qurdi», «Chosh oshi», «Xirmon oshi», «Choshning
belini bog‘lash», «Haqullo» kabi marosimlar o‘tkazilgan.
Bug‘doy o‘rilgach, dehqonlar arava-ulov bilan g‘aramlarni
xirmon joyiga tashiganlar. G‘alla tashishda ishtirok etadigan
yigitlar aravalarda g‘aramlarni tashiyotib, «Havvor-havvor»
qo‘shig‘ini ijro etishgan:
Ko‘z tegmasin sayrog‘ingga, havvor-havvor,
Tosh tegmasin tuyog‘ingga, havvor-havvor,
Asta-asta jebalagin, havvor-havvor,
Quvvat bersin oyog‘ingga, havvor-havvor,
15
Uzoq yo‘lda hamrohim, havvor-havvor,
Og‘ir yukdan hinqillab, havvor-havvor,
Sola bersam cho‘qqingga, havvor-havvor,
Yo‘rg‘alagin zing‘illab, havvor-havvor.
Bir joyga to‘plangan bug‘doy g‘aramlarini yanchish
ishi boshlanadigan kunni qashqadaryolik dehqonlar «ayaq
Do'stlaringiz bilan baham: |