Jamoatchilik Nazorati Va Davlat Organlari Faoliyatining Ochiqligi


Davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining o‘rnatilishi muhimligi nimada?


Download 17.78 Kb.
bet2/5
Sana16.06.2023
Hajmi17.78 Kb.
#1513210
1   2   3   4   5
Bog'liq
seminar 5

Davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining o‘rnatilishi muhimligi nimada?
Avvalambor, jamoatchilik nazorati faqatgina jamiyat uchun emas, balki davlat hokimiyati hamda boshqaruvi organlari faoliyatini samarali tashkil etishda ham muhim ahamiyatga ega. Zero, jamoatchilik nazorati qonunlarning samarali ishlashini ta’minlashga, inson huquq va erkinliklarini hurmat qilish bilan birga, uni muhofaza etishga da’vat qiladi, davlat tuzilmalarining takomillashuvini ta’minlaydi. Bu esa pirovardida jamoatchilik nazorati orqali bugungi kunda o‘ta dolzarb hisoblanib kelinayotgan davlat organlari mansabdor shaxslarining javobgarligi hamda mas’uliyatini oshirishga zamin yaratadi.
Ayni paytda jamoatchilik nazorati orqali fuqarolar fikr-mulohazalarining ijtimoiy hayotdagi ta’sirchanligi ortadi, davlat kelajagiga befarq bo‘lmagan va ijtimoiy faol aholi qatlami shakllanib boradi. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakatda islohotlarning yanada samarali olib borilishini ta’minlaydi. Davlat hokimiyati hamda boshqaruvi organlari jamoatchilikning ishonchi va ko‘magida o‘z faoliyatini yanada samarali tashkil etish imkoniga ham ega bo‘ladi.
Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonunda jamoatchilik nazorati sub’ekt hamda ob’ektlari, asosiy prinsiplari va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish shakllari belgilanib, nazorat shakllari bilan bog‘liq tartib keng yoritilgan. Shuningdek, jamoatchilik nazorati sub’ektlari hamda ob’ektlarining huquq va majburiyatlari, uning natijalarini rasmiylashtirish tartibi ochib berildi.
Qonunga muvofiq, jamoatchilik nazoratini O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari olib borish huquqiga ega.
Davlat organlari va ular mansabdor shaxslarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, qarorlarda, shuningdek, davlat, tarmoq hamda mintaqaviy rivojlantirish dasturlarida jamoatchilik manfaatlarini, jamoatchilik fikrini hisobga olish, fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlari talablarining ijro etilishini ta’minlashga oid faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishi mumkinligi ko‘zda tutilgan.
Qonunga muvofiq, jamoatchilik nazorati sub’ektlari davlat organlari faoliyati ustidan qator shakllarda, ya’ni davlat organlariga murojaatlar hamda so‘rovlar yo‘llash, davlat organlarining ochiq hay’at majlislarida qatnashish, jamoatchilik muhokamasi, jamoatchilik eshituvi, jamoatchilik monitoringi, jamoatchilik ekspertizasi, jamoatchilik fikrini o‘rganish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan ijro etuvchi hokimiyat organlarining, boshqa tashkilotlar va muassasalarning hisobotlarini eshitish kabi usullarda nazorat olib boradi.
Qonunni ishlab chiqish jarayonida milliy qonunchilik, huquqshunos olimlar hamda ekspertlarning fikrlari va xorijiy mamlakatlar tajribasi o‘rganildi, jamoatchilik nazorati sohasidagi huquqni qo‘llash amaliyoti tahlil qilindi. Jumladan, AQSh, Belgiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Rossiya va Qozog‘iston kabi mamlakatlarning jamoatchilik nazorati sohasidagi qonun hujjatlari to‘liq o‘rganilgan.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, mazkur Qonun davlat organlari hamda mansabdor shaxslari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga, eng muhimi, bevosita fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlarini muhofaza etish mexanizmining yanada takomillashuviga xizmat qiladi. Bu esa “Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilining amalda qaror topishini ta’minlaydi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi ushbu organlar faoliyati ustidan haqqoniy va samarali jamoatchilik nazorati amalga oshirilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, ularning faoliyati, qabul qilgan qarorlari to‘g‘risida fuqarolarning bevosita xabardor bo‘lishi huquqini kafolatlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash: qonunchilik asoslari va huquqni qo‘llash amaliyoti” mavzusida tashkil etilgan seminarda shular haqida so‘z yuritildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari S.Otamurodov va boshqalar mamlakatimizda axborot sohasida amalga oshirilayotgan o‘zgarish va yangilanishlar demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va samaradorligi oshishiga xizmat qilayotganini ta’kidladi. 2014-yilda “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilingani bu borada muhim ahamiyat kasb etdi.
Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq ishlab chiqilgan mazkur qonun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining oshkoraligini ta’minlashning huquqiy asoslarini takomillashtirdi. Aholi, jamoat birlashmalari va ommaviy axborot vositalarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatiga oid ma’lumotlardan keng xabardor bo‘lishga oid huquqlari kafolatini yanada mustahkamladi.
Parlament quyi palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan qonunning mohiyatini ijrochilarga yetkazish hamda zarur tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida yaqinda Farg‘ona viloyatida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muxofaza qilish vazirligi tizimidagi tashkilotlar vakillari ishtirokida seminarlar tashkil etildi. Unda aholini davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati haqida to‘liq va tizimli ravishda axborotlar bilan ta’minlashga qaratilgan saytlar faoliyati tahlil qilindi.
Fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, olimlar va ekspertlar joylarda ochiqlikni ta’minlashda qonun normalaridan unumli foydalanmoqda. Bu jarayonda axborot xizmatlari faoliyati takomillashib, bu tizim orqali aholi, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari zarur axborotlarni o‘z vaqtida olish imkoniga ega bo‘layotir. Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda Yagona portal orqali murojaat etish ham ommaviylashib bormoqda.

Download 17.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling