Janrlar tarkibi va badiiyati


Download 364.52 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/14
Sana05.01.2022
Hajmi364.52 Kb.
#204374
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
3-Marosim-folklori

   

Yomg‘ir yog‘sin, Susxotin, 

   

Arpa pishsin, Susxotin, 

   

Sigir iysin, Susxotin.

Ko‘klam qurg‘oq kelib lalmiga ekilgan bug‘doy o‘smay 

qolsa, o‘n-o‘n besh chog‘li yigit-yalanglar yig‘ilishib, bir 

bolani eshakka teskari mindirib, qo‘liga suv to‘lg‘azilgan 

kadini tutqazib qo‘yishadi. Ikkita toshbaqani tutib kelib, 

oyog‘iga ip bog‘lab, eshakka osishadi. Joni og‘rigan jonivorlar 

zorlanib ovoz chiqaradi. Eshak ustidagi bola esa qo‘lidagi 

kadiga solib qo‘yilgan naychani aylantirib, toshbaqa ovoziga 

monand holda «g‘urr-g‘urr» deb baqiradi. Shunday qilib, 

yigitlar uyma-uy yurishar, har uyga borganda eshak mingan 

bola: «Voy, jonim! Kuydim-ey! Kuydim-ey!» – deb qichqiradi. 

Xonadon sohibi bo‘lsa bir chelak suv chiqarib haligi bolaning 

ustiga sepadi. Yigitlar uy egasi bergan don-dun yoki boshqa 

12



biror yegulikni olib qo‘shiq aytgancha boshqa hovli tomon 

yurishadi:



Havo yog‘mas bo‘larmi, 

Tomchi tommas bo‘larmi, 

Saksondagi kampirlarni, 

Suv oqizmas bo‘larmi, 

Sust xotin-o, sust xotin

Ko‘ylaklari bo‘z xotin.

Dehqonlarni g‘am bosdi, 

Omochlarni chang bosdi, 

Havo yog‘sin zarchalab, 

Bug‘doy bo‘lsin shoxchalab, 

Sust xotin-o, sust xotin, 

Ko‘ylaklari bo‘z xotin.

Ko‘lbuloqlik Sa’dulla Mirsaparovning xotirlashicha, 

«Sust xotin» marosimini o‘tkazayotganda dehqonlar 

omochlarining uchini tepaga qaratib qo‘yishgan. Omochning 

tig‘iga bitta toshbaqani osib qo‘yib qiynaganlar. Go‘yo 

jonivorning qiynalganini ko‘rib rahmi kelgan Xudo yomg‘ir 

yuboradi deb umid qilganlar. Ayollar esa uyma-uy yurishib, 

«Sust xotin» qo‘shig‘ini aytishgan. Uy egasi bug‘doy chiqarib 

bersa, xotinlar: «Oblohu akbar! Guldur momo, Jaldir momo 

kelsin, yomg‘ir yog‘sin, hammamiz seroblikka chiqaylik!» 

– deb niyat qilisharkan. Marosim nihoyasida yig‘ilgan don-

dundan osh pishirib, elga tarqatadilar.

d) Yozgi marosimlar folklori janrlari: shamol chaqirish 

(«Yo Haydar») va shamol to‘xtatish marosimlari («Choy 

momo», «Yalli momo»), «Haqullo». Marosimning uchinchi 

lokal varianti Sayram tumanining Pushkin nomli jamoa 

13



xo‘jaligida qayd qilingan. Axborotchilarning ma’lumotiga 

qaraganda, qattiq shamolning oti «Choymomo»  bo‘lib, 

olmapishar vaqtida kuchli shamol esib, mevalarni to‘kib, 

zarar yetkazadigan bo‘lganda shamolni to‘xtatish maqsadida 

mazkur marosim o‘tkazilar ekan. Marosimning barcha 

rituallari, asosan, uchta kampir tomonidan bajarilgan: ulardan 

biri o‘qlog‘ini minib olsa, ikkinchisi, supurgi ushlab olgan, 

uchinchi kampir esa yig‘iladigan masalliqlarni to‘rvaga solib 

ko‘tarib yurgan. Uch kampir ana shu holatda qishloqdagi har bir 

uy oldiga borib Choymomo qo‘shig‘ini aytganlar. Uy egalari 

xayr-sadaqa qilib chiqarib bergan narsalarni to‘plab, xudoyi 

qilib berganlar. Axborotchi Jahon opa Imomrashidovaning 

eslashicha, ularning qishlog‘ida istiqomat qilgan Bodomgul 

momo degan kampir ana shunday marosimlarda doim 

qatnashib kelgan bo‘lib, u quyidagi qo‘shiqni aytgan ekan:

   

Choymomo, choy, choy, choy, 

   

Chayilib qolsin quv shamol

   

Bosa-bosa beringlar, 

   

Bosilib qolsin quv shamol!

   

Uga-uga beringlar, 

   

Ugilib qolsin bu shamol.

   

Choymomolar o‘libdi, 

   

O‘g‘li yetim qolibdi, 

   

Choymomoning onasi, 

   

Amakimga boribdi, 

   

Choymomo, choy, choy, 

   

Chayilib qolsin quv shamol, 

   

Bosa-bosa beringlar, 

   

Bosilib qolsin quv shamol!

   

Uga-uga beringlar, 

   

Ugilib qolsin quv shamol.

14



O‘zbeklarning shamol chaqirish bilan bog‘liq irim-

sirimlari va bu e’tiqodiy inonchlar tizimi bilan aloqador magik 

aytim matnlarida shamolning afsonaviy homiysi – Haydar 

yoki Mirhaydar nomi tilga olinadi. Xirmon sovurayotganda 

havo dim bo‘lib, somon yurishmasa, sopol yoki chinni 

idishlarni taqillatib, hushtak chalishgan. Shundayam shamol 

esavermasa, hushtak chalib turib:

   

Shamolingni qo‘yvor, 

   

Somoni sendan, 

   

Bug‘doyi mendan, 

   

Haydaro, Haydar, 

   

Bolang suvga oqdi, 

   

Yugur ushlab ol!

O‘rta Osiyo turkiy xalqlari folkloridagi shamol 

homiysining nomi sifatida qo‘llaniluvchi «Haydar» 

atamasining kelib chiqishi «Avesto»da nomi tilga olingan 

shamol xudosi «Vata» - «Vata» atamasiga bog‘lanadi.

O‘zbek dehqonlarining an’anasiga ko‘ra, bug‘doyni 

o‘rib-yig‘ib olgandan keyin, yanchiq paytida «Chosh 


Download 364.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling