Jamoliddinov Ibrohimning malumotlar bazasi fanidan yakuniy nazorati
Download 57.88 Kb. Pdf ko'rish
|
Jamoliddinov Ibrohim
Jamoliddinov Ibrohimning malumotlar bazasi fanidan yakuniy nazorati 9-variyant 1. Relyatsion hisoblash tillari. 2. Ma’lumotlar bazasini sinflarga ajra- tish maqsad va ularning turlari. 3. Relyatsion algebra amallari. 1-savol
Relyatsion MBBTda ma’lumotlar bilan ishlash uchun bir qancha tillar yaratilgan. Ba’zi hollarda bu tillarni ma’lumotlarni qism tillari deb ataladi. MB bilan ishlovchilar bu tillarda avtomat- lashtirishni 3 bosqichga bo’lishadi: 1) Eng pastki bosqich – kortej deb ataladi. Bunda dasturchi yozuvlar yoki kartijlar bilan ishlaydi. 2) Relyatsion algebra deyiladi. Bunda foydala- nuvchi munosabatlar ustida yuqori bosqichli amallar
to‘plamini kiritadi. 3) Eng yuqori bosqich – hisoblash bosqichi. Bunda foydalanuvchi bevosita kompyuterga maxsus tillar- da murojaat qiladi va mashina bu murojaatni qabul qiladi. Relyatsion MBBT da ma’lumotlar bilan ish- lashda ishlatiladigan 2ta katta gurux tillari rely- atsion hisoblash deyiladi. Relyatsion hisoblash predi- katlarni hisoblashga asoslangan bo’lib ifodalarni yozishga mo‘ljallangan qiodalar to‘plamidan iborat- dir.
Ular yordamida biz mavjud munosabatlardan yangi munosabatlar yaratishni ta’minlaymiz. Bunday ifodalarni yozishda solishtirish amallari, mantiqiy amallar va mavjudlik kvanteri va umumiylik kvan- teri ishlatiladi. Hozirgi paytda relyatsion MBBT ni taraqqiyotida yangi til QBE tili ishlamoqda. Bu tilda relyatsion algebra va relyatsion hisoblashlarda ko‘zda tutilmagan bir qancha imkoniyatlar kirgan. Bu tilni hususiyati shundan iboratki, u terminallarda ishlashga mo’ljallangan. So‘rovlarni yaratish uchun maxsus ekran re- daktoridan, munosabat va redaktorlaridan foydala- namiz. QBE tilida foydalanuvchi o‘zi olishini mo‘ljal- lagan natijani so‘rov ko‘rinishida tasvirlaydi va MBBT uni kerakli amallar ketma – ketligiga aylanti- rib beradi. 12. tashqi kalit - another boshqa jadval uc- hun birlamchi kalit bo'lib xizmat qiladigan bitta jad- val ustunlari yoki ustunlari. Jadvalning tashqi kali- ti - bu boshqa jadvalning asosiy kalitiga ishora. Ma'lumotlar bazasini yaratishning maqsadi barcha ma'lumotlarni, agar iloji bo'lsa, bitta holatda saq- lashdir, agar bir nechta munosabatlarda ma'lum bir atribut mavjud bo'lsa, unda uning mavjudligi odatda ushbu munosabatlar qatorlari orasidagi ma'lum bir munosabatni aks ettiradi. 2-savol Ob’ektlarni sinflarga ajratish deyilganda, barc- ha ob’ektlar to‘plamini birorta norasmiy belgi bo‘yicha qism to‘plamlarga ajratish tushuniladi. MBni ko‘pligini hisobga olib uni sinflarga ajratish belgilari xilma–xil. Hozirgi kunda MBni quyidagi sinflari ko‘p qo’llaniladi: 1. MB ma’lumotlarni tasvirlash shakliga qarab: video, audio, multimedia guruhlariga ajratish mum- kin.
2. Video MB ma’lumotlarini ko‘rinishiga qarab o‘z navbatida matnli va grafik tasvirli bo‘ladi. 3. Matnli MB ma’lumotlarni strukturalash- ganiga qarab strukturalashgan, qisman struktura- lashgan va strukturalashmagan MB ga bo‘linadi. 4. Strukturalashgan MB o‘z navbatida ma’lu- motlarni modeliga qarab: ierarxik, tarmoqli, relyat- sion, ob’ektli relyatsion, ob’ektga yo‘naltirilgan MBga bo‘linadi. 5. Bundan tashqari strukturalashgan MBlari statik va dinamik shuningdek, markazlashgan va taqsimlangan MBga bo‘linadi. 6. MBni foydalanuvchilar soniga qarab: bitta va ko‘p foydalanuvchili MBga bo‘linadi. 7. Ma’lumotlarni saqlanishiga qarab opеratsion va analitik bo‘ladi. 8. Iqtisodiy nuqtai nazardan, pulli va pulsiz MB ga bo‘linadi. 9. Murojaat qilish darajasiga qarab: ommabop va murojaati chеklangan MB ga bo‘linadi. 3-savol Relyatsion algebra amallarini operandlari sifatida doimiy yoki o‘zgarmas va o‘zgaruvchan munosabatlar ishlatiladi. Relyatsion algebrada 5ta amal ishlatila- di: 1) Birlashtirish, R va S munosabatlarni birlashti- rish RUS ko‘rinishida berilib, bu amalni natijasi R mu- nosabatga tegishli bo‘lgan yoki S munosabatga tegishli bo‘lgan yoki ikkalasiga ham tegishli bo‘lgan kartejlar to‘plamidir. Bu amallarni bajarayotganda bir xil tar- tibda bo’lishi kerak. Natijani tartibi ham operandlar tartibiga teng bo’ladi. 2) Ayirma R va S munosabat- larni ayirmasi R S ko‘rinishida yoziladi va undagi kor- tejlar to’plami R munosabatga tegishli, lekin S mu- nosabatga tegishli bo‘lmagan kortejlardir. Bu amalni bajarganda ham operandlarni tartibi bir xil bo’lishi kerak. 3) Dekart ko’paytma. Bizda R va S munosabat berilgan bo‘lsin. R munosabatni tartibi R-r va S mu- nosabatniki S-q ga teng bo‘lsin. Unda dekart ko’payt- ma R*S ko’rinishida yozilib, uning natijasi uzunligi r+q ga teng bo’lgan kortejlar to’plamidan iborat bo’lib, bu kortejlarni birinchi r komponentasi R kortejga teng bo’ladi, qolgan q komponentasi S kortejga teng bo’la- di. 4) Proeksiya, R munosabatga bu amal tadbiq etil- ganda, R munosabatdan ba’zi bir komponentalar olib tashlanadi. Qolganlari esa qaytadan tartiblanadi. 5) Seleksiya tanlash. Bu amal bajarilganda operandlar sifatida munosabat atributlari ishtirok etadi va solishtirish arifmetik amallari: =, ≠, ≤, ≥, <, > va mantiqiy amallar: va (U), yoki (V), not amallari ishla- tiladi. Ma’lumot modelini rivojlanish konsepsiyasi 5 ta bosqichni ko’rsatishi mumkin:1. 60- yillarning 2 – yarmida, bunda asosan ierarxik modellarga e’tibor be- rilgan;2. 70- yillarni 1 – yarmi, tarmoqli modellar;3. 70- yillarning 2 – yarmi, relyatsion modellar;4. 80- yillarning 1 – yarmi, semantik modellar; 5. 80- yil- larning 2 – yarmi, ob’ektga mo‘ljallangan sistema Download 57.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling