoshop rastr redaktori; Adobe Photoshop dasturi iblan ishlash; vektor grafikasi; Adobe Illustrator vektor grafikasi; Coral Draw vektor grafikasi; Coral Draw dasturida ishlash. 6.5.2.2 Informatika va axborot texnologiyalari: axborot tushunchasi: axborot to’plash, uzatish, qayta ishlash va jamg’arish jarayonlarining umumiy tavsifi; informatsion jarayonlarni amalga oshirishning texnikaviy va dasturiy vositalari; funktsional va hisoblash masalalarini echish modellari; algoritmlash va dasturlash; yuqori darajadagi dasturlash tillari; ma`lumotlar bazasi; dasturiy ta`minot va dasturlash texnologiyasi; komp’yuter grafikasi asoslari. Tabiiy-ilmiy kurs: 6.5.2.3 ekologiya: biosfera va inson: biosferaning tuzilmasi, ekologik tizimlar, muhit va organizmlarning o’zaro munosabati, ekologiya va inson salomatligi, atrof-muhitning umumbashariy muammolari; tabiatdan foydalanish: tabiiy resurslardan ratsional foydalanish va tabiat muhofazasining ekologik tamoyillari, tabiatdan tejab-tergab foydalanish asoslari, ekologik himoya texnikasi va texnologiyasi, ekologik huquq asoslari va kasbiy mas`uliyat, atrof-muhit sohasida xalqaro hamkorlik. 6.5.2.4 Hayotiy faoliyat xavfsizligi Mehnat fiziologiyasi asoslari va hayot faoliyati uchun qulay sharoitlar, antropogen omillar manbai, atrof muhitining mikroiqlim ko’rsatkichlari, havoni ifloslantiruvchi manbalar; O’zbekiston Respublikasining mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi, yong’in xavfsizligi bo’yicha qonunchilik asoslari; mehnat jarayonida inson xavfsizligini, sog’ligini va ishga layoqatliligini ta`minlashga qaratilgan metodik choralarni ishlab chiqish; mehnatning psixofiziologik asoslari, inson tanasining anatomik va antropometrik ko’rsatkichlari va ularni ishlab chiqarish faoliyati sharoitlariga mosligi; mehnat xavfsizligi bo’yicha mutaxassislarga bo’lgan talab darajasi; mehnat faoliyatining xavfsizligi: favqulodda holatlarda xavfsizlik; hayot faoliyati xavfsizligini boshqarish; boshqarishning huquqiy va me`yoriy asoslari; xavfsizlik va ekologik tozalik talablarini nazorat qilish tizimlari; hayot faoliyati xavfsizligini ta`minlashning iqtisodiy oqibatlari va harajatlar; hayot faoliyati xavfsizligi sohasidagi xalqaro hamkorlik. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling